• 3.2 Operatorning majburiyatlari quyidagilar
  •  Taraflar kelishmagan taqdirda ushbu nizoli masala sud tartibida ko‘rib chiqiladi. 2.8




    Download 148.4 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet6/14
    Sana12.05.2023
    Hajmi148.4 Kb.
    #58862
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    diyorrr
    6-21. Talabalar, 2-amaliy asomiddin, 2-лекция ҚҚ, 1, Falsafa fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, 1698387125
    2.7. Taraflar kelishmagan taqdirda ushbu nizoli masala sud tartibida ko‘rib chiqiladi.
    2.8. Nizoli masala hal etilmagunga qadar g‘olib tomonidan to‘langan pul mablag‘lari operatorning 
    maxsus hisobraqamida foizsiz saqlanadi.
    3. Operatorning huquq va majburiyatlari.
    3.1 Operatorning huquqlari quyidagilar:
    a) “Operator” axborot bazasida operatorning hisob raqamiga zakalat to‘liq hajmda tushmagan 
    taqdirda “Ishtirokchi”ning arizasini veb-portalda rad etish;
    b) auksion natijasi bo‘yicha kelib tushgan pul mablag‘larini belgilangan tartibda taqsimlash 
    (qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno);
    d) talabgorlarni elektron onlayn-auksion va tanlovlarda ishtirok etish tartibi, shuningdek, savdoga 
    qo‘yilgan mol-mulk haqida keng xabardor qilish;
    e) mol-mulkni elektron onlayn-auksionlarda realizatsiya qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha 
    axborot va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish;
    f) elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish uchun elektron raqamli imzo kalitlarining 
    sertifikatlarini berish;
    g) auksionda sotilgan obyektning qiymatini (operator xizmat haqini) belgilangan muddatda 
    to‘lamagan auksion (tanlov) ishtirokchilariga zakalat pulini qaytarmasdan “Operator”ning tasarrufida 
    qoldirish;
    h) operator auksion ishtirokchilarining shaxsiy ma’lumotlarini to‘plash, saqlash, uzatish va qonuniy 
    asosga ega bo‘lgan holda shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilinishiga yoki boshqa turdagi qayta ishlash 
    huquqiga ega.
    3.2 Operatorning majburiyatlari quyidagilar:
    a) elektron onlayn-auksion va tanlovlarni belgilangan vaqtda tashkil etish (auksion va tanlov 
    savdolari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatilgan hollar bundan mustasno);
    b) elektron onlayn-auksion va tanlovlarni inson omili aralashuvisiz dasturiy ta’minot vositasida 
    o‘tkazilishini ta’minlash;
    d) savdo platformasida barcha ishtirokchilar uchun auksion yoki tanlovda qatnashishda imkoniyatlar 
    tengligini ta’minlash, yopiq auksion va tanlov bundan mustasno;
    e) auksion yoki tanlov yakunlanishi bilan ular to‘g‘risidagi axborotlarni e’lon qilinishini ta’minlash;
    f) elektron hujjatlarga, elektron xabarlarga, buyurtmachi va ishtirokchilarning shaxsiy 
    ma’lumotlariga ruxsatsiz kirishdan himoyalash choralarini ko‘rish;
    g) elektron hujjatlar, ma’lumotlar va elektron xabarlarni uchinchi shaxslarga bermaslik, qonunchilik 
    hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
    h) foydalanuvchilar savdo platformasi yana-da qulayroq ishlashi borasida o‘z fikrlarini erkin va 
    oshkora bildirishi uchun onlayn chat va ushbu maqsadlarda keng foydalaniladigan boshqa servislar va 
    imkoniyatlar doimiy ishlashini ta’minlash;


    i) aholi va tadbirkorlarni ommaviy axborot vositalari orqali, shuningdek, boshqa usullarda 
    savdolarda ishtirok etish tartibi haqida muntazam tanishtirib borish.
    “Operator” qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
    3.3. Auksionga qo‘yilgan mol-mulk buyurtmachining buyurtmasiga asosan sotilayotganligi hamda 
    buyurtmachi tomonidan belgilangan asoslar bo‘yicha elektron onlayn-auksion to‘xtatilganligi yoki bekor 
    qilinganligi yoxud mol-mulk (lot) yoki uning bir qismi elektron onlayn-auksiondan olinganligi uchun 
    “Ishtirokchi”ga zarar yetkazilgan bo‘lsa, “Operator” javobgar hisoblanmaydi.
    3.4. Savdo platformasida texnik uzilish sodir bo‘lgan hollarda auksion vaqtincha to‘xtatiladi hamda 
    bu haqda ishtirokchining shaxsiy kabineti, elektron pochta manzili va/yoki mobil telefon raqamiga xabar 
    yuboriladi hamda ushbu auksion texnik uzilish bartaraf qilingan kundan keyingi ish kuni soat 10:00 da 
    oxirgi tasdiqlangan taklifdan bir qadam oshirilgan narxni taklif etishdan davom ettiriladi.
    3.5. To‘xtatilgan lot bo‘yicha auksion ishtirokchisi davom ettiriladigan auksion ishtirokchisi sifatida 
    uning shaxsiy kabineti, elektron pochta manzili va/yoki mobil telefon raqami orqali xabardor qilinadi. 
    Ishtirokchi xabar bilan o‘z vaqtida tanishmaganligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi.

    Download 148.4 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 148.4 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Taraflar kelishmagan taqdirda ushbu nizoli masala sud tartibida ko‘rib chiqiladi. 2.8

    Download 148.4 Kb.
    Pdf ko'rish