Elektr energetika tizimlarining holatlarini boshqarish va optimallash




Download 1.45 Mb.
bet6/14
Sana02.12.2023
Hajmi1.45 Mb.
#109685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ABT dan laboratoriya ishi
Menejment nazariyasi va amaliyotinining shakllanishi hamda rivojlanish bosqichlari, Qo\'shilgan qiymat solig\'ini to\'lash va hisob kitoblarni taqdim etish, Joyning raqamli modeli va uning turlari, determinatlar, 1-lek, Tayyorladi 63-20 gurux talabasi Komilov Zafarbek Mavzu Gidrost-fayllar.org, 3-nazorat savollari Gidravlika, ANTIVIRUS, Chrome бўйича инструкция (2), Vedemest, СанПиН по питтанию узбекский вариант 0288 10, A.Chertov A.Vorobev. Fizikadan masalalar to plami, 2 RR Mehnat muhofazasi kitobi, 1.Amaliy mashg\'ulot
2- LABORATORIYA ISHI


OʻZBEKISTON ENERGETIKA TIZIMI DBAT
OPERATIV AXBOROT KOMPLEKSINING (OAK)
ISHI BILAN TANISHISH
(ish «Oʻzbеkenеrgo» DAK MDM da bajariladi)

2.1. Ishdan maqsad.


Oʻzbekiston energetika tizimi DBAT OAK ishi bilan tanishish, Oʻzbekiston energetika tizimining joriy rejimlarini operativ boshqarish tamoyillarini oʻrganish


2.2. Qisqacha nazariy ma’lumоtlar.


EETni boshqarishning asosiy vazifasi boʻlib, iste’molchilarni talab qilingan sifatdagi elektr va issiqlik energiyasi bilan uni ishlab chiqarish, oʻzgartirish, uzatish va taqsimlash, minimal harajat qilgan holda ishonchli ta’minlash hisoblanadi. Shuning uchun EETning barcha boshqarish iyerarhiyasi darajasida boshqaruv qarorlarini ishlab chiqarishda, imkoniyat bolgan holda asosiy mezon boʻlib koʻrib chiqilayotgan vaqt oralig’idagi minimum xarajatlardan foydalaniladi.


Operativ dispetcherlik boshqaruv masalalarini muvaffaqiyatli yechish uchun dispetcher zaruriy, yetalicha aniqlikdagi axborotga ega boʻlish kerak.
DBATni axborot ta’minoti quyidagi axborotlardan tashkil topgan:

  • meteorologik holat prognozi – yuklamani va uskunalarni ishlamay qolish aniqligini oshirish uchun;

  • agregatlar va elektr stansiyalarning manyovr xarakteristikalari – joylashtirilgan va ishchi quvvatini, ulardagi ishdagi va rezervdagi uskunalarning tarkibini hisoblash uchun;

  • IESga yetkazib berilayotgan yoqilg’ini sifatida;

  • asosiy uskunalarning holati (generatorlar, EUL, transformatorlar va boshqalar) – ularni ta’mirlashga chiqarish vaqti haqida qaror qabul qilish uchun (ularni diognostika qilish jarayonida oldindan aniqlanadi);

  • iste’molchilarni elektr va issiqlik ta’minotining amaldagi ta’minlangan ishonchliligi – uni oshirishni optimal uslublarini tiklash uchun;

  • EET asosiy uskunalarini ishdan toʻxtab qolishi – uning ishonchlilik koʻrsatkichlarini hisoblash va prognoz qilish uchun;

  • GES suvomborlariga suv kelishini prognozi – GESdagi elektrenergiya ishlab chiqarishni optimallashtirish uchun.

Zaruriy axborot tashqaridan kelib tushadi yoki EET ichida boshqaruv jarayonida ishlab chiqiladi. Boshqaruv jarayonida axborotning eng koʻp hajmi elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash jarayonida ishlab chiqiladi va foydalaniladi. Turli boshqariladigan jarayonlar turlicha oʻzgaradi: tezda, yetarlicha tez boʻlmagan va sekin, tegishlicha boshqaruv ta’sirlarini amalga oshirishning kechikishi ham turlicha, axborotni olish va foydalanish vaqti ham turlicha boʻladi.


