• Qabul qildi
  • 3. Foydalanuvchilarni biometrik autentifikatsiya turlari asosida haqiqiyligini tasdiqlash 4.Xulosa. 5.Foydalanilgan adabiyotlar. Autentifikatsiya muammolari
  • Elektorika va sxemalar




    Download 1.06 Mb.
    bet1/9
    Sana23.11.2022
    Hajmi1.06 Mb.
    #31488
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Elektorika va sxemalar
    DARS ISHLANMA BET22, Тест техник назоратчиларга 283 та вариантларсиз, Test16

    O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

    ELEKTORIKA VA SXEMALAR
    FANIDAN
    MUSTAQIL ISH

    Mavzu:


    Topshirdi: Inomov Umarjon.


    Guruh: CSF 023


    Qabul qildi: Fayziyeva Dilsora


    Toshkent 2019
    Mavzu: Qat’iy autentifikatsiyalash


    Reja:
    1. Autentifikatsiya muammolari
    2. Autentifikatsiya usullari va vositalari. Qat’iy autentifikatsiyalash
    3. Foydalanuvchilarni biometrik autentifikatsiya turlari asosida haqiqiyligini tasdiqlash
    4.Xulosa.
    5.Foydalanilgan adabiyotlar.
    Autentifikatsiya muammolari. Foydalanuvchilarni identifikatsiya va autentifikatsiyadan o’tkazish asosan tizimdan foydalanishga ruxsat berish uchun amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni uzatish kanallarini himoyalashda sub’ektlarning o’zaro autentifikatsiyasi, ya’ni aloqa kanallari orqali bog’lanadigan sub’ektlar xaqiqiyligining o’zaro tasdiqi bajarilishi shart.
    Xaqiqiylikning tasdiqi odatda seans boshida, abonentlarning bir-biriga ulanish jarayonida amalga oshiriladi. “Ulanish” atamasi orqali tarmoqning ikkita sub’ekti o’rtasida mantiqiy bog’lanish tushuniladi. Ushbu muolajaning maqsadi – ulanish qonuniy sub’ekt bilan amalga oshirilganligiga va barcha axborot mo’ljallangan manzilga borishligiga ishonchni ta’minlashdir. Elektron tijorat tizimida to’lovlar quyidagi qator shartlarning bajarilishi asosida amalga oshiriladi:
     konfidentsiallikning saqlanishi – Internet orqali to’lovlar amalga oshirilishida xaridor ma’lumotlarining (masalan, kredit karta nomeri) faqat qonun bilan belgilangan tashkilotlargina bilishi kafolatlanishi shart;
     axborot yaxlitligining saqlanishi-xarid xususidagi axborot hech kim tomonidan o’zgartirilishi mumkin emas;
     autentifikatsiya-xaridorlar va sotuvchilar ikkala tomon ham haqiqiy ekanligiga ishonch hosil qilishlari shart;
     to’lov vositalarining qulayligi - xaridorlarga qulay bo’lgan har qanday vositalar bilan to’lov imkoniyati;
     avtorizatsiya - jarayoni, bu jarayon kechuvida tranzaktsiya o’tkazilishi xususidagi talab to’lov tizimi tomonidan ma’qullanadi yoki rad etiladi. Bu muolaja xaridorning mablag’i borligini aniqlashga imkon beradi;
    Xavfsizlik nuqtai nazaridan yuqorida keltirilganlarning har biri o’ziga xos masalalarni yechishga imkon beradi. Shu sababli autentifikatsiya jarayonlari va protokollari amalda faol ishlatiladi. Shu bilan bir qatorda ta’kidlash lozimki, nullik bilim bilan isbotlash xususiyatiga ega bo’lgan autentifikatsiyaga qiziqish amaliy xarakterga nisbatan ko’proq nazariy xarakterga ega. Balkim, yaqin kelajakda ulardan axborot almashinuvini himoyalashda faol foydalanishlari mumkin.
