• Tashqi ishlov berish
  • Proshivanie
  • Abraziv (tirnovchi ) asbobda ishlov berishning quyidagi turlari mavjud
  • Detallarga mexanik ishlov berish usullari. Reja




    Download 0.71 Mb.
    bet4/6
    Sana24.02.2023
    Hajmi0.71 Mb.
    #43464
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    detallarga mexanik ishlov berish usullari.
    Ishlab chiqarish tizimi
    Nozik razvertkalash 5-7 kvalitet, Ra 1,25-0,63 mkm sifatini berib yuza joylashida bo‘ladigan xatoliklarni yo‘qotmaydi.
    SHu sababdan keng qo‘llanilmaydi. Dastlabki razvertkalashda 8-9 kv, Ra=2,5, tozada 6,7 kv. Ra 1,25 bo‘ladi.
    Protyagivanie (tortib o‘tkazish) usulida ichki va tashqi yuzalarga ishlov beriladi. Ichki ishlov berish dumaloq, kvadrat, ko‘p tomonli, shliqali va boshqa turdagi yuzalarga ishlov berish uchun qo‘llaniladi.
    Tashqi ishlov berish tekisliklarga, bezak yuzalarga, tishlarga ishlov berishda keng qo‘llaniladi. Ichki silliq teshiklarga ishlov berishda 6-9 kvalitet, Ra0,63-2,5 mkm bo‘ladi. Toza tortib o‘tkazishda tishlar ko‘tarilishi 0,02-0,04 mm bo‘ladi. Bu usul yuqori ish unumdorligiga ega bo‘lib seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi.
    Proshivanie - tortib o‘tkazishdan faqat ishlov berish asbobining kaltaligi (proshivka) bilan farqlanadi. Ishlov berish asbobi teshikdan press yordamida bosib o‘tkaziladi. Bu oxirgi ishlov berish usuli bo‘lib, u yordamida har qanday shakli teshiklarga ishlov berish va 6-kvalitet, Ra 0,63-1,25 mkm aniqlikni olish mumkin bo‘ladi.
    Abraziv (tirnovchi ) asbobda ishlov berishning quyidagi turlari mavjud: silliqlash (shlifovanie), xoninglash, pritirka (ishqalash), polirovka (jilvirlash), superfinish, mikrofinish.
    SHlifovka (silliqlash) dastlabki va oxirgi ishlov berish usuli sifatida mashinasozlikda keng qo‘llaniladi. 5-7 kval. Ra 0,08-1,25mkm . Ishlov berishda aylanma, tekis, markazsiz, tashqi va ichki silliqlash stanoklari qo‘llaniladi.
    Sidirib silliqlash qora ishlov berish usuli bo‘lib, quyib yoki issiq shtamplab tayyorlangan detallarda tayanch yuzalarni olish uchun ishlatiladi. Pripusk 1 mm va undan ortiq bo‘lib, segmentatsimon qattiq donali (80-125) kruglardan foydalaniladi. (Ra 1,25-2,5)
    O‘lchovli silliqlash ishlab chiqarishda bir yoki ikki operatsiyada amalga oshiriladi. Agar pripusk 0,2-0,6 mm/diametrga bo‘lsa 1 operatsiyada, 0,6-08 mm/diametr bo‘lsa, 2 operatsiyada amalga oshiriladi. Ishlov berishga yuqori talab qo‘yilganida (pripusk 0,04-0,08 mm) nozik silliqlashdan foydalaniladi.
    Silliqlanish sifatiga krug donalari maydaligi bevosita ta’sir qiladi.
    Dastlabki silliqlashda krug donalari 40-80 bo‘lib, yuza Ra 0,63-1,25 yakuniy silliqlashda K-donalari 12-40, yuza Ra0,16-0,63 nozik siliqlashda donalari 6-10 yuza Ra 0,08 bo‘ladi. Silliqlashda krugining boshqa ko‘rsatkichlari ishlov beriladigan detal materiallining fizik-mexanik xususiyatlariga bog‘liq ravishda tanlanadi.
    Hozirgi paytda yuzaga ishlov berish uchun abraziv donali krug bilan bir qatorda olmosli va e’lborli, metall va organik asosli kruglar ham qo‘llaniladi. Bu kruglarda qirquvchi donalar krugning tashqi yuzasida 1,5-2,5 mm qalinlikda qoplangan bo‘ladi. Metall asoslari dastlabki ishlov berishda, organik asoslashlari nozik silliqlashda qo‘llaniladi.
    Nozik silliqlashda juda yupqa metall qoplama (0,005 mkm) olinadi. Qirqish tezligi 30-40 m/s mahsulot harakat tezligi 20m/min. Dastlabki aniqlik 6-8kv bo‘lsa ishlov berish aniqligi 5-6 kv bo‘ladi.
    Nozik silliqlash yuza shaklni to‘g‘irlashda ham sezilarli rol o‘ynaydi.
    Kruglarni to‘g‘irlash olmas donalari yordamida, olmos qatlam, olmos rolik, olmos plastinka yordamida amalga oshiriladi.

    Download 0.71 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0.71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Detallarga mexanik ishlov berish usullari. Reja

    Download 0.71 Mb.