• Annotatsiya
  • Декабрь 2020 21-қисм




    Download 1.88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/19
    Sana19.10.2022
    Hajmi1.88 Mb.
    #27548
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    21.Kimyo yunalishi 1 qism
    3. Электрон почта очиш, Мавзу педагогикани ўрганиш зарурати
    Декабрь 2020 21-қисм
    Тошкент
    uMuMiy o’RtA tA’LiM MuASSASALARiDA KiMyo FANiNi o’QitiSHNiNG 
    MAQSAD VA VAziFALARi
    Riskulova Dilafruz Raximjonovna
    Angren shahar 42-umumiy o’rta ta’lim maktabi 
    II-toifali kimyo fani o’qituvchisi 
    Tel: +9989 94 938 01 79
    Annotatsiya: mazkur maqolada umumiy o’rta ta’lim muassasalarida kimyo fanini o’qitishning 
    maqsadi, kundalik turmushimizda kimyo fanini tutgan o’rni va vazifalari keltirilgan.
    Kalit so’zlar: vazifalar, kimyo ta’limi konsepsiyasi, kimyo ta’limi standarti
    umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi kimyo ta’limi pedagogik jarayonining ajralmas tarkibiy 
    qismi bo’lib, ta’limning umumiy maqsadlariga muvofiq o’quvchi shaxsini tarbiyalashga xizmat 
    qiladi. “Ta’lim to’g’risida”gi qonunga muvofiq:
    1. umumiy o’rta ta’lim maktablarining kimyo ta’limi konsepsiyasini qayta ishlab chiqish;
    2. umumiy o’rta ta’lim maktablarining kimyo ta’limi konsepsiyasidan kelib chiqqan holda, 
    uning standartini ishlab chiqish taqozo qilinadi.
    Kimyo ta’limi standarti kimyo o’quv predmetining majburiy mazmunini belgilab beradi. 
    umumiy o’rta ta’lim maktablarining kimyo ta’limi standarti, kimyo ta’limi tizimidagi barcha 
    komponentlarni: ta’limning mazmuni, maqsadi, ta’limning uzluksizligi, tashkiliy shakllari, 
    usullari, vositalari va boshqalarni qayta ko’rib chiqish mezoni hisoblanadi.
    Kimyo ta’limi konsepsiyasiga muvofiq kimyo ta’limining yo’nalishi va maqsadi yosh alodning 
    kimyo fani asoslarini chuqur egallashi, o’quvchilarning siyosiy-g’oyaviy, estetik, ekologik 
    tarbiyasi, tabiatga va jamiyatga bo’lgan ijobiy munosabat, qadimgi yashab ijod etib o’tgan 
    buyuk mutafakkirlar, keyingi yillarda olimlarimizning kimyo sohasidagi erishgan yutuqlariga 
    oid o’quv materiallari bilan tanishtirib borish orqali vatanga bo’lgan e’tiqodni shakllantirish, 
    kasbga yo’naltirish ko’zda tutiladi.
    Kimyo ta’limi standarti-kimyo o’qitishda o’quvchilarga beriladigan ta’lim va tarbiyaning 
    mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatkichlar, shuningdek o’quvchilarning tayyorgarlik darajasidagi 
    bilim va amaliy faoliyatlari darajasi me’yorini belgilaydigan mezon bo’lib hisoblanadi.
    Kimyo ta’limi standarti - umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun tuziladigan kimyo ta’limi 
    dasturi va o’quv materiallarining hajmini belgilab beruvchi mezon bo’lib xizmat qiladi.
    Kimyo ta’limi standarti - kimyo ta’limida o’qituvchilarning davlat va jamiyat oldidagi vazifalari, 
    burchi va javobgarligini qay darajada his qilishlari mezoni bo’lib ham hisoblanadi. umumiy 
    o’rta ta’lim maktablarining kimyo ta’limi standarti-kimyo o’quv predmetidan o’quvchilarga 
    beriladigan bilimlar miqdori, o’quvchilar egallaydigan bilim, hosil qiladigan amaliy ko’nikma va 
    malakalar hajmini ko’rsatuvchi me’yor bo’lib, umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi kimyo ta’limi 
    negizini belgilovchi ko’rsatkichlar o’quvchilarning kimyo ta’limidan tayyorgarlik darajasiga 
    qo’yiladigan talablar majmuasidan iborat bo’lgan hujjat tariqasida tasdiqlanadi va xizmat qiladi.
    Kimyo ta’limi standarti quyidagi uchta bo’limdan iborat.
    1) Kimyo ta’limi mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatkichlar.
    2) Kimyo ta’limida o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan standartning minimal 
    talablari.
    “Kimyo ta’limi mazmuni negizining belgilovchi ko’rsatkichlar” bo’limi o’quvchilarga 
    kimyodan beriladigan bilimlar, ekologik ta’lim-tarbiya va o’quvchilarda hosil qilinadigan amaliy 
    ko’nikma va malakalarni o’zida mujassamlashtiradi.
    ikkinchi va uchinchi bo’limda esa o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yilgan talablar 
    yoritiladi. o’quvchilarga maksimal ball yoki baho qo’yishda har ikkala, ya’ni minimal va 
    maksimal tayyorgarlik darajasiga bo’lgan talablar hisobga olinishi zarur. bu esa, kimyo ta’limi 
    standarti o’quvchilar tomonidan o’zlashtirish ko’rsatkichlarni ifodalashga kimyo ta’limi sifatini 
    baholashda o’lchov mezoni bo’lib xizmat qilishiga imkon beradi.
    foydalanilgan adabiyotlar
    1. umumiy o’rta ta’lim davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi
    2. Kimyo o’qitish nazariyasi va metodikasi”fanidan ma’ruzalar matni
    3. Kimyo ta’limi nazariyasi va metodikasi. T. gulboyev


    10

    Download 1.88 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 1.88 Mb.
    Pdf ko'rish