O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHАMMАD АL-XОRАZMIY NОMIDАGI TОSHKЕNT АXBОRОT TЕXNОLОGIYАLАRI UNIVЕRSITЕTI
“Energiya taminlash tizimlari” kafedrasi
“Ekalogiya”
Fanidan
Mustaqil ishi
Bajardi: Telekomunikatsiya texnalogiyalari ta`lim yo`nalishi
025-18 guruh
Alqorov Nomoz Odil oʻgʻli
Qabul qildi
ABDULLAYEVA S. M.
Toshkent
Mavzu : Atrofmuhit, ekologiya va barqarorrivojlanish
Reja :
1) Oʻzbekistonda atmosfera havosi
2) Davlat ekologik ekspertizasi
3) Markaziy Osiyo atmosferasining oʻziga xos jihatlari
Butun insoniyat va boshqa barcha tirik mavjudotning hayot manbai boʻlgan atmosfera havosini asosan ikki manba: tabiiy omillar va inson faoliyatining mahsuli – antropogen manbalar ifloslantiradi.
Hozirgi kunga kelib insoniyatning atrof-muhitga taʼsiri tobora kuchayib bormoqda, natijada hayotni doimiyligini taʼminlaydigan asosiy jarayon, yaʼni tabiiy muvozanatni buzilishiga, yer yuzasining koʻpgina hududlarida noqulay ekologik sharoitlarning paydo boʻlishiga, mahalliy, mintaqaviy va global darajadagi ekologik muammolarning kelib chiqishiga sabab boʻlmoqda.
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi tabiiy omillarga togʻ jinslarining yemirilishi, zilzila oqibati, vulqonlarning otilishi, oʻrmonlarga oʻt ketishi natijasida tabiatga, atrof muhitga zararli omillarning tarqalishi kiradi.
Antropogen ifloslanishga esa asosan sanoat korxonalari, avtomobil, temir yoʻl, suv transportlari chiqindi va ajratmalari, shuningdek turli yoqilgʻilar ishlatilishi natijasida paydo boʻladigan zararli moddalarning atmosfera havosiga chiqarilishi oqibatida hosil boʻladi.
Markaziy Osiyo atmosferasining oʻziga xos jihatlari, ushbu hududning iqlimiy tavsiflanishini belgilab beruvchi fizik-geografik sharoitlar (dengiz sathidan 200-250 m balandlikdagi choʻllar, yarimchoʻllar, 3500-3600 m balandlikdagi togʻli tizimlar)ning maʼlum bir darajasiga bogʻliq boʻladi. Tekislik hududlari sovuq kirishi uchun ochiq boʻlgan Toʻron pasttekisligining katta qismini egallaydi, bu esa, keskin mintaqaviy iqlimiy jihatlarni shakllantiradi. Boshqa tomondan, Atlantika okeanining oʻrtamiyona kengliklaridan vaqti-vaqti bilan nam havoning gʻarbiy, shimoliy-gʻarbiy oqimlarining kirib kelishi kuzatiladi, bu ham atmosferaning sifati va miqdoriy jihatlari shakllanishiga taʼsir koʻrsatadi.
Oʻzbekistonda atmosfera havosining sifat va miqdoriy tarkibi shakllanishida tabiiy ifloslantiruvchi manbalar kabi antropogen ifloslantiruvchi manbalar ham katta rol oʻynaydi.
Respublika iqlimi quruq zonada joylashgan, uning hududida atmosferaga yirik tabiiy aerozol emissiyasi manbalari boʻlmish, tez-tez changli toʻfonlar koʻp boʻladigan Qoraqum va Qizilqum kabi hamda Orol dengizining qurigan qismi hisoblangan Orolboʻyi zonasi (Orolqum) mavjuddir. Ushbu manbalarning asosiy qattiq muallaq zarralari (aerozollar) - tuproq va mineral zarralardir. Oʻzbekiston havosining asosiy antropogen ifloslantiruvchilari oltingugurt oksidi, azot, uglerod, tarkibi va kelib chiqishi turlicha boʻlgan qattiq muallaq zarralar hisoblanadi.
