• Kalit so’zlar
  • Nazariy o’quv materiallarni o’zlashtirishga bo’lgan talablar.
  • Декабрь 2020 21-қисм




    Download 1.88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/19
    Sana19.10.2022
    Hajmi1.88 Mb.
    #27548
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
    Bog'liq
    21.Kimyo yunalishi 1 qism
    3. Электрон почта очиш, Мавзу педагогикани ўрганиш зарурати
    Декабрь 2020 21-қисм
    Тошкент
    KiMyoNi o’zLASHtiRiSHGA Qo’yiLGAN tALAbLAR
    Xasanova Fazilat Xudayberganovna
    Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani 
    1-son IDUM kimyo fani o’qituvchisi
     Telefon: +998997954709
    Annotatsiya: ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarida kimyo fanini o’qitishga, 
    o’zlashtirishga qo’yilgan bir nechta talablar keltirilgan.
    Kalit so’zlar: kimyoviy nazariyalar, faktlar, kimyo tili, eksperiment, hisoblash.
    Kimyo fanining asosiy vazifasi eng muhim kimyoviy tushunchalar element, modda, kimyoviy 
    reaksiyalar, kimyoviy qonunlar, kimyo ishlab chiqarishi kabi nazariy tayanch bilimlarni 
    shakllantirish, boyitish va rivojlantirishdan iborat. har bir darsning nazariy qismi ta’limiy 
    maqsadi shu darsning konsepsiyasini tashkil etadi. bu nazariyalar konsepsiyasi rivojlanuvchi 
    kimyo ta’limiga asos solishi bilan birga o’quvchilarda dialiktik, materialistik qarashlarning 
    shakllanishi va rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. natijada o’quvchilarda olamning moddiy 
    birligi va uni bilish mumkinligiga ishonch tug’diradi. 
    umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun kimyo fani dasturida viii sinfda anorganik kimyo 
    bo’yicha o’quvchilarning bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagicha 
    berilgan: 
    Nazariy o’quv materiallarni o’zlashtirishga bo’lgan talablar. atom molekulyar ta’limotining 
    asosiy qoidalarini bilish, ushbu ta’limot asosida quyidagi tushunchalarni tadbiq etish: nisbiy atom 
    massa va nisbiy molekulyar massa, modda miqdori, molyar massa, molyar hajm, gazlarning nisbiy 
    zichligi, oddiy va murakkab moddalar, kimyoviy element, valentlik oksidlar, asoslar, kislotalar, 
    tuzlar, kimyoviy reaksiyalarning (ajralish, birikish, almashinish, o’rin olish) tiplari, neytrallanish 
    reaksiyasi, almashinish reaksiyasining bir turi sifatida. moddalar massasining saqlanish qonuni 
    ta’riflashni, ushbu qonunning ahamiyatini misollar yordamida tushuntira olishni va hisoblashlarda 
    hamma reaksiya tenglamasini tuzishda ushbu qonunni tadbiq eta olishni bilish. Kimyoviy 
    elementlar davriy qonunning hozirgi zamon ta’rifini d.i.mendeleevning kimyoviy elementlar 
    davriy sistemasidagi asosiy qonuniyatlar, dastlabki uch davrda kimyoviy elementlar atomlardagi 
    elektronlarning taqsimlanishini bilish. asosiy guruhchalardagi elementlarning davriv sistemadagi 
    joylashgan o’rni va atomlarning tuzilishi asosida umumiy tavsifnoma berishni, shuningdek ushbu 
    elementlar hosil qilgan oddiy va murakkab moddalarni bilish; kovalent bog’lanish (qutbli va 
    qutbsiz), ion bog’lanish, oksidlanish darajasi, oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi, kristall panjara 
    (ionli, atom, molekulyar) izotoplar kabi tushunchalarni bilishi kerak.
    d.i.mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy sistemasi va atomlarning tuzilishi bo’yicha 
    olingan bilimlar asosida eng muhim birikmalar formulalarning tuzilishini, kimyoviy bog’lanish 
    turlari va moddalarning umumiy xarakterli xossalarini, elementli atomlarni, oddiy moddalar va 
    kimyoviy birikmalarni xarakterlashda ma’lum atomlarni ko’rsatishni bilish. d.i.mendeleyevning 
    kimyoviy elementlar davriy sistemasi va davriy qonunining ma’nosini aytib berishni, fan 
    taraqqiyoti va ishlab chiqarish uchun davriy qonunning ahamiyatini ko’rsata bilishi kerak. 

    Download 1.88 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




    Download 1.88 Mb.
    Pdf ko'rish