Telemexanik vositalar yordamida ta’minlab beriladigan axborot telemexanik axborot deb ataladi. Uni boshqaruv obyektlaridan boshqaruv markaziga (nazorat axboroti) va orqaga (buyruq axborot) uzatishdagi kechikishning taqribiy yoʻl qoʻyilgan diapazonlarini koʻrib chiqamiz:

  • avtomatik avariyaga qarshi tizimlar uchun axborot (teleuzish) – oʻndan bir millisekund;

  • uzgichlar, ajratgichlarni holatini telesignalizatsiyasi – sekundlar;

  • nazorat qilinayotgan parametrlarning teleoʻlchovlari (oniy qiymat) – bir necha oʻndan bir sekund;

  • avtomatik rostlash tizimlari uchun teleoʻlchovlar va telebuyruqlar – bir sekundgacha;

  • teleboshqaruv (TB) – bir necha sekund;

  • javob telesignali (TBdan soʻng) – oʻn sekund;

  • axborot bazalari va OBAK (operativ boshqaruv axborot kompleksi) ma’lumotlari oʻrtasida darajalararo mashinali almashuv – bir necha minut;

  • elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’mol qilish boʻyicha dispetcherlik qaydnomasi – bir soatda bir marta.

Telemexanik axborotning sifati axborotni uzatish zanjiriga kiruvchi barcha qurilmalarining xatoligi (aniqlik klassi) bilan aniqlanadi va foizning bir ulushidan bir necha foizlargacha chegaralarda yotadi.
Bundan tashqari teleaxborotning sifatiga teleuzatishning kechikishi ham sezilarli ta’sir koʻrsatadi. Bu kechikishni kamaytirish uchun bajariladigan oʻlchovlarning chastotasini va axborotni uzatish tezligini oshirishga toʻg’ri keladi, bu esa aloqa kanallarini kengaytirishni va ularning narxini oshirishni talab qiladi. Mavjud kanallarni kengaytirmasdan qoʻllash axborotni qisqartirish usullaridan, xabarlarni uzatishning adaptiv algoritmlaridan, prioritetlar tizimidan foydalanishni talab etadi.
Oʻzbekiston energetika tizimining DBAT ini asosiy tashkil etuvchisi boʻlib operativ – axborot kompleksi (OAK) hisoblanadi.
DBAT OAKning strukturaviy sxemasi 1.2- rasmda keltirilgan.
Teleaxborotni (TA) kiritish dubullangan markaziy qabul qilish – uzatish stansiyalariga (MQUS) TM – 512 va VKT – 1 telemexanik komplekslaridan amalga oshiriladi. Mikroprotsesorli MQUSlar telemexanik qurilmalari va boshqa MQUSlar bilan teleaxborot almashishni, dispetcherlik shitini boshqarishni, hamda ON LINE rejimida ishlovchi teleaxborotni qayta ishlash uchun moʻljalangan ikkita EHM dan biri bilan ahborot almashishni va boshqa sikllik masalalarni, xususan fayl – serverlarida real vaqtdagi ma’lumotlar bazasini shakllantirishni ta’minlab beradi.
OAK tarkibiga kiruvchi barcha EHMlar lokal tarmoqqa birlashgan va ikki guruhga boʻlinadi:

  • tizimi, turli vazifali serverlarni oʻz ichiga olgan;

  • foydalanuvchi, dispetcherlarning, rejimlar xizmati xodimlarining va boshqalarning avtomatlashtirilgan ish joyi (AIJ) oʻz ichiga olgan.

DBAT OAK yordamida MDM dispetcherlik personali quyidagilarni amalga oshiradi:

  • boshqarilayotgan energetik tizimning joriy holatini nazorat qilish (sxemani, rejimlarni, boshqarish vositalarini);

  • oʻtgan hodisalarni retrospektiv tahlili;

  • perspektiv rejimlarni baholash.

EETning joriy va perspektiv holatlari, yuklama grafiklari, dispetcherlik yoʻriqnomalari va direktiv materiallardagi koʻrsatmalarni va tavsiyalarni e’tiborga olgan holda operativ talabnomalar boʻyicha ta’mirlash ishlarini oʻtkazish rejalari haqidagi axborotdan foydalangan holda MDM dispetcherik xodimlari energetik tizim rejimini operativ boshqarishni ta’minlab beradi.


