E- conference s e r I e s premium best quality guaran tee service




Download 9.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/294
Sana14.05.2023
Hajmi9.3 Mb.
#59545
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   294
Bog'liq
USA Conference Package December 2022
book.29v2, e8ab6fe8d1bae0d1f75054f8aace6125 ИНФОРМАЦИОННЫЕе ТЕХНОЛОГИИ А.В. Денисов, ppt from CSE318 new, 9-sinf-Informatika-imtihon-javoblari-2023, 1-amaliy, ЗНАКИ ПРЕПИНАНИЯ В БСП
 
Ключевые слова: духовно-нравственное, педагогика, образование, 
деятельность, воспитание, познание.
Jamiyat taraqqiyotida tarbiyaning o’rni beqiyos. Insonni tarbiyalash, uni bilim 
olishga, mehnat qilishga undash va uning xulq-atvorini bosqichma-bosqich 
malakaga aylantirish va asosiy kompetensiyalarni shakllantirish zarur. Bugungi 
kunda ta’limning zamonaviy modeli jamiyatda erkin fikrlovchi shaxsni 
shakllantirishga olib kelmoqda. U real maqsad va irodaga ega insonlarni tarbiyalash 
imkoniyatini beradi. Ta’lim va kadrlar tayyorlash zamon talablari asosida muttasil 
rivojlanib, yangilanib bormoqda. Uzluksiz ta’lim sharoitida ijtimoiy hayotning 
barcha jabhalarida o’zini namoyon qila oladigan malakali mutaxassislarni 
tayyorlash ustuvor vazifa hisoblanadi. Davlat ta’lim standartlari zamonaviy ta’lim 
modeli asosida qayta ko’rib chiqildi. Takomillashtirilgan davlat ta’lim standartlari 


 
 
Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities 
Hosted online from Plano, Texas, USA. 
Date: 1
st
December, 2022 
ISSN: XXXX-XXXX Website: econferenceseries.com
18 | 
P a g e
 
o’quvchilarning tayanch va fan yo’nalishlari bo’yicha umumiy kompetensiyalarni 
shakllantirishni nazarda tutadi.
Ma’naviyat shaxs, xalq, davlat va jamiyatning kuch-qudrati, taraqqiyoti, 
imkoniyatlari va istiqbollarini belgilab beruvchi ichki ijobiy, ruhiy omildir.
Ma’naviyat (arabcha «ma’naviyat» - ma’nolar majmui) mohiyatiga ko’ra ijtimoiy 
taraqqiyotga ijobiy ta’sir o’tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy 
tasavvur, tushuncha va g’oyalar majmui hisoblanadi.
Madaniyat («cultura» so’zidan olingan bo’lib, parvarish qilish, ishlov berish 
ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli 
qo’lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy 
va ma’naviy boyliklar tizimi.
Ma’rifat shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni 
tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim-tarbiyani takomillashtirish, 
milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganish, ularni targ’ib etish maqsadida 
amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi. Har uchala sohaning uzviy birligi asosida 
jamiyat ma’naviyati yuksaladi.
Ma’naviyat sohasida ijobiy yechimini ta’minlash zarur bo’lgan asosiy vazifani 
ko’rsatar ekan, O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov 
quyidagilarni ta’kidlaydi: «Bu sohadagi asosiy vazifamiz – milliy qadriyatlarimizni 
tiklash, o’zligimizni anglash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas 
dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik 
yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi 
bosqichga ko’tarish va ta’sirchanligini kuchaytirishdir. ... Bu sohadagi 
ishlarimizning pirovard maqsadi 
– iymon-e’tiqodi butun, irodasi baquvvat, erkin 
fuqaro ma’naviyatini shakllantirishdir. Ya’ni, mustaqil dunyoqarashga ega, 
ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan 
barkamol shaxs 
– komil insonni tarbiyalashdan iborat». Demak, ma’naviyatli inson 
bilimli, ma’lum kasb-hunar sohibi, o’z Vatanining sodiq fuqarosidir. O’z davlati 
qonunlarini b
iladigan va ularga amal qiladigan, yurti bilan g’ururlana oladigan 
inson. O’z Vatani boyliklarini saqlaydigan, uni yanada boyitadigan, go’zalliklaridan 
bahramand bo’ladigan shaxs. U har qanday zararli illatlarga qarashi kurashadigan, 
milliy va umuminsoniy qadriyatlarni avaylab asraydigan insondir. Axloq esa 
shaxsning xatti-harakatlari, yurish-turishi, turmush tarzi, hayot kechirish 
tamoyillari, qoidalari, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Axloq ijtimoiy 
hodisa sifatida jamiyat ma’naviyruhiy hayotida o’ziga xos o’rin tutadi.
«Axloq» (lotincha 
– xulq-atvor ma’nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri 
bo’lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soladigan qonun-
qoidalar majmuidir. Axloq - 
ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs 
kamolotining yuqori bosqichi sanaladi.



Download 9.3 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   294




Download 9.3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



E- conference s e r I e s premium best quality guaran tee service

Download 9.3 Mb.
Pdf ko'rish