|
Diplom oldi amaliyot kunlari haqida ma’lumot
|
bet | 1/3 | Sana | 10.09.2024 | Hajmi | 5,7 Mb. | | #270763 |
Bog'liq Diplom oldi amaliyot kunlari haqida ma’lumot Diplom oldi amaliyot kunlari haqida ma’lumot - Guruh: 15-20Ngo’
- Bajardi: Keldiyorov Sherali
- Amaliyot rahbari: Xo’jayev D
Kirish
O’zbekistonda neft-gazni qayta ishlash sanoati yaxshi rivojlanayotgan tarmoqlardan biri bo’lib, uning xalq xo’jaligidagi salmog’i mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng yildan yilga ortib bormoqda. Ushbu sohaga tegishli sanoat korxonalari zamonaviy asbob-uskuna va qurilmalar bilan jihozlangan bo’lib, ularda eng ilg’or texnologiyalar asosida mahalliy xom ashyolar qayta ishlanib, tayyor mahsulotlar (benzin, aviakerosin, aviabenzin, dizel yonilg’isi, neft moylari, suyultirilgan gaz, polietilen granulalari, oltingugurt va boshqalar) olinmoqda.
Bugungi kunda, respublikamiz Prezidentining oqilona siyosati natijasida ko’plab chet-el kompaniyalari O’zbekistonda yaratilgan investision muxitga qiziqish bildirib, O’zbekiston neft va gaz qazib olish, qayta ishlash sanoati ob’ektlarini loyihalash va qurishni rivojlantirish uchun mablag’ kiritmoqdalar. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2020-yil 4-aprel’dagi PQ-4664 sonli Neft’-gaz tarmog’ining moliyaviy barqarorligini oshirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori ga asosan Respublika iqtisodiyoti va aholisining energiya resurslariga bo’lgan talabini to’liq qanoatlantirish, neft’-gaz korxonalarini moliyaviy sog’lomlashtirishni ta’minlash, shuningdek, umume’tirof etilgan xalqaro standartlar va eng yaxshi xorijiy tajriba asosida tarmoqda sog’lom raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
O’zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o’rinlarda - Agentlik) bilan birgalikda 2020 yil 1 sentyabrga qadar Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki ekspertlarini jalb qilgan holda quyidagilarni
|
| |