|
Abdunazarova Latofat XazratqulovnaBog'liq 21.Kimyo yunalishi 1 qism 3. Электрон почта очиш, Мавзу педагогикани ўрганиш зарурати, 3 oylik reja 2022, pedagoglarda-kreativlik-sifatlarini-rivozhlantirishning-muammolari-va-samarali-y-llariAbdunazarova Latofat Xazratqulovna
Farg’ona viloyati Furqat tumani
11-umumiy o’rta ta’lim maktabi
kimyo fani o’qituvchisi
Telefon:+998911471576
abdunazarovalatofat@umail.uz
Annotatsiya: bugungi kunda organik kimyoni o‘qitishda o‘quvchilar bilimida bo‘shliqlar
aniqlanmoqda. ana shu bo‘shliqlarni bartaraf etish uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan didaktik
materiallardan namunalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: darslik, o‘quv dasturi, bo‘shliq, faoliyat, metodika, didaktika, pedagogika,
kichik guruh, dars, o‘qitish.
zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va
jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. qisqa vaqt orasida
muayyan nazariy bilimlarni tahsil oluvchilarga etkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan
ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o‘quvchilarfaoliyatini nazorat qilish, ular
tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma hamda malakalar darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak
pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.
Pedagogik texnologiya o‘z mohiyatiga ko‘ra sub’ektiv xususiyatga ega, ya’ni, har bir pedagog
ta’lim va tarbiya jarayonini o‘z imkoniyati, kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda ijodiy tashkil
etishi lozim. qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’i nazar pedagogik
texnologiyalar:
- pedagogik faoliyat (ta’lim¬-tarbiya jarayonining) samaradorligini oshirishi;
- o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirishi;
- o‘quvchilar tomonidan fanlar bo‘yicha puxta bilimlarning egallanishini ta’minlashi;
- o‘quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishi;
- o‘quvchilarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-
¬sharoitlarni yaratishi;
- pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustuvorligiga erishishni
kafolatlashi zarur.
Pedagogik texnologiyalardan majburan foydalanish mumkin emas. aksincha, tajribali
pedagoglar tomonidan asoslangan yoki ular tomonidan qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalardan
maqsadga muvofiq foydalanish bilan birga, ularni ijodiy rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda tahsil oluvchilarning o‘quv va ijodiy
faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim¬tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik
texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba to‘plangan bo‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil
etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda.
interfaol metod texnologiyasining mohiyati o‘quvchilarning ijodkorligiga tayanish va darsda
erkin bahs-munozara sharoitini tug‘dirishdan iboratdir. bu metodga ko‘ra darslar bir necha
bosqichga bo‘linadi:
1. chaqiriq bosqichi. bu bosqichda o‘quvchilarni faollashtirish, mavzuining mazmun-
mohiyatiga kirib borish, uni anglab etish jarayoniga tayyorlash maqsadi ko‘zda tutiladi.
2. fikriy hujum. bu usul darsning boshlanishida yoki istalgan joyida qo‘llanilishi mumkin.
bu bosqichda muammo o‘quvchilarga fikriy hujum yo‘li bilan beriladi va ularning fikrlari orqali
olinadi.
3. anglash bosqichi. mavzuga oid xulosaviy fikrlar eshitiladi va o‘qituvchi tomonidan yangi
fikrlar tomonidan to‘ldiriladi.
4. fikrlash bosqichi. mavzu yuzasidan o‘zlashtirilgan bilim va tushunchalarni qisqa jumlalarda
yozma ravishda bayon qilish topshiriladi. bu topshiriqni bajarish uchun sinf guruhlarga bo‘linadi.
|
| |