|
Delphi dasturlash tilida “Memo” komponentlaridan foydalanish. 22-Mavzu
|
Sana | 20.02.2023 | Hajmi | 190.16 Kb. | | #42929 |
Bog'liq dsgrfdr 2-mavzu
Delphi dasturlash tilida “Memo” komponentlaridan foydalanish.
22-Mavzu
1. Memo obyekti va uning imkoniyatlari. Ba’zi ilovalarda katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash imkoniyatlari ham bo‘lishi kerak. Delphi ning biz shu paytgacha tanishib chiqqan imkoniyatlarida buning iloji yo‘q. Endi biz bunday imkoniyatni yaratadigan boshqarish obyekti bilan tanishamiz.
Bu obyektning nomi Memo bo‘lib, u Memorandum so‘zining qisqartirilgan ko‘rinishi va xizmat uchun yozuvlar degan ma’noni bildiradi.
Bu obyekt obyektlar panelining standart jildida joylashgan:
Delphida yangi ilova yaratib, unga bu obyektni joylaymiz. Ilovani ishga tushirib, sichqonchani Memo ustida bossak, uning ish maydonchasida kursor paydo bo‘ladi. Demak, unga matn kiritish mumkin:
2. Memo obyektining asosiy xossalari. Memo obyektiga qancha matn kiritish mumkin? Unga chegara bormi? Albatta, bor. Bu obyektga kiritilgan matnda ko‘pi bilan 216=65536 ta harf va boshqa belgilar bo‘lishi mumkin. Bu esa 1000 dan ortiq matn satri degani. Lekin, biz bu obyektda matn kiritishni emas, unga ma’lumotlarni chiqarishni mo‘ljallagan edik. Agar biz unga foydalanuvchi ma’lumot kirgiza olmasligini xohlasak, bu obyektning ReadOnly (faqat o‘qish uchun) nomli xossasini False (yolg‘on) dan True (rost) ga o‘tkazishimiz kerak:
M emo ga kiritilgan matn uning Text xossasida saqlanadi. Unda bittadan ko‘p matn satrlari bo‘lishi mumkin. Matn satrlarini bir-biridan ajratish uchun ular orasiga satr oxiri va satr boshiga o‘tish belgilarini qo‘yish kerak bo‘ladi. Buni quyidagicha amalga oshirish mumkin.
Memo1.Text:=’1-satr’+#13+#10+’2-satr’;
Undan foydalanishni o‘rganish uchun dastlabki ta natural sonning kvadratlarini topadigan ilova yaratamiz. Unga bittadan Memo, Edit, Button obyektlarini joylab xossalarini quyidagi rasmda ko‘rsatilgandek qilib o‘zgartiramiz:
IV. Mustahkamlash
Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar:
1. Memo obyekti obyektlar panelining qayerida joylashgan?
2. Edit maydonchasiga kiritilgan matn satrini Memoga har bir harfi
alohida qatorda joylashadigan qilib chiqaring.
3. Memogа 50 ta satrdan iborat matn kiriting. Ularning juft nomerli satrlarni matndan olib tashlang.
|
| |