Tajriba qurilmasi va tavsilotlari




Download 0,49 Mb.
bet2/4
Sana10.02.2024
Hajmi0,49 Mb.
#154220
1   2   3   4
Bog'liq
Maqola boshlash

Tajriba qurilmasi va tavsilotlari.
Tadqiqotda turli diametrli SiO2 nanozarrachalari Degussa (Evonik Aerosil 200 – Fumed silica aerosol 200, Germaniya) tomonidan yetkazib berildi. Bu materiallar 99,8 % sofligi bilan bugʻ choʻktirish jarayoni natijasida tayyorlanadi va transmissiya elektron mikroskopiya zarrachalar taxminan 12, 16 nm dan 40 nm gacha boʻlgan turli diametrli sharsimon ekanligini koʻrsatdi [26]. Bundan tashqari, ushbu zarrachalarning ko'rinadigan o'ziga xos sirt maydoni N2 yutilishi bilan aniqlandi. Bu ishda nanozarrachalarning deionizatsiyalangan suvdagi massaviy konsentratsiyalari (0.05, 0.1, 0.2, 0.3, 0.4, 0.5, 1, 3, 5) % bo'lgan nanosuyuqliklar ishlatilgan. O‘rtacha nanozarracha o‘lchamlari 12, 16, 40 nm bo‘lgan kremniy dioksid nanozarralari deionizatsiyalangan suvga qo‘shildi, suv asosiy suyuqlik sifatida ishlatilgan. Ma'lum bir nanozarracha konsentratsiyasiga ega bo‘lgan nanosuyuqlikni tayyorlash uchun suv va nanozarrachalar EP 214C Explorer Pro, Ohaus elektron tarozida 0,01 mg o'lchov xatoligi bilan tayyorlandi. Suvdagi nanozarralarning dastlabki aglomeratsiyasini oldini olish uchun (Ultrasonic disintegrator type UD-11 automatic) disintegratordan foydalanildi. Disintegratorda (quvvati 100 Wt va 22 kHz) nanozarralarning tekis dispersiyasi uchun eng optimal davomiylik vaqti sifatida 20 min disperegatsiya qilindi [27].
Hosil bo‘lgan nanosuyuqlikning bug‘lanish xossalari termal analizator STA PT1600 (LINSEIS, Germaniya) avtomatlashtrilgan qurilmada o’rganildi.Termogravimetrik analiz massa o’zgarishi, kinetik tahlil uchun ishlatiladigan eng keng tarqalgan texnikadir [28-29]. Ushbu usul o‘rganilayotgan namunaning ma'lum haroratda yoki dasturlashtirilgan haroratda massa yo‘qotilishini baholashga asoslanadi [28]. Termogravimetrik analiz metodi massa o‘zgarishini aniq o‘lchashni ta'minlab, juda kichik namuna hajmlarida ham tadqiqotlar olib borishga imkon berib, ushbu tadqiqot uchun juda mos vosita hisoblanadi. Qurulmaning o‘lchash harorat diapazoni:-150 dan 1750 оC gacha, isitish tezligi: 0,1 dan 100 оC/min gacha. Namuna qo‘yiladigan idishning ichki hajmi 0.12 ml bo‘lgandan foydalanildi.
Tajriba izolyatsiyalangan xonada va namunaning harorati xona harorati atrofida o‘tkazilganligi sababli gaz oqimidan foydalanilmadi. Namunalar idishiga solinib, qopqog‘i yopilib 40 0C o‘zgarmas temperaturalarda 20 min vaqt davomida massa yo‘qotishi o‘lchandi. Idishni ishlatish juda ehtiyotkorlik bilan bajarilishi kerak, idishning har qanday shikastlanishi idishni almashtirish va qayta kalibrlashni amalga oshirish zarurligiga olib keladi. Idishning shikastlanishi yoki ifloslanishi tufayli o‘zgarmaganligini tekshirish uchun vaqti-vaqti bilan deionizatsiyalangan suv ishga tushirildi.

Download 0,49 Mb.
1   2   3   4




Download 0,49 Mb.