Destruktiv xulq atvor shakllanishining psixologik omillari




Download 55.5 Kb.
bet1/2
Sana04.05.2023
Hajmi55.5 Kb.
#56450
  1   2
Bog'liq
MAQOLA
Diyorbek, 13-лекция узб, Mavzu Kimyo fanini rivojlantirishda o’z xissalarini qo’shgan O’, 29096 4. Modda tuzilishi-2015, MILLIY VA ADABIY TIL, 6-bayon 8-mart, 6-bayon 8-mart, Tazalaw stanciyasi , Doc1, Nazariy materiallar 1-mavzu pedagogik kreativlik mohiyati, mazm-fayllar.org (5), 01-01-867, content, nodirbek. mustaqil ish, Boranbaeva Janagul (2)

DESTRUKTIV XULQ ATVOR SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK OMILLARI.
Qorabayev Abdurasul Abduxalil o’g’li
qorabayevabdurasul@gmail.com
Termiz davlat universiteti amaliy psixalogiya yo’nalishi I kurs magistranti.

Har bir davrda davlat va jamiyat rivojlaninishi uchun bilimi va axloqi yuksak bo’lgan kadrlar yetishib chiqishi juda muhim o’rin egallashi hammaga ma’lum va mashhurdir. Buning uchun yetishib kelayotgan yosh avlodning ta’lim olishi va xulqi yaxshilanishiga alohida urg’u berilishi, ayniqsa, muhim o’rin tutadi. Har bir shaxs jamoyatda rivojlanib boradi. Uning xulq atvoriga hamisha tashqi omillar ta’sir etib boradi . Insondagi destruktiv xulq tabiati, uning kelib chiqish sabablari hamda oqibatlarini o’rganish hozirgaqadar jiddiy muammo sanaladi.


