Ekologik xavfsizlikni ta’minlashning prinsiplari va iqtisodiy asoslari




Download 20.74 Kb.
Sana21.11.2022
Hajmi20.74 Kb.
#31128
Bog'liq
Ekologik xavfsizlikni ta’minlashning prinsiplari va iqtisodiy as
sabzini quritish texnologiyasini takomillashtirish, 506-Article Text-1205-1-10-20201028, Usmonov Islomiddin, Milliy hisoblar tizimida ishlab chiqarish sohasining chegaralari 2, 1 kurs magistrlarining IPI bo\'yicha taqsimlanishi uz, muzqaymoq, Sholg\'om yetishtirish, мақола алишер АВАЗОВ, MARKAZIY OSIYO VA KAVKAZDA BOZORGA, Dukkakli don ekinlari zararkunandalari va ularga qarshi kurash, 1-илова (ТАТУ КФ), guruhlash usuli 7, Architecture Studio by Slidesgo, ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ЭКИНЛАРИНИ МОНИТОРИНГ ҚИЛИШ, 1.O\'tkir Hoshimov- Dunyoning ishlari

EKOLOGIK XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHNING PRINSIPLARI VA IQTISODIY ASOSLARI.
Ekologik xavfsizlikni ta’minlash endilikda birinchi darajali va kechiktirib bo’lmaydigan vazifaga aylandi. Chunki, ichimlik suvlarining ifloslanganligi, joylarda atmosfera havosini chiqindilar bilan jiddiy to’yinganligi, buning natijasida aholi orasida turli kasalliklar tarqalganligi, sug’orma yerlarni sho’rlanib, yaylovlarning mahsuldorligini pasayib borayotganligi qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga salbiy ta’sir etayotganligi mamlakat miqyosida tub o’zgarishlarni amalga oshirish zarurligini uqtiradi.
Ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasida bir qator bir-birlari bilan bog’liq bo’lgan tugunli masalalarni hal qilish lozim bo’ladi. Birinchi galda ekologik (bioekologik, geosistemali, biosfyerali) monitoringni amalga oshirish ustuvor ahamiyatga ega. O’zbekistonda bu turdagi monitoring hozirda turli muassasalar va tashkilotlar tomonidan amalga oshirib kelinmoqda, lekin ularning ko’lami va egallagan hududi hozirgi talabga mutlaqo javob byermaydi. Chunonchi, tuproqning sanoat va kimyoviy ashyolar bilan ifloslanishi (Respublika BoshGidromet xizmatiga yuklatilgan) faqat ayrim qishloq jamoalari hududi bo’yicha nazorat qilinadi. Bunda barcha viloyatlarning sug’oriladigan yerlari nazarda tutilmagan, hech bo’lmaganda har bir viloyat bo’yicha tanlab olingan testli jamoa xo’jaliklarini ma’lum uchastkalari nazarda tutilganda maqsadga muvofiq bo’lar edi. Faqat shundagina respublika hududi bo’yicha sug’orma yerlarni texnogen ifloslanishi bo’yicha tegishli xulosa chiqarish mumkin bo’ladi. Xuddi shunday ahvol suv havzalarining ifloslanishi, atmosfera havosining chiqindilar bilan to’yinishi va boshqa sohalarda ham mavjud, ularning belgilangan me’yorda bo’lishi tabiiy muhit bo’yicha zarur bo’lgan monitoring axborotlarini olish va mavjud ekologik vaziyat to’g’risida aniq xulosa chiqarishga imkon byeradi.
Ekologik ekspyertiza yangi quriladigan sanoat korxonalari uchun xos. Lekin mantiqan qaraganda ishlab turgan barcha sanoat korxonalari, gidrotexnik inshoatlar va boshqa muhandislik ob’ektlar uchun muntazam ekspyertiza o’tkazish zarur. Atrof-muhitni aslida eskidan ishlab kelayotgan sanoat korxonalari ifloslab kelmoqda. Binobarin, ekologik ekspyertiza barcha korxonalarni nazoratga olishi shart. Shundagina tabiiy muhitda tozalanish boshlanishi mumkin.