Respublikada rivojlangan agrosanoat kompleks mavjudligi atmosferaning sifat tarkibining oʻzgarishiga sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Aholisi zich, transport harakati koʻp boʻlgan yirik shaharlar joylashuvining xususiyatlari, tor tabiat havzasida ekologik xavfli ishlab chiqarishlarning mavjudligi va shu bilan bir vaqtda oʻziga xos tabiiy-iqlimiy sharoitlar (tez-tez uchraydigan inversiya, atmosferadagi turgʻun holatlar) atmosferaning yer usti qatlamida ifloslantiruvchi moddalar toʻplanishiga sabab boʻladi.
Turgʻun manbalardan atmosfera havosiga 150 dan ortiq ifloslantiruvchi moddalar tashlanadi. Bular tashlamalarning asosiy qismini tashkil qiluvchi qattiq moddalar (jumladan, ogʻir metallar, vanadiy besh oksidi, benz(a)piren, oltingugurt dioksidi va ozon, metilmerkaptan, fosforli angidrid, mishyak va boshqa) oʻziga xos yuqori toksik zararli moddalar tashlamalaridir.
Sanoatda yoqilgʻi-energetika, kimyo va neft-kimyo sanoati azot oksidlari tashlamalarining tashlanishida asosiy hissa qoʻshadi. Ularning ulushiga respublika boʻyicha azot oksidi tashlamalarining 86,8% toʻgʻri keladi. Biroq, azot oksidlari barcha tashlamalarining respublika boʻyicha 57,9% va 26,7% energetika tarmogʻi ulushiga toʻgʻri keladi. Yoqilgʻidan foydalanishning past samaradorligi atmosferaga ortiqcha tashlamalar tashlanishiga olib keladi, bu mazkur obyektlar joylashgan aholi yashash punktlari va shaharlarda (Toshkent, Angren, Navoiy) atmosfera havosining ifloslanishi darajasiga taʼsir koʻrsatadi.
Chang - qattiq zarralar demakdir, ularning dispers va komponent tarkibi uning (tabiiy yoki antropogen) kelib chiqishiga bogʻliq. Ular tarkibiga mineral tuzlar, metall oksidlari va organik birikmalar kiradi. Oʻzbekiston hududida atmosferaga chang kelib tushishining yirik tabiiy manbalari – Qoraqum, Qizilqum va Orolqumning (Orol dengizining qurigan qismining) mustahkamlanmagan qumli tuproqlari va shoʻrxok choʻllari hisoblanadi.
Ochilib qolgan dengiz tubi Orolqum tuzli choʻlini tashkil qildi, bu yerdan har yili katta miqdorda tuz va qum zarrali changlar shamol yordamida tarqaladi. Chang - tuz koʻchishining asosiy hajmlari sohilboʻyi polosasining 300 km oraligʻida roʻy beradi. Janubiy Orolboʻyida tuproqqa tushadigan chang miqdori sugʻoriladigan yerlarga qaraganda, oʻn baravar koʻproqdir.
Oʻzbekistonning havo ifloslanishiga qarshi kurashish va havoning sifatini nazorat qilish sohasidagi umumiy strategiyasi atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha qonuniy hujjatlar, dasturlar, harakat rejalari asosida atrof-muhitni, shu jumladan atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha harakatlar maqsadli Davlat dasturlari ishlab chiqiladigan loyihalarning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ekologik xavf va muammolarning majmuasini hisobga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” DUKga respublika hududida joylashgan subyektlar tomonidan faoliyatining atrof-muhitga taʼsiri toʻgʻrisida bayonot loyihalari taqdim qilinib, ixtisoslashtirilgan ekspertlar tomonidan ekologik xavfsizlikni taʼminlash, nazorat xizmatini takomillashtirilishini taʼminlash, respublika hududlari atrof-muhitining transchegaraviy ifloslanishdan va tabiiy obyektlarning zaharlanishidan, shu jumladan, toksik, radioaktiv moddalarning va tabiiy manbalardan ionlashtiruvchi nurlanishning oʻtishi, ekologik xavfli texnologiya va mahsulotlarning olib kirilishidan muhofaza qilish boʻyicha preventiv kompleks chora-tadbirlari oʻrganib chiqilib davlat ekologik ekspertizasi xulosalari beriladi.