Bu muammoning shakllanishi XX asrda paydo bo’lgan. Bu boradagi psixologik yondashuv shaxsning og’ishgan xulqidagi alohida ko’rinishlarini ijtimoiy psixologik tafovutini ajratishga asoslangan. Psixologik tasniflar quyidagi mezonlar asosida quriladi:
• buzilgan me’yor turi;
• axloq va uning motivatsiyada psixologik maqsad;
• ushbu axloq oqibati va u keltirgan zarar;
• axloqning shaxsiy-uslubiy tavsifnomasi.
Og’ishgan xulq ya’ni deviatsiya tarifini 5 yoshgacha bo’gan bolalarga nisbatan qo’llanilmaydi chunki, bu yoshgacha bola ongida ijtimoiy me’yorlar haqidagi zaruriy tasavvurlar bo‘lmaydi, o‘z-o‘zini nazorat qilish esa kattalar yordamida amalga oshiriladi. Asosan, 9-10 yoshdan keyin bolada ijtimoiy me’yorlarga mustaqil rioya qilish qobiliyatining mavjudligi ko’rina boshlaydi.
Biz shaxs og`ishgan xulqining turli ko`rinishlari ikkita o`ziga yoki boshqalarga qarama-qarshi yo`nalishli “destruktiv axloq” ning yagona o`g’ishida joylashganini ko`ramiz. Psixologik yondoshuv doirasida og`ishgan xulqning turli tipologiyasidan foydalaniladi. Ko`pchilik mualliflar, masalan, Yu.A.Kleyberg axloqiy deviatsiyaning uchta asosiy guruhini ajratadi: salbiy (masalan, giyohvand moddalar iste'mol qilish), ijobiy (masalan, ijtimoiy ijodkorlik) va ijtimoiy-xolis (masalan, tilanchilik). Shaxs og`ishgan xulqining ko`rinishlarini tizimlashtirishning bir muncha to`liq variantlaridan biri S.P. Korolenko va T. A. Donskixga tegishli. Mualliflar barcha axloqiy deviatsiyani ikkita katta guruhga bo`ladilar: nostandart va destruktiv axloq.
Destruktiv xulq 2 ta asosiy turlarda namoyon bo‘ladi:
1. Delinkvent tur - jamiyatda qabul qilingan ijtimoiy huquqiy me’yorlarga
qarama qarshi bo‘lgan xatti - harakatlarga xulqning yo‘nalganligidir.
2. Deviant tur - jamiyatda qabul qiliingan axloqiy me’yorlarga qarama —
qarshi xulqiy ko‘rinshlarni namoyon etish.
Delinkvent xulq-atvor muammosi (huquqqa qarshi, jamiyatga qarshi) ko‘pgina ijtimoiy fanlarning tadqiqotida asosiy o‘rin egallaydi, chunki ijtimoiy tartib umuman davlatning rivojlanishida, shu bilan birga har bir fuqaroning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Qonunga qarshi xulq-atvor namoyish etayotgan shaxs - dilinkvent shaxs deb tavsiflanadi, uning harakatlari esa - delinkventlar deb ataladi. Delinkvent xulq-atvor ko’rinishlariga maktabga bormaslik, mayda bezorilik, zaiflarni tahqirlash, kichik miqdorda pullarni tortib olish, mototsikllarni olib qochish va hokazolar misol bo’ladi.
Chet elda keng tarqalgan “delinkvent” atamasi, voyaga yetmagan jinoyatchilarga nisbatan qo‘llaniladi. Ma’lumotlarga qaraganda delinkvent - bu 18 yoshgacha bo‘lgan shaxs, uning xulq-atvori guruh yoki individga zarar yetkazadi va jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida me’yoridagi ijtimoiy guruhlar bilan o‘rnatilgan chegaradan oshgan deb izoh keltirilgan. Voyaga yetganidan keyin delinkvent avtomatik tarzda jamiyatga qarshi shaxsga aylanadi.
Deviant xulq-atvor(ingliz tilidan. og'ish- og'ish) - normalarga zid bo'lgan harakatlar qilish ijtimoiy xulq-atvor u yoki bu jamiyatda. Masalan, jinoyatchilik, mastlik va giyohvandlik, shuningdek, o'z joniga qasd qilish, fohishalik. Ushbu og'ishning sababi insonning tashqi dunyo, ijtimoiy muhit va o'zi bilan munosabatlari va o'zaro ta'sirining o'ziga xos xususiyatlarida yotadi. Deviant xulq-atvor inson rivojlanishining, butun jamiyat hayotining tabiiy shartidir.
Destruktiv ifodalanganlikning yo`nalishi va darajasi bo`yicha og`ishgan xulqni quyidagi shkala bo`yicha taqdim etish mumkin:
- antiijtimoiy (faol-destruktiv) – antiijtimoiy guruhlar me`yoriga moslashgan,
- nisbatan destruktiv – asotsial (passiv-destruktiv)
- o`z-o`zini parchalovchi (passiv-autodestruktiv)
- o`z-o`zini o`ldiruvchi (faol-autodestruktiv). Og`ishgan xulqning alohida turlarini ajratish va ularning o`xshash belgilar bo`yicha tizimlashtirish garchi ilmiy tahlil maqsadida oqlangan bo`lsa-da, shartli hisoblanadi. Real hayotda alohida shakllar ko`pincha uyg’unlashadi yoki kesishadi, og`ishgan xulqning alohida aniq holatlari individual bo`yalgan va takrorlanmas bo`ladi.