    Autentifikatsiya protokollariga bo’ladigan asosiy xujumlar quyidagilar:
    - maskarad (impersonation). Foydalanuvchi o’zini boshqa shaxs deb ko’rsatishga urinib, u shaxs tarafidan xarakatlarning imkoniyatlariga va imtiyozlariga ega bo’lishni mo’ljallaydi;
    - autentifikatsiya almashinuvi tarafini almashtirib qo’yish (interleaving attack). Niyati buzuq odam ushbu xujum mobaynida ikki taraf orasidagi autenfikatsion almashinish jarayonida trafikni modifikatsiyalash niyatida qatnashadi. Almashtirib qo’yishning quyidagi xili mavjud: ikkita foydalanuvchi o’rtasidagi autentifikatsiya muvaffaqiyatli o’tib, ulanish o’rnatilganidan so’ng buzg’unchi foydalanuvchilardan birini chiqarib tashlab, uning nomidan ishni davom ettiradi;
    - takroriy uzatish (replay attack). Foydalanuvchilarning biri tomonidan autentifikatsiya ma’lumotlari takroran uzatiladi;
    - uzatishni qaytarish (reflection attak). Oldingi xujum variantlaridan biri bo’lib, xujum mobaynida niyati buzuq odam protokolning ushbu sessiya doirasida ushlab qolingan axborotni orqaga qaytaradi.
    - majburiy kechikish (forsed delay). Niyati buzuq odam qandaydir ma’lumotni ushlab qolib, biror vaqtdan so’ng uzatadi.
    - matn tanlashli xujum (chosen text attack). Niyati buzuq odam autentifikatsiya trafigini ushlab qolib, uzoq muddatli kriptografik kalitlar xususidagi axborotni olishga urinadi.
    Yuqorida keltirilgan xujumlarni bartaraf qilish uchun autentifikatsiya protokollarini qurishda quyidagi usullardan foydalaniladi:
    - “so’rov–javob”, vaqt belgilari, tasodifiy sonlar, indentifikatorlar, raqamli imzolar kabi mexanizmlardan foydalanish;
    - autentifikatsiya natijasini foydalanuvchilarning tizim doirasidagi keyingi xarakatlariga bog’lash. Bunday misol yondashishga tariqasida autentifikatsiya jarayonida foydalanuvchilarning keyinga o’zaro aloqalarida ishlatiluvchi maxfiy seans kalitlarini almashishni ko’rsatish mumkin;
    - aloqaning o’rnatilgan seansi doirasida autentifikatsiya muolajasini vaqti-vaqti bilan bajarib turish va h. Autentifikatsiya protokollarini taqqoslashda va tanlashda quyidagi xarakteristikalarni hisobga olish zarur:
    - o`zaro autentifikatsiyaning mavjudligi. Ushbu xususiyat autentifikatsion almashinuv taraflari o`rtasida ikkiyoqlama autentifikatsiyaning zarurligini aks ettiradi;
    - hisoblash samaradorligi. Protokolni bajarishda zarur bo`lgan amallar soni;
    - kommunikatsion samaradorlik. Ushbu xususiyat autentifikatsiyani bajarish uchun zarur bo`lgan xabar soni va uzunligini aks ettiradi;
    - uchinchi tarafning mavjudligi. Uchinchi tarafga misol tariqasida simmetrik kalitlarni taqsimlovchi ishonchli serverni yoki ochiq kalitlarni taqsimlash uchun sertifikatlar daraxtini amalga oshiruvchi serverni ko`rsatish mumkin;
    - xavfsizlik kafolati asosi. Misol sifatida nullik bilim bilan isbotlash xususiyatiga ega bo`lgan protokollarni ko`rsatish mumkin; - sirni saqlash. Jiddiy kalitli axborotni saqlash usuli ko`zda tutiladi.

    Download 1.06 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1.06 Mb.