Ekologik vaziyatni boshqarish va tegishli tadbirlar majmuasini qo’llash uchun negiz sifatida turli masshtablarda ekologik va tabiatni muhofaza qilish xaritalarini yaratish joiz. Bu xaritalar respublika hududida mavjud ekologik vaziyatlarni nazorat qilish, ularning tadrijiy o’zgarishlarini o’rganish, tegishli chora-tadbirlarni rejalashtirish imkonini byeradi. Mavjud xaritalar muvaqqat bo’lib, ularning har yili yangi ma’lumotlar bilan yangilab turilishi amaliy ahamiyat kasb etadi. Har bir viloyat ma’lum masshtabda ekologik va tabiatni muhofaza qilish xaritalarga ega bo’lishi va disketlarga tushirilib kompyutyerlar orqali mutaxassislar hamda rahbariyat (shahar, viloyat hokimlari, Respublika Vazirlar Mahkamasi)ga foydalanish uchun topshirilishi darkor. Kompyutyerlar orqali aloqa barcha viloyatlardan olingan tasvirlar yordamida Toshkentda respublika bo’yicha jamlanma monitoringli axborot olinish imkoni bo’ladi.
Tabiatni muhofaza qilish bo’yicha chiqarilgan barcha Oliy Majlis qonunlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, ko’rsatmalari va boshqa me’yoriy hujjatlari o’z vaqtida bajarilishi va ularga amal qilinishi lozim. Qonunga hurmat tabiatga ham hurmatni bildiradi.
Ekologik xavfsizlikni ta’minlash shuningdek, me’yoriy ko’rsatkichlar, REM va boshqa qabul qilingan ma’lum andozalarga rioya qilishga ham bog’liqdir. Sanoat, avtotransport chiqindilari eng kam xavfsiz ko’rsatkichlarga qadar kamaygan bo’lishi, ikkilamchi resurslar to’liq qayta ishlanib ulardan foydali elementlar ajratib olinishi zarur. Eng muhimi, isrofgarchilikka chek qo’yilib, tabiatdan ehtiyojga yarasha boyliklarni ajratib olib, chiqindilarni chiqarmaslik tamoyilida ish tutishga o’tishdan iborat. Tabiatdan boyliklarni olishda “kim oshdi” tamoyilidan voz kechib uni boyitish, resurslarni qayta tiklash, kamayib borayotganlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, bu borada muqobil variantlar, ya’ni o’rnini bosadigan boshqa resurslardan foydalanishga o’tish kabi tamoyillarni barcha joylarda, hamma ishlab chiqarish korxonalarida qo’llashga o’tish tabiatni asrash, uni e’zozlash o’z navbatida ekologik xavfsizlikni ta’minlashni kafolatlaydi.
Inson hayotini turli ekologik xavflardan asrash keyingi vaqtlarda eng muhim masalalardan bo’lib qoldi. Ekologik xavf-xatarning sabablariga texnologik va ekologik krizislarni kiritish mumkin. Ekologik xavf iqtisodiyotning nazoratsiz rivojlanishi, texnologiya va texnikaning orqada qolishi, tabiiy va antropogen avariya va falokatlarning yuz berishi natijasida inson, o’simlik hamda hayvonot olami yashaydigan muhitning buzilish ehtimolligi, buning oqibatida tirik organizmlarning mavjud bo’lish sharoitlariga moslashishi buziladi.
Ekologik xavf-xatarning eng kuchli ob’ektlari AES, kimyo sanoati, neftni qayta ishlaydigan korxonalar, truboprovodlar transport hisoblanadi. Albatta, bulardan tashqari bizga sezilmaydigan texnologik chiqindilar havo, suv, tuproq, o’simlik va boshqa organizmlarni sekin-asta zaharlab kelmoqda, bular ma’lum vaqtdan so’ng to’satdan katta hududga kuchli ta’sir qilishi ham mumkin. Inson salomatligiga texnogen chiqindilarning faol tasiri to’g’risida 70–yillarda bir qator olimlar ogohlantirgan edilar. Masalan, yashash muhitida radiatsiya, kimyoviy birikmalarning tasiri kabi mutagen omillarning keskin ko’payishi kuzatilsa, u holda odamning genetik axboroti buzilishi mumkin. Bu hodisa insonning genetik asosining buzilishi xavfidan darak byeradi. Buning tasdig’i sifatida keyingi 30 yil mobaynida rivojlangan mamlakatlarda nuqson bilan tug’ilgan bolalar miqdori keskin ko’payganligini ko’rsatish mumkin. Rossiyaning Pyerm shahrida yodorganik va ftororganik sintez ishlab chiqariladigan mintaqada 12-17 yoshdagi o’g’il bolalarning 57%, qiz bolalarning 82%i qalqon bezining gipyerplazi(to’qimalarda strukturali elementlar sonining ortishi), buyrak yuqorisining buzilishi (disfunktsiya) va boshqa kasalliklar bilan xastalangan. Ufa, Ekatyerinburg, Samarada 3 yoshgacha bo’lgan yosh bolalar badanining me’yordan kichikligi xaraktyerli va b. Qo’rg’oshin va simob chiqindilari nihoyatda tahlikali. Ularning ozgina miqdori ham bolalarning bosh miyasi o’sishiga jidiy tasir ko’rsatadi. Saraton kasalini o’rganuvchi xalqaro agentlikning xabariga ko’ra hozirgi vaqtda ishlab chiqarish jarayonida taxminan 50 turdagi modda kishini rak kasali bilan og’rishiga tasir etishi mumkin, epidemiologiya tadqiqotlarining ko’rsatishicha, taxminan 100 turdagi modda kantsyerogenli xususiyatga ega ekan. Bularning barchasi kuchli ekologik xavf to’g’risida xabar byeradi. Bizningcha, eng avvalo sanoat korxonalarida chiqindilarning eng kam miqdorda tashqariga chiqishini ta’minlashga yerishish o’ta dolzarbdir.
