• 7.1. Ekstraksiya-elementlarni ajratish va konsentrlash usuli
  • Fizikaviy ekstraksiya
  • 7.2. Ekstraksion jarayonlarning turlari
  • Ekstraksiya tayanch iboralar




    Download 91.55 Kb.
    bet1/10
    Sana27.04.2023
    Hajmi91.55 Kb.
    #54216
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Ekstraksiya tayanch iboralar


    EKSTRAKSIYA
    Tayanch iboralar: ajratish va konsentrlashda ekstraktsiya, mohiyati, afzalliklari, ekstraktsion jarayonlar turlari, fizikaviy ekstraktsiya, kimyoviy reaksiyaga asoslangan ekstraktsiya, ekstraktsiya jarayonida qo‘llaniladigan terminlar, massalar ta’siri qonuni, ekstraktsiya konstantasi taqsimlanish koeffisenti, ta’sir etuvchi omillar, ajratilish darajasi, Gibbsning fazalar ta’siri qoidasi.
    7.1. Ekstraksiya-elementlarni ajratish va konsentrlash usuli
    Ajratish va konsentralashning istiqbolli usullaridan biri ekstraksiyadir.
    Ekstraksiya deganda moddani suv fazasidan u bilan aralashmaydigan organik fazaga o‘tkazishni tushuniladi.
    Ekstraksiya quyidagi afzalliklarga ega: ajratishning to‘laligi va effektivligi, tanlab ta’sir etuvchanligi, ekstraksiyadan so‘ng suvli eritmani undagi boshqa elementlar va komponentlarni aniqlash uchun foydalanish ekstraksiyani avtomatlashtirish mumkinligi, ajratib olinayotgan moddani konsentrlash, rangning intensivligi va organik qavat rangining turi asosida ionlarni sifat va miqdoriy aniqlash mumkinligi va hokazo.
    Ekstraksiyani ko‘pgina miqdoriy aniqlash (fotometrik, polyarografik, xromatografik va boshqalar) usullari bilan uyg‘unlashtirish (bog‘lash), orqali ularning tanlab ta’sir etuvchanligini va sezgirligini oshirish mumkin.
    Amaliy va anazariy masalalarni echishda ekstraksion usullardan foydalaniladi.
    Ekstraksiya – bu suyuq va qattiq moddalar aralashmalarini ta’sir etuvchi erituvchilar yordamida ajratish jarayonidir, ya’ni bu ikkita bir – biri bilan aralashmaydigan fazalarda moddalarni taqsimlash jarayonidir.
    Fizikaviy ekstraksiya – ajratib olinayotgan moddaning bir fazadan (suyuq yoki qattiq) suyuq ekstragent fazasiga ularning o‘zaro bir –biriga tegishi natijasida o‘tishdir.
    Analitik kimyoning suyuqliq ekstraksiyasida ko‘pincha bir faza suv va ikkinchisi organik erituvchi bo‘lgan holni qo‘llaniladi.
    7.2. Ekstraksion jarayonlarning turlari
    Ekstraksiya jarayonlari davriy (oddiy), uzluksiz, qarama-qarshi oqimli turlarga bo‘linadi. Muvozanat konstantasi (taqsimlanish koeffitsiyenti) yetarli darajada katta bo‘lsa va muvozanatning o‘rnatilish tezligi ham katta bo‘lsa, moddani bir fazadan ikkinchisiga bir bosqichli ekstraksiya davomida to‘liq o‘tkazish mumkin. Erituvchining yangi ulushlari bilan tez o‘rnatiladigan muvozanatli sistemalar uchun davriy ekstraksiyani qo‘llash mumkin. Bu usul tarkibiy qismlardan biri bir fazada to‘liq qolgani holda, ikkinchisi fazalar orasida tarqalganda, eng samaralidir. Davriy ekstraksiya erigan moddani to‘liq ajratishni ko‘zda tutadi. Selektiv ekstraksiya bir necha tarkibiy qismlarni o‘zaro ajratish imkonini beradi. Agar suv fazasidagi moddani bir karra organik erituvchi bilan ekstraksiyalagandan so‘ng organik faza ajratilib, unga yangi organik erituvchi ulushi qo‘shilsa (qarama-qarshi oqimli ekstraksiya deb ataladigan usul), moddani ajratish samarasi ortadi. Buni avtomatlashtirish ham mumkin. Jarayonni avtomatlashtirish uchun ko‘p nayli qurilmadan foydalaniladi.

    Download 91.55 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 91.55 Kb.