INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE




Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana12.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#72318
1   2   3   4   5
Bog'liq
buyumlar-interneti-va-unda-xavfsizlik-choralarini-ishlab-chiqish
1669477782(3), attack
 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE
“DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL 
IMPLEMENTATION IN THE INDUSTRY” 
APRIL 27-28, 2023 
67
joylashgan joyidan qat’iy nazar foydalanuvchilar uchun kerakli bo‘lgan hizmatlarini taqdim eta 
oladi [1]. 
Buyumlar Interneti qurilmalari odatda katta geografik hududni qamrab olgan yoki mobil 
qurilma ko`rinishida bo‘lishi ham mumkin. Hozirgi kunda Buyumlar Interneti texnologiyasidan 
quyidagi maqsadlarda foydalanish mumkin: 
 iste’mol ( consumer); 
 tijoriy ( commercial); 
 sanoat ( industrial); 
 infratuzilma ( infrasture); 
 aqlli uy ( smart home); 
 qishloq xo‘jaligi ( agriculture). 
Iste’mol. Buyumlar Interneti qo‘llanilish sohasi bugungi kunda tobora kengayib bormoqda. 
Bu soha o`z ichiga transport vositalari, uylarni avtomatlashtirishda ishlatiladigan qurilmalar, taqib 
yuriladigan texnologiyalar masalan, aqlli soatlar, aqlli brasletlar, aqlli uy tizimi, sog`likni nazorat 
qiluvchi qurilmalar va masofadan turib boshqarish imkoniyatini beruvchi jihozlar.
Tijoriy. Buyumlar Interneti turli xil transport tizimlarida aloqa, boshqaruv va axborotni 
qayta ishlashga yordam beradi. Maskur sohada buyumlar Interneti transport vositalari o‘rtasidagi 
aloqani, harakatlanishni aqlli boshqarish, intellektual to‘xtash joyi, elektron to‘lovlarni yig'ish 
tizimlari, logistika, transport vositalarini boshqarishda qo‘llaniladi.
Sanoat (Industrial). Buyumlar Interneti maskur sohada mahsulotlarni tezkor ishlab 
chiqarish, mahsulot ehtiyojlariga dinamik javob berish va tarmoq uskunalari, sensorlar va 
boshqaruv tizimlarini birlashtirish orqali ishlab chiqarish tarmoqlari va ta'minot zanjirlarini real 
vaqt rejimida optimallashtirishga imkon beradi. 
Infratuzilma (Infrastructure). Ko‘priklar, temir yo‘llar, quruqlik va qirg'oq shamol 
fermalari, shahar, qishloqlarning barqaror infratuzilmalarini monitoring qilish va boshqarish 
buyumlar Interneti dasturining asosiy sohalaridan biri hisoblanadi. 
Buyumlar Interneti tarmoq arxitekturasi 4 sathdan iborat bo‘lib, albatta bu buyumlar 
Interneti uchun standart arxitektura hisoblanmasada, ko‘plab arxitekturalar shu sathlar asosida 
quriladi va ular quydagilar: ilova, qo‘llab-quvvatlash, tarmoq va sezuvchi sath. 
Ilova sathi. Buyumlar Internetida foydalanuvchilar turli xil xizmatlardan foydalanish 
imkoniyati taqdim etiladi. Ular quyidagilar: Buyumlar Interneti ilovalari (logistika, sanoat,
sog‘liqni saqlash), Ilova qo‘llab-quvvatlovchi sathlar (xizmatlarni qo‘llab-quvvatlash platformasi, 
axborotni rivojlantirish platformasi, qarorlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi ) 
Tarmoq sathi. Mazkur sathda aloqa kommunikasiya tarmoqlari (sun’iy yo‘ldosh tarmog‘i, 
Internet, harakatdagi tarmoq), kommunikasiya protokollari orqali, axborotni ishonchli manzilga 
uzatish, (masalan, bulutli saqlash texnologiyasiga) yoki boshqa sensor qurilmalarga yetkazish 
amalga oshiriladi. Tarmoq tarkibiga LAN (Bluetooth, Ethernet, WiFi, xavfsizlik ), Asosiy tarmoq 
(Internet, 3G, 4G,LTE-A, 5G, xavfsizlik ), Tarmoqqa kirish (WiFi, GPRS, Bluetooth,
LoRaWAN ) [4]. 
Bluetooth. Bu texologiya qisqa masofaga simsiz aloqa texnologiyasi, mobil telefonlar, 
kompyuterlar va tashqi qurilmalar kabi qurilmalarga qisqa masofadan ma'lumotlarni yoki ovozni 
simsiz uzatish imkonini beradi. Bluetooth diapazoni va uzatish tezligi odatda Wi-Fi (sizning 
uyingizda bo‘lishi mumkin bo‘lgan simsiz mahalliy tarmoq) dan past bo‘ladi.



Download 0.62 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE

Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish