Dunyo dinlarida insonparvarlik g’oyalari




Download 20.14 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi20.14 Kb.
#34821
Bog'liq
ffff
Кудрявцев Сборник задач по математическому анализу Т1, 1667966952 (1), dd, 3-sinf Matematika Fazoviy geometrik shakllar (piramida, parallelepiped, kuboid) dars ishlanma 3, G\'ijduvon-WPS Office, 2-topshiriq, 2-amaliy Mashinali o\'qitish, Pul va banklar (3), Kuchimov M.K, Djabbarov, ОЛТИНСОЙ., 1698295758 (1), 5-mavzu Bilish falsafasi (Gnoseologiya) reja 1, Maqola 1

Mavzu: Dunyo dinlarida insonparvarlik g’oyalari
REJA

  1. Muqaddas kitoblarda e’tiqod,vatanparvarlik ,shukronalik , kechirimlilik, qanoat, sadoqat kabi fazilatlar

  2. Muqaddas kitoblar va ularda odamiylik fazilatlarining ulug’lanishi

  3. Milliy va diniy bayramlar, marosim va an’analar

Avvalambor, O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatiga qiziqish bildirayotganligingiz uchun sizlarga katta rahmat.
Sir emaski, bugungi kunlarda butun dunyoda murakkab jarayonlar kechmoqda. Bir tomondan, dunyo globallashuv tomon odimlamoqda, uzoq masofalar tobora yaqinlashmoqda, boshqa tomondan esa, fan va texnologiyalar jadal rivojlanmoqda, inson hayoti shiddat bilan o‘zgarmoqda. Biroq iqtisodiy va texnologik rivojlanish insoniyat oldiga yangi muammolar, yangi masalalarni ham qo‘ymoqda. Ilgaridek, bugun ham jaholat insoniyat taraqqiyoti uchun asosiy tahdidlardan biri bo‘lib qolmoqda. Jaholat, ayniqsa din sohasidagi noshudlik, diniy ta’limotlarni o‘zicha, ko‘r-ko‘rona talqin qilish jahondagi millionlab begunoh odamlarga iztirob olib kelgani sir emas. Ayni paytda “ommaviy madaniyat”, “jinsiy erkinlik”, tarki dunyochilik, internetga qaramlik holatlari ham borgan sari insoniyat oldidagi jiddiy muammolar qatoridan joy olmoqda.
Bu muammo bizning yurtimizga ham ta’sir ko‘rsatmay qolmayotir. Yaqin o‘tmishda jamiyatimizda kuzatilgan ma’naviy bo‘shliq o‘rnini diniy ekstremizm kabi yot g‘oyalar egallay boshlagani oqibatida ko‘plab fuqarolarimiz jabr ko‘rdi. Qonun buzilishi holatlarida faqat kuch ishlatish yo‘li bilan kurashish usuli o‘zini oqlamaganini ko‘rsatdi.
Islom sivilizatsiyasi markazi bir necha yo‘nalishlarni qamrab olgan ilmiy, dunyoviy va ma’rifiy markaz hisoblanadi. Ularning asosiylari quyidagi beshta yo‘nalishdan iboratdir.
Birinchisi Muzey bo‘lib, unda islom dini bilan bog‘liq merosimiz eng zamonaviy texnologiyalar asosida namoyish etiladi. Muzey qariyb 16 000 kvadrat metr ko‘rgazma zaliga ega bo‘ladi. Muzeyning markaziy zalida 42 metrlik gumbaz ostida islom olamining noyob xazinasi bo‘lgan 7-asrga oid Usmon mushafi o‘rin oladi.
Ikkinchisi millionga yaqin kitob, qo‘lyozma, nashr manbalari, ularning asl va elektron nusxalari kolleksiyasiga ega kutubxona hisoblanadi.
Uchinchisi nodir kitob va qo‘lyozmalarni tadqiq qilish, nusxalash, restavratsiya qilish va raqamlashtirish markazi sanaladi.
Keyingisi Islom hamkorlik tashkiloti va islom dini bilan bog‘liq boshqa xalqaro va akademik tashkilotlarning yirik tadbirlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan 550 kishilik konferensiyalar zali ham Markaz binosidan o‘rin oladi.
Buddaviy dinida - Tripitaka
Hinduiy dinida - Vedalar va upanishadlar
Xristian dinida - Bibliya(Muqaddas kitoblar to'plami)
Yahudiy dinida -Tavrot
Islom dinida - Qurʼon shunday kitoblardan hisoblanadi. Muhammad alayhissalom taʼlimotiga koʻra, Alloh oʻtgan paygʻambarlarning baʼzilariga sahifalar, baʼzilariga esa kitoblar nozil qilgan. Ular 100 sahifa va 4 kitobdan iborat. 100 sahifadan 10 sahifani Odamga, 50 sahifani Shisga, 30 sahifani Idrisga, 10 sahifani Ibrohimga yuborgan. Musoga Tavrotni, Dovudga Zaburni, Isoga Injilni va Muhammadga Qurʼonni nozil qilgan. Qurʼondan boshqa Muqaddas kitoblar va sahifalar bir yoʻla bir dafʼada nozil qilingan, deb hisoblanadi. Qurʼon Jabroil orqali 23 yil mobaynida oyat-oyat, sura-sura shaklida yuborilgan. Diniy aqidaga koʻra, Alloh bandalarining ruhiy va moddiy ahvollarini yaxshi bilgan holda har bir paygambarga uning ummatlariga munosib hukmlar bayon etilgan kitob va sahifalar yuborib turgan. Ular oʻz davrida ummatlar uchun hidoyat manbai boʻlgan. Islom taʼlimoti boʻyicha, Qurʼon Allohning "qiyomat"gacha hukmi oʻzgarmaydigan, tillarda va dillarda saqlanib qoladigan kitoblaridandir
1.An’ana, marosim, urf-odat va bayram tushunchalarining ta’rifi Milliy va diniy an’analarda qadriyatlarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Chunki u insonlarga axloqiy poklik, ezgulik, go‘zallik, poklik, haqiqat, erkinlik, adolat, do‘stlik, muhabbat, halollik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlarni targ‘ib etadi.
Har bir xalqning o‘ziga yarasha urf-odatlari, marosimlari bo‘ladi. Agar biz dunyo xalqlarining hayotiga nazar tashlasak, bir-biriga o‘xshamagan, turli-tuman marosimlarni ko‘ramiz. Marosimlar jamiyat, xalq va shaxs hayoti faoliyatidagi muhim o‘zgarishlar, ijtimoiy ahamiyatga molik voqea-hodisalar bilan bog‘liq bo‘lib, ular ibrat orqali tarbiyalash, ruhiy-estetik ta’sir ko‘rsatish vazifasini bajaradi.
An’ana – tarixiy taraqqiyot jarayonida va ijtimoiy ehtiyojlar asosida vujudga keladigan, ajdodlardan avlodlarga meros bo‘lib o‘tadigan, kishilar madaniy hayotiga ta’sir o‘tkazadigan madaniy hodisadir. An’ana o‘ziga xos ijtimoiy qoida sifatida kishilar ongiga singgan (umum yoki ma’lum guruh tomonidan), qabul qilingan tartib va qoidalar majmuasi hisoblanadi. Marosim – bu so‘zning ko‘pligi sifatida “rasm-rusum” so‘zi ishlatiladi. Arab tilidan tarjima qilinganda bu “tadbir” degan ma’noni anglatadi. Bu so‘zga quyidagicha ta’rif keltirilgan, ya’ni, 1) diniy yoki an’anaviy urf-odatlar munosabati bilan o‘tkaziladigan ma’raka, yig‘in: to‘y marosimlari, dafn marosimlari; 2) tantanalar bilan o‘tkaziladigan rasmiy yig‘in: yubileylar, mukofot berish marosimi va boshqalar.
Download 20.14 Kb.




Download 20.14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dunyo dinlarida insonparvarlik g’oyalari

Download 20.14 Kb.