Energetik tizimning joriy holati va rejimini xarakterlovchi teleaxborot, toʻlaligicha avtomatik holda (datchik – telemexanika qurilmasi - OAK) real vaqtda shakllantiriladi va uzatiladi. Teleaxborot tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • EET rejim parametrlarining teleoʻlchovlari (generatorlarning, EUL, transformatorlarning aktiv va reaktiv quvvatlari; tarmoqlarning bog’lash nuqtalaridagi kuchlanish va chastota; elektr energiyani ishlab chiqarish, iste’moli, oqimlari va boshqalar);

  • kommutatsion uskunalarni holatini aks ettiruvchi, avtomatik boshqarish qurilmalarni sozlanishi, ahvoli va ishlash faktlari (RH va A), hamda dispetcherlik boshqaruvning vosita va tizimlarining ahvoli.

Quyida Oʻzbekiston energetika tizimining asosiy nazorat qilinadigan parametrlarning DBAT OAK ba’zi kadrlari keltirilgan.



2.1-rasm Sirdaryo IES ning aktiv yuklama grafigi
.
2.2-rasm Sirdaryo IES ning reaktiv yuklama grafigi.



2.3-rasm Oʻzbekiston IES larning generatsiyalayotgan(ishlab chiqarayotgan) aktiv quvvat grafigi.

2.4-rasm Oʻzbekiston GES larning generatsiyalayotgan(ishlab chiqarayotgan) aktiv quvvat grafigi.



2.5-rasm Oʻzbekiston Respublikasi energotizim elektr stansiyalarining yuklamalari va ishlab chiqarishi

2.6-rasm Oʻzbekiston energotizimining Toshkent qismi sxemasi.



2.7-rasm Oʻzbekiston energotizimining nazorat qilinayotgan parametrlari.

2.3. Ishga topshiriq.





  1. Oʻzbekiston energetika tizimining DBAT OAKi haqida umumiy ma’lumotlar va uning strukturasi bilan tanishish.

  2. EET DBAT ning axborot ta’minoti bilan tanishish.

  3. DBAT maqsadlari uchun axborotni toʻplash, uzatish, qayta ishlash va saqlash prinsiplarini oʻrganish.

  4. Oʻqituvchi rahbarligi ostida Oʻzbekiston EET MDM da ishni bajarish.

2.4. Ishni bajarish tartibi.



  1. Oʻzbekiston energetika tizimi DBAT OAK ishi va axborotni toʻplash, uzatish, qayta ishlash va saqlashni amalga oshirishni oʻrganish.

  2. DBAT OAKning asosiy kompanentlari bilan tanishish.

  3. DBAT OAK dasturiy ta’minoti ishga tushirilgandan soʻng:

  • energetik tizimning nazorat qiluvchi parametrlarini koʻrib chiqish;

  • DBAT OAK dagi ogohlantiruvchi va avariyaviy signalizatsiya ishini oʻrganish;

  • DBAT OAK ma’lumotlari asosida energetik tizim joriy ish rejimini tahlilini bajarish.

2.5. Hisobotning tartibi.



  1. Ishning mavzusi va maqsadi.

  2. Oʻzbekiston energetika tizimining DBAT OAKining vazifasi va strukturaviy sxemasi.

  3. Oʻzbekiston energetika tizimining nazorat qilinuvchi parametrlari.

  4. DBAT OAK ma’lumotlari asosida energetik tizim joriy ish rejimini tahlili.

2.6. Nazorat savollari.



  1. EET DBATning axborot ta’minoti.

  2. Oʻzbekiston energetika tizimi DBAT OAKi vazifasi, masalalari, strukturasi, texnik, axborot va dasturiy ta’minoti.

  3. DBAT maqsadlari uchun axborot qanday toʻplanadi, uzatiladi, qayta ishlanadi va saqlanadi?




Download 1.45 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 1.45 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr energetika tizimlarining holatlarini boshqarish va optimallash

Download 1.45 Mb.