Destruktiv xulqni psixologik tasniflash. Psixologik reallikni ilmiy tahlil qilish shakllaridan biri uning ko`rinishlarining tasnifi hisoblanadi. Tadqiqotchilarning axloqiy og’ishlarni tizimlashtirishdagi ko`p sonli urinishlari hali yagona tasnif yaratishga olib kelmadi.
Muammo mavjudligini tushuntiruvchi boshqa sabablar orasida inson axloqining o`ta turli-tuman shakllari va “me`yor” tushunchasining o`zi noaniq ekanligini aytish mumkin. Bularning barchasi umumiy mezonlarni ajratishdek, og`ishgan xulqning har xil ko`rinishlarining yagona tasnifini yaratishda ham qiyinchilik tug’diradi. Ayni damda tizimlashtirish mavjud va alohida fanlar doirasida keng foydalaniladi. Shartli ravishda axloqiy og’ishlarni tasniflash muammosida uchta asosiy yondoshuvni ajratish mumkin: ijtimoiy-huquqiy, klinik va psixologik.
Ijtimoiy-huquqiy yondoshuv doirasida, o`z navbatida, sotsiologik va huquqiy yo`nalishni ajratish mumkin. Sotsiologiya axloqiy deviatsiyani bir necha asoslar bo`yicha guruhlanadigan ijtimoiy ko`rinish sifatida ko`rib chiqadi:
a) masshtabdan qat'iy nazar ommaviy va shaxsiy og’ishlarga ajratiladi;
b) oqibatlar ahamiyati bo`yicha – salbiy (zararli oqibatlar keltirib chiqaruvchi va potentsial xavf tug’diruvchi) va ijobiy;
v) sub'ekt bo`yicha – aniq shaxslar, norasmiy guruhlar (masalan, yo`l to`sar guruhlar faoliyati), rasmiy tuzilmalar, shartli ijtimoiy guruhlar (masalan, ayollar piyonistaligi) og’ishi;
g) ob'ekt bo`yicha – iqtisodiy, maishiy, mulkiy buzilishlar va boshqalar;
d) muddati bo`yicha – bir vaqtli va davomli;
Deviant axloq masalalari bo`yicha ilmiy adabiyotlarda bir muncha ishlab chiqilgan va anchagina odatlangan klinik yondoshuv hukmronlik qiladi. Ayni damda ma'lumki, shaxs axloqiga psixolgik jihatdan shaxsning o`ziga nasixat qilib ta'sir ko`rsatish mumkin. Yaqqolki, mutaxassis og`ishgan xulq tasnifiga ikkita yetakchi yondoshuvni ham psixologik, ham klinik aniq differentsiyalashi zarur.
Bolada destruktiv xulq o’z o’zidan paydo bo’lib qolmaydi. Destruktiv tabiatning kelib chiqishida Oiladagi nosog’lom muhit: ota-onaning o’zaro janjallari, bolaga yetarlicha etibor qaratilmaslik, uni ma’naviy yuksalishiga beparvolik va hokazolar. Oiladan tashqarida esa, badxulq do’stlarning atrofida bo’lishi. Bundan tashqari aynan unga tarbiya beruvchi va tartibga soluvchi shaxslar yoki kasb egalarining tartibsizligi bolaning xulqi og’ishishiga turtki bo’ladi. Bunga misol qilib o’qituvchilarning tamaki chekishi, o’z sohasida yetarli bilim va pedagogik qobiliyatga ega emasligini olishimiz mumkin.
Mа`lumki, bоlа dаstlаb оtа-оnаsidаgi хislаt vа fаzilаtlаrni ko’rаdi, kеyin esа bоshqаlarni аtrоfdаgilаr bilаn sоlishtirishni bоshlаydi. Destruktiv xulqdagi (mаktаbdаn qоchib kеtаdigаn, tеngdоshlаrigа dоimiy хаlаqit qilаdigаn, sinfdоshlаrining jig’igа tеgаdigаn) bоlаlаr kаttаlаrning hаr qаndаy qo’llаb-quvvаtlаshlаrigа muhtоj bo’lаdilаr. Оtа-оnаlаr sinf rаhbаri, o’qituvchi vа mаktаb psiхоlоglаri yordаmidа bоlаgа mа`nаviy yordаm bеrishlаri lоzim bo’lаdi.
O’gishgan xulq kelib chiqishining yana bir omili Ijtimoiy-psixologik moslashmaganlik organizm va muxitning nomuvofiqligi kabi turli daraja va turli shaklda namoyon bo`lishi mumkin.
Dеmаk, аytish mumkinki, bolaga xos destruktiv хulqni kеltirib chiqаruvchi аsоsiy sаbаblаrni o’z vаqtidа аniqlаsh, uni bаrtаrаf etishning оqilоnа yo’llаrini аjrаtish, pеdаgоg vа оtа-оnаlаr hаmkоrligini yo’lgа qo’yish, psiхоlоg tоmоnidаn tа`lim sub`еktlаri bo’lmish pеdаgоg, оtа-оnа, o’smirlаr guruhidа psiхоlоgik kоrrеksiоn tаdbirlаrni tаshkil etishni tаlаb qilаdi.


Download 55.5 Kb.
  1   2




Download 55.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Destruktiv xulq atvor shakllanishining psixologik omillari

Download 55.5 Kb.