Shuni taʼkidlash joizki, Ekologik xavfsizlik dolzarbligi, juda zarurligi bilan insoniyatning buguni va ertasi uchun eng muhim muammolari jumlasiga kiradi. Xalqaro huquqiy tajribalar, zamonaviy fan, texnika va texnologiyalar asosida ekologik xavfsizlikning mukammal tizimini shakllantirish Oʻzbekiston milliy xavfsizligini taʼminlashning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Turkmaniston Atrof-muhitni muhofaza qilish va yer resurslari davlat qo‘mitasi, keyingi o‘rinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston o‘rtasida do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida 1996-yil 16-yanvarda imzolangan Shartnoma va O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risida 2017-yil 6-martda imzolangan Shartnoma qoidalariga amal qilgan holda,
Tomonlar davlatlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning yuqori darajasidan kelib chiqib,
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlikni takomillashtirishga hamda Tomonlar davlatlarining milliy va xalqaro ekologik dasturlarda qatnashishi bo‘yicha qo‘shma faoliyatini muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlarning muhim va dolzarbligini inobatga olgan holda,
tenglik va o‘zaro manfaatdorlik prinsiplariga asoslanib,
Atrof-muhitni muhofaza qilish va rivojlantirish bo‘yicha Rio-de-Janeyro deklaratsiyasi (Rio-de-Janeyro, 1992-yil), BMTning Ming yillik deklaratsiyasi (Nyu-York, 2000-yil), Barqaror rivojlanish bo‘yicha Yoxannesburg deklaratsiyasi (Yoxannesburg, 2002-yil), shuningdek BMT barqaror rivojlanish bo‘yicha konferensiyasining Rio-20 “Biz istagan kelajak” yakuniy hujjati prinsiplari va tavsiyalariga amal qilgan holda,
Tomonlar davlatlarining atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish bo‘yicha hamkorlik qilishdagi umumiy manfaatlarini inobatga olib,
Bunda Davlat ekologik ekspertizasi maqsadi – amaldagi qonun va qarorlarda belgilangan talabalarga asosan Oʻzbekistonda ishlab chiqilgan ekologik huquqiy, tarkibiy qismi hisoblangan tabiiy atrof-muhitini barqarorligini saqlash, tabiiy resurslaridan oqilona va maqsadli, unumli va samarali foydalanish, shu bilan bir qatorda ekologik xavfsizligini taʼminlash. Oʻzbekiston Respublikasi “Ekologik ekspertizasi toʻgʻrisida”gi qonuniga asosan ekologik ekspertiza oldida quyilgan maqsadni talabalarga singdirish. Ekologik ekspertizaning eng asosiy vazifalaridan biri bu – atrof tabiiy muhitni va aholining hayoti va sogʻligʻiga ishlab chiqarish va xoʻjalik korxonalaridan chiqariladigan toksik va xavfli chiqindilarning taʼsirini oldini olish, baholash va shu bilan bir qatorda bartaraf etish bilan bogʻliq samarali chora-tadbirlarini amalga oshirishdan iboratdir.
Yurtimizda tabiat, tabiat boyliklari, yer osti, yer usti boyliklarini asrash, avaylash kelgusi avlodlarga yetkazib berish har bir fuqaroning burchi hisoblanadi.
Atrof-muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish tushunchasi.
Insoniyat tarixida ekologik muammolar XX asrning o‘rtalarigacha faqatgina mahalliy yoki milliy masalalar doirasidan o‘rin olgan edi. 1970-yillargacha davlat va jamiyat xavfsizligiga yoki ularning barqaror rivojlanishi va inson huquqlariga global ta’sir qiluvchi muammolar turkumiga faqatgina harbiy va siyosiy masalalar kiritilgan, xolos. XX asrning uchinchi choragida, ya’ni Ikkinchi jahon urushi yakunlanishi va BMТning tuzilishi xalqaro xavfsizlikka tahdid solayotgan masalalar jumlasiga ekologik muammolarni ham kiritdi. Shu asrning 50—60-yillarida «sovuq urush» oqibatida Yer kurrasidagi insonlar hayotiga tajovuz solayotgan uch muammo — yadro to‘qnashuvi, yoppasiga tarqaluvchi kasalliklar va uchinchi o‘rinda ekologik muammolar qo‘yilgan bo‘lsa, 70-yillarga kelib ekologik muammo va ularni hal qilish masalasi yetakchi o‘rinni egallab oldi.
Xalqaro miqyosda ekologik xavfsizlikni ta’minlash — atrof-muhit sifatini tirik organizmlar uchun yetarli darajada ushlab turadigan, qayta tiklaydigan va oshirib boradigan xalqaro munosabatlarni shakllantirishni taqozo qiladi. Ekologik xavfsizlikni ta’minlash uchun esa, albatta, butun dunyo mamlakatlari va xalqlarining bir me’yorda rivojlanishi, ekologik siyosat tizimida davlatlarning integratsiyalanishini talab qiladi. Bu borada BMТ, davlatlararo va nodavlat tashkilotlarining egallagan o‘rni va ularning ekologik masalalarining yechimini topishdagi ahamiyati kundan-kunga ortib bormoqda.
Hozirgi zamon xalqaro ekologik hamkorlik uch yo‘nalishda amalga oshirilmoqda:
1) atrof-muhitni muhofaza qilishning davlatlararo va millatlararo hamkorligi hamda ulardagi ijobiy tajribalarni keng targ‘ib qilish;
2) mintaqada (regionda) yoki cheklangan zonalarda tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asoslangan chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularni amaliy tatbiq qilish;
3) global ekologik muammolarning yechimini topishda xalqaro hamjamiyatning universal yo‘llarini ishlatish.
2. Atrof-muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish prinsiplari va manbalari.
Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, har bir huquq sohasi jamiyatdagi muayyan munosabatlarni tartibga solishda aniq qoida-prinsiplarga yondashadi. Milliy qonunchilikni ishlab chiqish va shakllantirishda bu prinsiplar har bir millat yoki davlatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’rifiy-madaniy, milliy holati va an’analariga asoslangan tarzda belgilansa, xalqaro huquqda esa ikki va undan oshiq millat, xalq yoki davlatlarning umumiy manfaatlariga, inson huquqlariga yondashadi.
Xalqaro prinsiplar — xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan xalqaro huquq sub’yektlarining boshqaruv qoidalari
Xalqaro ekologik prinsiplar — xalqaro hamkorlik ishtirokchilarining, ya’ni sub’yektlarining, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va xalqaro Ekologiya huquqi ob’yektlaridan foydalanish borasidagi munosabat qoidalari. Bu qoidalar xalqaro huquq normalari zaminida yotishi va o‘zaro munosabatlarni huquqiy me’yorlash va huquqiy mexanizmni ishlab chiqishda yo‘nalish beruvchi ko‘rsatma tarzida xizmat qilishi kerak.
BMТ Nizomining 2-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan va uning hamma a’zolari uchun majburiy hisoblangan xalqaro munosabat prinsiplari xalqaro ekologik prinsiplarning asosi hisoblanadi. Xalqaro ekologik prinsiplar Stokgolm, Rio-de-Janeyro, Yoxannesburg konferensiyalarining deklaratsiyalarida, Yevropada xavfsizlikni ta’minlashning yakuniy Xelsinki hujjatida va Umumjahon tabiat Xartiyasida va shu kabi xalqaro huquq manbalarida o‘z aksini topgan
Xalqaro ekologik-huquqiy prinsiplarning asosiylari quyidagilardan iborat:
1. Tabiiy resurslarga davlat suverenitetligi. Bu prinsip BMT Bosh Assambleyasining 1962-yil 14-dekabr «Tabiiy resurslarga nisbatan ajralmas suverenitet», so‘ngra, Stokgolm (1972) konferensiyasining deklaratsiyalarida o‘z ifodasinu topgan. Mazkur prinsipga binoan har bir xalqaro huquq sub’yekti xalqaro munosabatlarda o‘z tabiiy boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishni milliy qonunchilik asosida olib borish huquqiga ega, ya’ni har bir mustaqil davlat uchun o‘z tabiiy boyliklarini nafaqat egallash, foydalanish, balki tasarruf qilish huquqidan to‘la foydalanish imkoniyati ochib berildi.
2. Davlatlar o‘z yuridiksiyasidan tashqaridagi atrof-muhitga zarar yetkazmaslik. Bu prinsip XX asrning 60-yillarida oddiy bir xalqaro huquq me’yori sifatida ishlatilgan bo‘lsa, 1972-yil Stokgolm konferensiyasida xalqaro ekologik hamkorlikning asosiy qoidalari toifasiga kirgazildi. BMТning Nizomiga binoan har bir davlat yoki xalqaro huquq sub’yekti o‘z hududi yoki nazorat doirasidagi harakatlari o‘zga hudud yoki davlat nazorat doirasida turgan hududlarga zarar yetkazmasligi kerak va bu uchun ular javobgardirlar. Bunga misol qilib Тojikistondagi alyumin zavodining shimoliy Surxondaryoga keltirayotgan zararini olsak bo‘ladi. Ifloslanish normasi ruxsat etiladigan me’yordan 7,2 barobar ko‘pdir
3. Insonlarning ekologik huquqining afzalligi. Bu prinsip bevosita inson huquqlaridan biridir. Chunki Yer yuzidagi barcha insonlar, ularning irqiy, milliy, diniy, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar yashash huquqiga egadirlar. Yashash huquqi esa inson huquqlarining birlamchi omilidir. BMТ Nizomining uchinchi xat boshi 1-moddasiga binoan xalqaro hamkorlikni davlatlar «inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilishlari va ularni rag‘batlantirishni rivojlantirishlari» asosida olib borishlari kerak1.
4. Hamma bosqichda ekologik nazoratlash prinsipi yuqorida sanab o‘tilgan xalqaro-huquqiy qoidalarni amaliy tatbig‘ini kuzatib borish va kafolatlovchi institutlar tizimini yaratishni talab qiladi. Agarda xalqaro ekologik hamkorlik me’yorlarining amaliy tatbig‘i uning qatnashchilari yoki uchinchi bir vakolatli idoralar tomonidan nazorat qilinmasa, har qanday xalqaro hujjat deklarativ ko‘rinishda namoyon bo‘ladi va ular qog‘ozda qolib ketadi. Bunday xalqaro nazorat institutini universal tarzda BMТning EKOSOS, YUNEP, YUNESKO, ТMXI, JSSТ, XDK, MAGAТE kabi umumiy yoki maxsus masalalar bo‘yicha tuzilgan tashkilotlar yoki regional tarzdagi — OBSE, ADA, ABТ, ADТ, ASEAN kabi tashkilotlar tomonidan olib borilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi
Bizning fikrimizcha, Markaziy Osiyo mintaqasida maxsus vakolatli davlatlararo ekologik tashkilotni tuzish (masalan, «Тurkiston — bizning uyimiz», «Тurk ekonazorat», «Тurkistonda ekologik xavfsizlik») va uning qoshida ishtirokchi davlatlardan nazorat, tergov va sud organlarini barpo etish zamon talabidir.
5. Ekologik axborot almashuvi erkinligi prinsipi xalqaro hamkorlik qatnashchilaridan o‘z milliy chegaralarida yuz berayotgan atrof tabiiy muhitning salbiy o‘zgarishlari haqida vaqtida axborot berib borishni nazarda tutadi. Chunki ekologik jarayonlar ma’muriy chegarani «tan olmaydi» va ular qo‘shni mamlakatning ekologik xavfsizlik darajasiga salbiy ta’sir etishi mumkinligini e’tirof etadi. O‘z paytida va tezkor olingan axborot ekologik xavfning oldini olishi va uni birgalikda yoki xalqaro hamjamiyat yordamida bartaraf qilish imkonini beradi
6. O‘zaro ekologik konsultatsiyalash prinsipi bundan oldingi axborotlash prinsipining davomi. Konsultatsiyalash yoki maslahatlashish prinsipi yuzaga kelgan ekologik inqiroz holatining keng yoyilishining oldini olish va uni bartaraf qilishning xalqaro strategik maqsad va taktik vazifalarini aniqlab olish, unga qarshi kurashishning chora-tadbirlar ko‘lami va yo‘llarini aniqlashtirishga imkon beradi
7. Ekologik inqirozli holatda davlatlarning o‘zaro yordam ko‘rsatish prinsipi davlatlarning o‘zaro gumanitar yordam ko‘rsatish va oqibatda o‘z milliy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan harakatlar toifasiga kiradi. Markaziy Osiyoda vujudga kelgan «Orol muammosi»ni hal qilishda 100 dan ziyod davlat yoki nodavlat tashkilotlarning ishtirok etishi va keyingi 10 yil mobaynida ularning yuz millionlab AQSH dollari miqdorida bizlarga moddiy yordam ko‘rsatishlari bunday olijanob prinsipni amalda qo‘llanilayotganiga dalil bo‘la oladi.
8. Huquqiy-ekologik nizolarni tinchlik bilan hal qilish prinsipi xalqaro huquq sub’yektlari orasida ushbu nizolar orqali atrof tabiiy muhitga yanada ko‘proq zarar yetkazuvchi «sovuq urush»larning yoki harbiy to‘qnashuvlarning oldini olishga qaratilgandir. Zamon talabi — har qanday salbiy jarayonlarni diplomatik vositalar orqali hal qilish va davlatlarning butun kuchini har qanday urushlarga emas, balki insonlarga xavf solayotgan ekologik inqirozlarga sarf qilishlarini da’vat qilishidir.
9. Ekologik muammolarni barqaror rivojlanish orqali hal qilish. Bu prinsip Rio—92 Konferensiyasining deklaratsiyasida o‘z aksini topgan bo‘lib, u davlatlar va regionlar miqyosida ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy muammolarni ekologik muammolar bilan bir paytning o‘zida kompleks yechishni talab etadi
Atrof-muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish manbalari — moddiy nuqtai nazardan butun dunyo hamjamiyati a’zolarining atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanishdagi xohish va irodalari aks etgan xalqaro huquqiy hujjatlar.
Rasman esa atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish manbai deb xalqaro ekologik munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan huquqiy-me’yoriy hujjatlar yig‘indisiga aytiladi
Xalqaro huquqiy hujjatlarga shartnoma, kelishuv, konvensiya, rezolyutsiya, xartiya, deklaratsiya, qaror (protokol)lar kiradi. Ayrim hollarda xalqaro-huquqiy hujjatlarga davlatlarning ichki qonunlarini ham kiritadilar, qachonki milliy qonunlar xalqaro huquq me’yorlariga nisbatan atrof-muhit muhofazasini ko‘proq ta’minlab bera oladigan bo‘lsa. Nima bo‘lganda ham milliy qonunchilik, bizning fikrimizcha, to‘lig‘icha xalqaro-huquqiy manba bo‘la olmaydi. Faqatgina ma’lum bir xalqaro huquq sub’yekti bo‘lmish davlatlar hududida ekologik talablarga ko‘proq javob beradigan normalar qo‘llanishi mantiqan to‘g‘ri deb topilgandir.
Atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilishda markaziy o‘rinni rezolyutsiyalar egallaydi. Chunki BMТ Bosh Assambleyasi rezolyutsiyalarida davlatlarning xalqaro hamkorlikdagi ekologiyaga oid asosiy normalari va harakat qoidalari aks etgan. «Rezolyutsiya» lotin tilida «hal qilish», ya’ni ma’lum bir yig‘in (s’yezd, komitet, konferensiya, simpozium...)larning xulosalovchi yoki hal qiluvchi qarorlari.
Xalqaro-ekologik munosabatlarda ko‘pincha «xartiya» so‘zi ishlatiladi. Xartiya grekchada «qog‘oz», ya’ni qog‘ozga bitilgan ommaviy va siyosiy hujjat ma’nosida ishlatiladi. 1982-yil 28-oktabrda BMТ Bosh Assambleyasi 37-sessiyasida qabul qilingan «Umumjahon tabiatni muhofaza qilish xartiyasi»da xalqaro ekologik huquqning 24 prinsipi qabul qilingan va unga binoan BMТga a’zo mamlakatlar o‘zining milliy ekologik qonunlarini ularga moslashtirishlari talab etiladi.
Xalqaro huquqda amaldagi milliy qonunchilikni xalqaro huquq talablariga moslashtirish «implementatsiya» deyiladi. BMТning mustaqil sub’yekti bo‘lmish O‘zbekiston Respublikasi xalqaro hamjamiyatga dadil qadamlar bilan kirib borar ekan, huquq sohasida uning oldida 3 katta vazifa turadi: 1) mamlakatda demokratik boshqaruvni barpo etish va barqaror rivojlanishni ta’minlab beruvchi huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilish; 2) milliy qonunchilikni xalqaro prinsiplarga moslashtirish; 3) qonun me’yorlarini hayotga tatbiq qilish mexanizmini yaratish.
1990-yil 21-noyabr «Yangi Yevropa uchun Parij xartiyasi»da (1993-yil 27-noyabrdan O‘zbekiston ham qo‘shilgan) va 2000-yil Yer xartiyasida ekologik xavfsiz muhitni ta’minlash har bir ishtirokchi mamlakatning burchi ekanligi alohida ta’kidlangan.
Shartnoma — siyosiy ahamiyat kasb etuvchi va boshqa siyosiy, iqtisodiy, ma’rifiy-madaniy masalalar qatori atrof-muhit muhofazasiga oid xalqaro me’yorlarni o‘zida aks ettiruvchi hujjat. Shartnomalar XX asrning ikkinchi yarmida keng tarqalgan xalqaro huquq manbai bo‘lib, ular umumiy, regional va ikki tomonlama tuzilishi mumkin. Dunyoda 300 dan ziyod ekologik munosabatlarni o‘zida qamrab olgan xalqaro shartnomalar mavjud. Ularning ichida eng salohiyatlilari umumiy turdagi «Yevropa xavfsizligini ta’minlashning yakuniy shartnomasi» (1975-yil), «Atmosfera, kosmik fazo va suvda yadro qurollarini sinashni to‘xtatish to‘g‘risida» (1963-yil), «Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risida» (1968-yil) kabi xalqaro shartnomalardir.
Ikki tomonlama O‘zbekiston—Qozog‘iston, O‘zbekiston—Тojikiston, O‘zbekiston—Qirg‘iziston, O‘zbekiston — Тurkmaniston respublikalari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarda atrof-muhitni birgalikda muhofaza qilish (jumladan, suv resurslaridan oqilona foydalanish)ga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish kabi xalqaro huquqiy me’yorlar belgilanib olingan.
Shartnoma muayyan yo‘nalishdagi xalqaro munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo‘lsa, u «konvensiya» deb ataladi. Konvensiya — lotin tilida «shartnoma», «shart», «kelishuv» degan ma’noni anglatadi. Konvensiya ikki va undan ortiq xalqaro tabiiy ob’yektlarni muhofazalash yoki ulardan birgalikda foydalanishni nazarda tutsa kompleks-ekologik, ma’lum bir turdagi xalqaro tabiiy ob’yektdan foydalanishni nazarda tutsa resurs-ekologik konvensiya deb ataladi.
Kompleks-ekologik konvensiyalarga BMТning YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan 1972 va 1973-yillarda qabul qilingan «Butunjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish» va «Yo‘qolish xavfida turgan yovvoyi turdagi fauna va flora turlarini savdo qilish» konvensiyalari kiradi.
Resurs-ekologik konvensiyalarga 1979-yili Bonnda qabul qilingan «Ko‘chib yuruvchi yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish», 1985-yili Venada qabul qilingan «Ozon qatlamini himoya qilish» kabi ekologik shartnomalar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro hamjamiyatning mustaqil sub’yekti sifatida 10 dan ziyod ekologik konvensiyalarga qo‘shilgan, jumladan:
1993-yil 14-mayda «Iqlimga ta’sir etishni chegaralash»;
1995-yil 13-oktabrda «Sahrolanishga qarshi kurash»;
1995-yil 15-iyunda «Afrika — Osiyo qit’alarida ko‘chib yuruvchi qushlarni muhofaza qilish»;
1996-yil 7-mayda «Biologik xilma-xillik»;
1996-yil 7-mayda «Xavfli chiqitlarni tashish va ularni yo‘qotish».Qabul qilingan konvensiyalarni amaliy tatbiq qilish uchun bir qator qonunlar, davlat dasturlari, loyihalar ishlab chiqilgan va ularning huquqiy mexanizmi yaratilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar :
1. Molles. Manuel C. «Ecology: Concepts and Applications» Fourth edition,
Published by McGraw - Hill, a business unit of The Mc Graw-Hill Companies,
Inc., New York, 2008.
2. Sultonov P.S. «Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish asoslari»
Toshkеnt, 2007.
3. Saloxiddinov A.T, Valiеv X.I., Xolmirzaеva M. «Ekologiya»Toshkent,
2014.
4. Mustafoyev S, O’roqov S, Duvonov A. «Umumiy ekologiya» Toshkent,
2006.
5. Hamdamov J., Bobomurodov Z., Hamdamova E. «Ekologiya» Toshkent,
2009.
6. Шодиметов Ю.Ш. «Экология» Ташкент, 2016.
7. Michael Begon, Colin R. Townsend John L. Harper «Ecology.
FromIndividuals to Ecosistems»fourth edition. 2006 by Blackwell Publishing Ltd.
8. ТурсуновХ.Т., РахимоваТ.У. «Экология»Тошкент, 2006.
9. Ergashеv, T.Ergashеv «Ekologiya, biosfеra va tabiatni muhofaza qilish».
Toshkеnt, Yangi avlod, 2005.
10. «Экология. Охрана природы. Экологическая безопасность» Под
редакцией проф. А.Т.Никитина. Москва, 2000.
11. Ўзбекистон Республикасининг атроф муҳитни муҳофаза қилиш ва
табиий ресурсларлан оқилона фойдаланиш бўйича Миллий маьрузалар
тўплами.
12.Чернова Н.М., Былова А.М. «Экология» Москва, 1995.
13. Бекназов Р.У., Новиков Ю.В. «Охрана природы» Ташкент, 1995.
14. Сабитова Н.И. Основы экологии, Ташкент, 2007. С. 4-6.
15. Кенжаев Р.Х., Сафаров Ж.И. Экология. Тошкент, 2009.
16. Вернадский В.И. Биосфера. М, 1975.
243
17. Вернадский В.М. Размышления натуралиста. Кн.2. Научная мысль
как планетарное явление. М., 1977.
18. Валуконис Г.Ю., Мурадов Ш.О. Основы экологии. Том.1. Кн.1.
Ташкент: Мехнат, 2001.
19. Гальперин М.В. Экологические основы природопользования.
М,ФРУМ: ИНФРА-М, 2002.
20. Горелов А.А. Экология. М, 2002, с.312.
21. Дажо Р. Основы экологии. М: Мир, 1975.
22. Кашкаров Д.Н., Корвин Е.П. Жизнь пустыни. Введение в экологию
и освоение пустыни. М-Л., 1936.
23. Коровин Е.П. (Ред.), Кашкаров Д.Н. Основы экологии животных.
М., 1938. Природа, 1939, № 3.
24. Коробкин В.И., Передельский Л.В. Экология в вопросах и ответах.
Ростов на Дону, 2002.
25. Мейсон Б. Основы геохимии. М: Недра, 1971,с. 312
26. Маврищев В.В. Основы экологии. Минск, 2003, с. 416.
27. Небел Б. Наука об окружающей среде: как устроен мир. В 2 т. М:
Мир, 1993.
28. Нигматов А.Н. Геоэкологические аспекты заовраженности и
техногенной нарушенности земель Узбекистана. Ташкент, 2005, 240 с.
29. Нигматов Н. Экология нима? Тошкент, 2005.
30. Одум Ю. Экология. М., 1986.
31. Реймерс Н.Ф. Азбука природы: Микроэнциклопедия биосферы. М.,
1980.
32. Реймерс Н.Ф. Природопользование. М., Мысль, 1990.
33. www.ziyo.net
34. www.uznature.uz.
35. www.eco.uz
36. www.aralsea.org
37. www.edu.uz
|