Respublika Prezidenti Islom Karimovning “O’zbekiston XX1 asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” (1997 y.) asarida ekologik va xavfsizlik muammosi chuqur tahlil qilingan. Muallif respublika hududi uchun bir qator eng xavfli manbalarni ko’rsatib o’tadi. Chunonchi, Moylisuv(Qirg’iziston) daryosining qirg’oqlari yoqasida 1944 yildan to 1964 yilgacha uran rudasini qayta ishlash chiqindilari ko’milgan. Hozirgi vaqtda qoldiqlar saqlanadigan 23 ta joy mavjud. Bu yerlarda selni to’sadigan to’g’onlarni mahkamlash va ko’chki xavfi bo’lgan joylardagi qiyaliklarni mustahkamligini ta’minlash lozim. Navoiy viloyatidagi uran qoldiqlari saqlanadigan joy ham ekologik jihatdan xavfli ifloslantirish o’chog’i hisoblanadi. Bu yerdagi radioaktiv qumni shamol uchirishi xavfi bor (512 bet).
Islom Karimov o’z kitobida shuningdek, ekologik xavfsizlik nuqtai nazardan suv zahiralarining taqchilligi hamda ifloslanganligi katta tashvish tug’dirayotganligini uqtiradi. Daryo suvlarining ifloslanishi ekologiya-gigiena va sanitariya epidemiologik vaziyatni, ayniqsa, daryolarning quyi oqimlarida yomonlashtirayotganligini katta tashvish bilan yozgan. Haqiqatdan ham Quyi Amudaryo, Quyi Zarafshon va boshqa hududlarda suv taqchilligi va suvning ifloslanganligi aholi orasida turli kasalliklarning tarqalishi nuqtai nazardan katta ekologik xavf hisoblanadi.
Orol dengizining tezkorlik bilan qurib borayotganligi xususan O’zbekiston hududi uchun jiddiy xavf, axir dengiz butunlay qurisa uning o’rnida maydoni 6,6 mln. ga dan ziyod qum va tuzdan iborat ulkan Orol cho’li tarkib topadi, buning ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari hozirdan ma’lum. Qoraqalpog’iston, Xorazm, Toshhovuz vohalarida tabiat-xo’jalik-aholi tizimida jiddiy o’zgarishlar bo’lishi mumkin.
Qizilqum, Qarshi cho’li, Ustyurt platosida keyingi vaqtlarda ma’danlarni qidirish, neft va tabiiy gaz qazib olish va boshqa maqsadlarda keng miqyosda texnologik jarayonlar amalga oshirilmoqda. Buning oqibatida katta maydonlarda yaylovlar ishdan chiqmoqda, ya’ni harakatdagi qumlar maydoni kengayishi tufayli qorako’l qo’ylari boqiladigan tabiiy yaylovlarda degradatsiya kuchayish tendentsiyasi yuz byermoqda. Bu hodisa vohalar bilan cho’l tutashgan mintaqada ham barqarorlashmoqda. Barxan qumlari maydonining kengayishi jiddiy ekologik xavf, uning oqibatlari barchaga ayon.
Demak, respublikada ekologik xavfsizlik masalasi etarli darajada taxlikali, uni ma’lum majmuali dasturlar asosida bosqichma-bosqich ijobiy hal qilish amaliy ahamiyat kasb etadi. Bu borada uzoqqa mo’ljallangan ekologiyalashtirilgan iqtisodiy strategiya zarur.
Download 20.74 Kb.




Download 20.74 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ekologik xavfsizlikni ta’minlashning prinsiplari va iqtisodiy asoslari

Download 20.74 Kb.