• Kalit so’zlar
  • ―Assesment metodi Assesment
  • Декабрь 2020 21-қисм




    Download 1.88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/19
    Sana19.10.2022
    Hajmi1.88 Mb.
    #27548
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    21.Kimyo yunalishi 1 qism
    3. Электрон почта очиш, Мавзу педагогикани ўрганиш зарурати, 3 oylik reja 2022, pedagoglarda-kreativlik-sifatlarini-rivozhlantirishning-muammolari-va-samarali-y-llari, masofaviy talim haqida, Strategic Network Planning for, Hisobot 2 oxiriA.D, bozor munosabatlari sharoitida sanoat korxonalari faoliyatining, БМИ СОЛИЕВ 19.12.2023 (2), Yangi test
    Декабрь 2020 21-қисм
    Тошкент
    KiMyo FANiNi o’QitiSHDA zAMoNAViy iNNoVAtSioN 
    teXNoLoGiyALARDAN FoyDALANiSH
    Ro’zimurodova Mahbuba Karimovna
    Navoiy shahar 20-umumiy o’rta ta`lim
     maktabi Kimyo fani o`qituvchisi 
    Tel: +998933109845
    Annotatsiya: ushbu maqolada zamonaviy ta`lim jarayonida zamonaviy ainnovatsion 
    texnologiyalar va ulardan unumli foydalanish haqida tushuncha beradi.
    Kalit so’zlar: innovatsiya, interfaol, dars, keys-stady, assessment, swot-tahlil, peadgogik 
    texnologiya.
    zamonaviy sharoitda ta‘lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko‘ra shaxsni rivojlantirish, 
    ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobilyatlarini tarbiyalashga 
    yo‘naltirilishi talab qilinmoqda. o‘zida ana shu imkoniyatlarni namoyon eta olgan ta‘lim shaxsga 
    yo‘naltirilgan ta‘lim deb nomlanadi. hozirgi davrda sodir bo’layotgan innovatsion jarayonlarda 
    ta‘lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o’zlashtirish va o’zlashtirgan 
    bilimlarini o’zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin 
    fikrlaydigan shaxslar kerak. shuning uchun ham, ta‘lim muassasalarining o’quv-tarbiyaviy 
    jarayonida zamonaviy o’qitish uslublari - interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o’rni 
    va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta‘limda qo’llanishiga oid bilimlar, 
    tajriba o’quvchi)larni bilimli va yetuk malakaga ega bo’lishlarini ta‘minlaydi.
    bugungi kunda kimyoni o‘qitishda zamonaviy ta‘limda eng ko‘p qo‘llaniladigan interfaol 
    metodlardan - assesment, sWoT-tahlil, Keys-stady kabi metodlardan foydalanish yaxshi samara 
    bermoqda. 
    ―Assesment metodi Assesment inglizcha ―assessment so‘zidan olingan bo‘lib, 
    baho,baholash ma‘nolarini bildiradi. assesment metodi talabalarning bilim, ko‘nikma va 
    malakalari darajasini har tomonlama, xolis baholash imkoniyatini ta‘minlovchi topshiriqlar 
    to‘plami bo‘lib, u biografik anketa, ta‘lim sohasidagi yutuqlar bayoni, o‘quv individual topshirig‘i, 
    bahs- munozara, intervyu, ijodiy ish, test, individul keys, taqdimot, ekspert kuzatishi, rolli hamda 
    ishbilarmonlik o‘yinlari kabilardan tashkil topadi. bu metod asosan quyidagi uch maqsadga 
    xizmat qiladi: -o’quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini har tomonlama, xolis baholash; 
    -o’quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlash; 
    -o’quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladigan istiqbol reja 
    (maqsadli dastur)ni shakllantirish. 

    Download 1.88 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 1.88 Mb.
    Pdf ko'rish