• Nozik frezalash
  • O‘tkir yuzli asbobda ishlov berishga




    Download 0.71 Mb.
    bet3/6
    Sana24.02.2023
    Hajmi0.71 Mb.
    #43464
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    detallarga mexanik ishlov berish usullari.
    Ishlab chiqarish tizimi
    O‘tkir yuzli asbobda ishlov berishga toza va nozik qirqish, nozik frezerlash, nozik razvertkalash, toza protyajka (tortib), shvenlashlarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
    Nozik qirqish (tochenie) yuqori tezlikda 100-1000 m/min, cho‘yan uchun 100-150, po‘lat uchun 150-250, rangli metallar uchun 100 m/mingacha. Uzatish dastlabki o‘tishda 0,15 mm/ob, oxirgi o‘tishda 0,01 mm/ob, qirqish chuqurligi tegishli ravishda 0,2-0,3 va 0,05-0,01mm.
    Qirqib olinadigan qoplamaning kichikligi qirqish kuchi va harorati kichik bo‘lishini ta’minlaydi. Ishlov berish jarayonida detalni qattiq berkitmaslik mumkin bo‘ladi va yuzada deformatsiyalangan metall qoplamasining juda kam bo‘lishiga imkoniyat yaratiladi. Natijada qora metallardan tayyorlangan detallar aniqligi 6-8 kvalitet, rangli metallardan tayyorlanganida 5-6 kvalitent oralig‘ida bo‘lishi ta’minlanadi. G‘adir-budirliklar esa tegishli ravishda Ra 0,63-2,5 va 0,16-0,32 bo‘ladi.
    Nozik qirqish podshipniklar o‘rnatiladigan teshiklarga, uzatish korobkasi teshiklariga, orqa ko‘prik, shatun teshiklariga dvigatel silindlariga ishlov berishda keng qo‘llaniladi. Bu usulda tashqi yuzaga ishlov berish nisbatan kam tarqalgan bo‘lib, misol tariqasida porshenlarga ishlov berishni ko‘rsatish mumkin.
    Nozik qirqish xoningovka, superfinish, polirovka (jilvirlash) operatsiyalaridan oldin tez aylanuvchi shpindelli (10-15 ming ob/ min) stanoklarda amalga oshiriladi.
    Bu jarayonda stanokning radial urilishi 0,005 mmdan oshmasligi kerak. Qirqish asboblari qattiq qotishma, olmos, elibor kabi yuqori chidamlikga ega bo‘lgan materiallardan tayyorlanadi.
    Nozik frezalash asosan tekis yuzalarga tugal frezalar yordamida ishlov berishda qo‘llaniladi. Bu usuldan ochiq tekis yuzalarga ishlov berishda foydalaniladi.
    Jarayon davomida qirqishda ishtirok etmaydigan tishlarining ishlov berilgan yuza bilan kontaktda bo‘lmasligini ta’minlash maqsadida frezani yuzaga nisbatan 0,0001 birlikga teng qiyalik bilan o‘rnatiladi. Ishlov berish pripuski 0,2-0,5 mm bo‘ladi. Tekisliklar chetga chiqish 0,02-0,04 mm/ m bo‘ladi, g‘adir budirlik Ra=-0,63-2,5 bo‘ladi.

    Download 0.71 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0.71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘tkir yuzli asbobda ishlov berishga

    Download 0.71 Mb.