O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG‘ONA FILIALI
Dasturiy injiniringi va Raqamli iqtisodiyot Fakulteti
Ziyoviddinov Ortiqmirzo
Fizika Fanidan
Mustaqil ish.
Farg’ona – 2024
DIA-,PARA-,FERAMAGNETIZM HAQIDA TUSHUNCHA.
REJA:
1.Magnetizmga umumiy kirish.
2.Diamagnetizm .
3.Paramagnetizm.
4.Ferromagnetizm.
Magnetizm (magnit soʻzidan) — elektr toklarning oʻzaro taʼsiri, toklar va magnitlar yoki magnit momentga ega bulgan jismlar orasidagi mavjud oʻzaro taʼsir jarayonida sodir buladigan hodisalar. Bu taʼsir magnit maydonga bogʻliq. Magnit maydon esa mikrozarralar (elektron, proton, neytron) ning elementar magnit maydoni tufayli paydo boʻladi. Mikrozarralarning magnit maydoni ularning tuzilishiga va maʼlum yoʻnalishidagi tartibli harakatiga bogʻliq.
Miloddan avvalgi 1-asrdagi xitoy yozma maʼlumotlarida Magnetizm haqidagi baʼzi tushunchalar uchraydi. Magnitlarning oʻzaro taʼsiri, shuningdek, tabiiy magnit boʻlagi bilan temir qirindilarining magnitlanganligi qad. yunon olimlari asarlarida bor. Oʻrta a.larda magnit kompasi keng ishlatilganligi tufayli Yevropada magnit haqidagi tushunchalar tajribalarda oʻrganila boshladi. Keyinchalik Magnetizm haqidagi maʼlumotlarni. U. Gilbert umumlashtirdi va "Magnit, magnit jismlar va katta magnit — Yer haqida" degan kitob yezdi. Soʻngra Magnetizm taʼlimoti R. Dekart, rus fizigi F. Epinus va Sh. Kulon ishlarida birmuncha rivojlantirildi. Elektr va magnit hodisalari orasidagi bogʻlanishni Epinus va Kulon aniqladilar. 1820-yilda X. Ersted elektr tokining magnit maydoni boʻlishligini topdi. Soʻngra A. Amper, K. Gauss, nemis olimi V. Veber bu sohada koʻp ish qildilar.
Magnetizm haqidagi yangi yoʻnalish, yaʼni Magnetizmni elektromagnit maydon tasavvurlari asosida tushuntirish M. Faradey ishlaridan boshlanadi. Bu sohaga, ayniqsa, ferromagnit va paramagnit xossalarini oʻrganishdagi K. Maksvell, fizigi A. G. Stoletov, P. Kyuri va boshqalarning ilmiy ishlari Magnetizmning makroskopik nazariyasi poydevorini tashkil etadi. Atom tuzilishi kashf qilinganidan keyin, kvant mexanikaning rivojlanishi tufayli Magnetizm taʼlimotida mikroskopik yoʻnalish paydo boʻldi. Bu sohada, ayniqsa, V. Pauli, L. D. Landau, V. Geyzenberg , P. Dirak ishlari muhimdir. Magnetizmning mikroskopik yoʻnalishida diamagnetizm, paramagnetizm, ferromagnetizm-pint: kvant nazariyalari yaratildi. Magnetizmning rivojlanishi natijasida yangi magnit materiallar (mas, yuqori va oʻta yuqori chastota qurilmalarida ishlatiladigan ferritlar, shaffof ferromagnitlar) vujudga keldi.
|