THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF




Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana15.05.2023
Hajmi0.62 Mb.
#59756
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
zilola 1
11-muatqil ish, 1-mustaqil ish, awfw1aw, 1640340967, Mustaqil ish mavzulari-сиртқи (2), Batafsil, Algoritm va loyihalash 2, Документ Microsoft Word (4), Jo\'raboyeva Z. Majmua. 4-kurs. Husnixat., 344 03.06.2021, Deysktra alogorithm, SAYLOV BETLIK, Irregular Verbs List, KURS ISHI, Balalardıń dem alıw qan aylanıw fizyalogyaliq avtanomi ózgesheligi
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF 
PEDAGOGICAL SCIENCES
 
International scientific-online conference 
80 
Matematik gazeta va viktorinalar Gazeta, viktorinada har xildagi matematik 
mazmunni o‘z ichiga olgan topishmoq, misol va topshiriqlar rasmlarda berilib
qiziqtirish xarakterida bo‘ladi. 
Viktorinada esa o‘quvchilarga yechish tavsiya qilinadigan topshiriq 
beriladi. Javoblar belgilangan vaqtda o‘quvchilarga yetkaziladi. 
Matematik viktorinalar-gazetalardan farqli ravishda faqat o‘quvchilarga 
yechish uchun berilgan masalalar va savollardan iborat bo‘ladi. Javoblar yozma 
ravishda ma’lum vaqt ichida o‘qituvchi to¬monidan g‘olib o‘quvchi aniqlanib
e’lon qilib boriladi. 
Matematik devoriy gazeta, viktorinalar, odatda matematik burchak deb ataluvchi 
joyga osib qo‘yiladi, bu burchakda Vatanimiz yutuqlarini ifodalovchi sonli 
ma’lumotlar ham berib boriladi. ‘‘Bilasizmi?’’ ruknida qiziqarli materiallar 
beriladi.
Masalan: 
1. 
Odamning bo‘yi bir kunda 1 sm dan 6 sm gacha o‘zgarishi mumkin. 
2. 
Dunyodagi eng uzun temir yo‘l 9302 km ni tashkil etadi. 
3. 
Dunyoda okeanlar suvida 13300 mln tonnagacha kumush bor. 
Matematika burchagini tashkil qilishni o‘quvchilar va ularning ota-onalari faoli 
yordamida amalga oshirilishi mumkin. 
Ekskursiya o‘tkazishdan maqsad nimaligi o‘quvchilarga tushunarli bo‘lishi 
nihoyatda muhimdir, shunday bo‘lganda o‘quvchilar oldindan nima qilishlari 
kerakligini va o‘zlarini qanday tutishlari kerakligini bilib oladilar. 
Maktabning joylashgan o‘rniga qarab o‘quvchilar bilan har xil ustaxonalarga, 
fabrikalarga, kombinatlarga, fermalarga, shirkat xo‘jaligi va fermer xo‘jaligi 
hamda boshqa joylarga ekskursiyalar o‘tkaziladi. 
Qurilish materialidan, mashinalardan, ishchi kuchlaridan va boshqa manbalardan 
foydalanish haqida masalalar tuzish va yechish mumkin. Shunday masalalardan 
ba’zilarini keltirish mumkin: 
1. 
Bir soatda ekskavator 4 m uzunlikda poydevor chuqurligini kavlaydi. 
Shunday ish unumi bilan u 7 soatda qancha chuqurlik (o‘ra) kovlaydi? 
2. 
Qurilishga yuk tashishda 4 ta avtomashina ishlamoqda. Ularn¬ing har 
birida bitta haydovchi va ikkita yukchi ishlaydi. Material tashishda hammasi 
bo‘lib qancha odam band? 
Qurilish materiallaridan mehnat darslari uchun stendlar tayyorlashda 
foydalanish mumkin, bunda binolarning maketlarini tayyorlash ham mumkin. 
Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish 
metodikasi quyidagilarga asoslanishi kerak.



Download 0.62 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish