Dehqonchilik Sugʻorma dehqonchilik, obikor




Download 118,42 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.12.2023
Hajmi118,42 Kb.
#125986
Bog'liq
Sugʻorma dehqonchilik - Vikipediya



Sugʻorma
dehqonchilik
Sugʻorma dehqonchilik, obikor
deqqonchilik — qishloq xoʻjaligi. ekinlarini
sugʻorib yetishtirish. Choʻl, chala choʻl va
qurgʻoqchil zonalarda, shuningdek,
vegetatsiya davrining ayrim bosqichlari
nam bilan yetarli taʼminlanmagan
hududlarda vujudga kelgan.
Dehqonchiliknpng eng intensiv turlaridan
biri. Sugʻorma dehqonchilik ekinlardan
eng yuqori va barqaror xrsil yetishtirishni


taʼminlaydi, lalmikor dehqonchilikka
nisbatan 8—10 marta koʻproq hosil
beradi. Bunday sharoitlarda yerdan
samarali foydalanish, takroriy va
qoʻshimcha ekinlar ekish mumkin.
Sugʻorma dehqonchilik neolit davridan
beri maʼlum. Issiq va quruq oʻlkalarda,
mas, Mesopotamiya, Oʻrta Osiyo, Misrda
har yili daryolar toshib suv bosadigan
yerlarda dehqonchilik madaniyatining
dastlabki oʻchoklari paydo boʻldi (qarang
Liman usulida sugʻorish
). Ekin suv
qaytganidan keyin qolgan loyqaga
ekilgan. Sugʻorma dehqonchilikning
ibtidoiy shakli — motiga (dastaki soʻqa)
dehqonchiligi ana shunday vujudga


kelgan. Yirik sugʻorish kanallarini barpo
etish quldorlik jamiyatida boshlanadi.
Meksikada sugʻorishning boshqa bir usuli
— yerni suvga yaqinlashtirish qoʻllanilgan:
oʻsimlik tuproq solingan maxsus sol
(chinampa)da oʻstirilgan.
Koʻpchilik mamlakatlarda sugʻoriladigan
yerlar jami ekin maydonlarining 1 — 15%
(AQSH, Meksika, Italiya, Fransiya,
Ruminiya, Polsha va boshqalar), bir kagor
mamlakatlarda yarmi yoki undan
koʻprogʻini tashkil etadi (Afgʻoniston, VSR,
Eron va boshqalar); ayrim mamlakatlarda
esa faqat sugʻorib (Misr, Saudiya
Arabistoni, Ummon va boshqalar)
dehqonchilik qilinadi. Sugʻorma


dehqonchilik (mln.ga; 1999) Hindiston
(59), Xitoy (52,5), AQSH (21,4), Rossiya
(4,6), Oʻzbekiston (4,3), Ispaniya (3,6),
Ukraina (2,5) mamlakatlarida jadal
rivojlanmoqda. Shuningdek, Sugʻorma
dehqonchilik Buyuk Britaniya, GFR,
Belgiya singari namlik yetarli va hatto
ortiqcha boʻlgan mamlakatlarda ham
rivojlanmoqsa.
Sugʻorma sharoitlarda asosan don (sholi,
bugʻdoy, makkajoʻxori, tariq, joʻxori,
dukkakli don), texnika ekinlari (gʻoʻza,
kanop, zigʻir, shakarqamish va
boshqalar), yem-xashak, sabzavot, meva
va rezavor mevalar oʻstiriladi.


Sugʻorma dehqonchilikni olib borish
uchun sugʻorish sistemalari barpo
qilinadi. Ekinlar tarkibi qatʼiy
ixtisoslashadi. Almashlab ekmshda
yetakchi ekin koʻproq ekiladi.
Sugʻoriladigan ekinlarni parvarish qilish
texnologiyasida ikdim va tuproq
sharoitlari, ekinning xususiyati va navi
bilan bogʻliq boʻlgan suv berish
muddatlari va normalarini toʻgʻri belgilash
katta ahamiyatga ega. Sugʻorma
dehqonchilikda tuproqni ishlash; asosiy
(kapital) va joriy (ekspluatatsiyey)
tekislash — sugʻoriladigan maydon
boʻylab suvning ravon oqishini taʼminlash
uchun yer yuzasini tekislash; 30—35 sm
chuq.da shudgorlash va yerga ekishdan


oldin ishlov berish (boronalash, chizellash
va boshqalar); dalani takroriy ekish uchun
tayyorlash; butun vegetatsiya davomida
ekin qator oralariga ishlov berish
(chopiqtalab ekinlar maydonlarida har bir
sugʻorishdan keyin tuproqni yumshatish);
muvaqqat sugʻorish shoxobchalarini,
oʻqariq va dahanalarni tekislash va
boshqa ishlar bajariladi. Sugʻorma
dehqonchilik oʻgʻitlar samaradorligini
oshirishga qulay sharoitlar yaratadi.
Sugʻorishda oʻgʻitlar tezroq oʻzlashtiriladi
va ekinlar ulardan toʻlaroq foydalaniladi,
Sugʻorma dehqonchilikda mineral oʻgʻitlar
solish miqdori koʻpaytiriladi (odatda 30—
50% gacha). Shuningdek, makkajoʻxori,
kartoshka, sabzavotlar, meva daraxtlari


maydonlariga goʻng (20—40 t/ga)
solinadi, koʻkat oʻgʻitpar hami qoʻllaniladi.
Oʻrta Osiyodagi sugʻoriladigan yerlarda,
asosan, gʻalla, gʻoʻza va almashlab
ekishda ularga yoʻldosh ekinlar (beda,
makkajoʻxori, yem-xashak ekinlari, joʻxori
va boshqalar), shuningdek, sabzavotpoliz
ekinlari, meva daraxtlari, tok, sholi, qand
lavlagi, tamaki va boshqa ekiladi.
Ermagov A.Q., Sugʻoriladigan
dehqonchilik, T., 1983; Abdugʻaniyev
A.A., Povoʻsheniye ekonomicheskoy
effektivnosti ispolzovaniya
Adabiyot


oroshayemoʻx zemel v Oʻzbekistane, T.,
1983.
Sulton Xolnazarov.
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga
ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Sug%CA%BBorma_dehqonchilik&action=
edit) Vikipediyaga
 yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
 almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Sug
ʻorma_dehqonchilik&oldid
=2859074
" dan olindi


Bu sahifa oxirgi marta 4-Sentyabr 2022, 19:15 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 4.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 118,42 Kb.




Download 118,42 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dehqonchilik Sugʻorma dehqonchilik, obikor

Download 118,42 Kb.
Pdf ko'rish