Dvigatel ko‘rsatkichlarini oshirish usullari




Download 0.67 Mb.
bet4/6
Sana30.10.2022
Hajmi0.67 Mb.
#28600
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
DVIGATELLARNING KO‘RSATKICHLARINI OSHIRISH USULLARI VA ULARNI RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI.
Kurs ishi1 surxandaryo, Science and Human, ASIL ABBOS FERRARI, abdikerimova g operatsion sistemasi, axborotni muhofaza qilish, bayonnoma, biologiya 10 uzb, Tahorat olinayotganida o\'qiladigan duolar, Scan 20230522 (2), REFERAT O\'ZI, Shaxsiy varaqa Mohicha, Документ Microsoft Word (3), Mehnat-oila tarbiyasinig sharti sifatida, Презентация давлат хукук тарихидан
1.2.Dvigatel ko‘rsatkichlarini oshirish usullari.
1.2.1.Dvigatelning quvvatnni oshirish usullari.
Dvigatelning litrli quvvati formulasidan uning qanday faktorlarga bog‘lik ekanligini ko‘rish mumkin. Literli quvvat asosan n, ήν, ρo, τ larga bog‘liqdir. Literli quvvatni aylanishlar chastotasi hisobiga oshirish eng qulay bo‘lib, bunda dvigatelning solishtirma massasi va o‘lchamlari kapmayadi. Aylanishlar chastotiasi oshishi bilan sikl davomidagi issiqlik yo‘qotishlar kamayadi, chunki ish jismining silindr devoriga tegish vaqti kam bo‘ladi. Natijada ishlatilgan gazlarning issiqligi katta bo‘ladi va bunday dvigatellarda nadduv qo‘llashga katta imkoniyat bo‘ladi. Bundan tashqari , sovutish tizimiga berilayotgan issiqlik kamayadi va dvigatel yaxshi ishlaydi.
Aylanishlar chastotasini oshishi politropa ko‘rsatkichi n1 hamda siqish protsessi oxiridagi temperatura va bosimning oshishiga olib keladi. Natijada yonuvchi aralashma yonish protsessiga yaxshi tayyorlanadi va alangalanishning kechikish davri kamayadi. Dizellarda esa bundan tashqari , purkash bosimi oshishi natijasida yonuvchi aralashma mayda zarrachalarga parchalanib, yonish protsessi to‘la ketadi. Lekin dvigatelda mexanik yo‘qotishlar ortadi va silindirni ishlatilgan gazlardan tozalash qiyinlashadi. Dizellarda yonilg‘ini purkash davri uzayib ketadi va yonish protsessi kengayish yo‘lida amalga oshib, uning effektivligi pasayadi.
Mexanik isroflarni kamaytirish maqsadida porshen yo‘li kichik bo‘lgan S/D<1 dvigatellar ishlab chiqarish maqsadga muvofiqdir. Karbyuratorli dvigatellarda asosan S/D≤ 1 qo‘llaniladi.
Aylanishlar chastotasi oshirilgan dvigatellarning afzalliklari qo‘yidagilardan iborat: katta kesim yuzali klapan o‘rnatib to‘ldirish koeffitsiyenti kattaloshtiriladi; sovitish tizimiga issiqlik kam o‘tadi; mexanik isroflar kam bo‘ladi. Demak, aylanishlar chastotasining oshishi yonish protsessining borishi bilan chegaralanmaydi. Kelajakda esa aylanishlar chastotasining oirilishi ustida ishlar olib borilayapti.

Download 0.67 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0.67 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dvigatel ko‘rsatkichlarini oshirish usullari

Download 0.67 Mb.