|
Deb ataladi
|
Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 32,5 Kb. | | #262606 |
Ma’lumki, Nyutonning birinchi qonuniga ko‘ra, har qanday jism unga boshqa jismlar ta’sir qilmaguncha o‘zining tinch holatini yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi. Jismlarning tinch holatini yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini saqlashi inersiya deb ataladi.
Agar jismga boshqa jismlar ta’sir etsa, ya’ni kuchlar ta’sir etsa va ular o‘zaro to‘liq kompensatsiyalanmasa, jism o‘z holatini o‘zgartiradi: tinch holatdan harakatga keladi yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatdan o‘zgaruvchan harakatga o‘tadi. Boshqacha aytganda tezlanish bilan harakatlanadi. Tajribalar ayni bir xil kuch turli jismlarga turlicha tezlanish berishini, ta’sir etayotgan kuch qancha katta bo‘lsa, jism olgan tezlanishi ham shuncha katta bo‘lishini ko‘rsatadi. Demak, jismning olgan tezlanishining kattaligi faqat ta’sir etayotgan kuchning kattaligigagina emas, balki jismlarning ba’zi xususiy xossasiga ham bog‘liq boladi. Jism bu xossasi massa deb ataladigan fizik kattalik bilan xarakterlanadi.
Odatda bir xil kuch ta’sirida kichikroq tezlanish olgan jismning massasi kattaroq, kattaroq tezlanish olgan jismning massasi kichikroq boMadi. Tinch turgan (yoki harakatdagi) katta massali jismni harakatga keltirish (yoki harakatini o‘zgartirish) uchun kattaroq kuch bilan ta’sir etish kerakligi tajribalardan ma’lum. Bundan, jismning massasi qanchalik katta bolsa, u o‘z harakatining o‘zgarishiga shunchalik ko‘p to‘sqinlik ko‘rsatadi degan xulosa kelib chiqishi mumkin. Shu ma’noda, jismning massasi inersiya o‘chovidirdeyish mumkin. Shuning uchun, odatda, massasi kattaroq boigan jism inertliroq deyiladi.
Jismning massasi shu jismdagi modda miqdoriga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. Turli jismlarning massalarini taqqoslash uchun modda zichligi tushunchasidan foydalaniladi.
Moddaning birlik hajmdagi massasi shu moddaning zichligi deyiladi. Agar m massali moddaning hajmi V bo‘lsa, u holda ta’rifga binoan, uning zichligi quyidagi formuladan topiladi:
Moddalarning zichligi ularning tabiatiga va temperaturasiga bog‘liq bo‘ladi. Temperatura ortishi bilan modda hajmining kengayishi hisobiga zichlik kamayib boradi.
Jismning massasi inersial sanoq sistemalarida, ya’ni tezlanishsiz harakatlanadigan sistemalarda o‘zgarmas kattalikdir. Yerga biriktirilgan sanoq sistema inersial sanoq sistema bo‘lgani uchun jismning zichligi geografik kenglik va balandlik bo‘yicha o‘zgarmaydi.
|
| |