• Kalit so’zlar
  • Elektr energiya sifatini, elektr energiyasi




    Download 50.01 Kb.
    Sana08.06.2022
    Hajmi50.01 Kb.
    #23230
    Bog'liq
    elektr-energiya-sifatini-elektr-energiyasi-isrofiga-ta-siri
    Elektrotexnika materiallari, 4-Mavzu sinflar va dostona funksiyalar, 6-Mavzu Shablonlar va STL komponentlar, 2-Tajriba ishi topshiriqlari, 7 yosh inqirozi uning sabablari va alomatlari, Atestatsiya savollari (5-qism), Kompyuter arxitekturasi fanidan tayyorlagan mustaqil ish, 30g-45, 50B-21, Doc1, 2.2, 1, Risklarni boshqarish TEST.Kunduzgi 100, Cao Lina VKR




    ELEKTR ENERGIYA SIFATINI, ELEKTR ENERGIYASI ISROFIGA TA’SIRI
    Xolov F.A.1
    1Xolov Fazliddin Anvar o’g’li magistrant, Qarshi muhandislik - iqtisodiyot instituti Annotatsiya
    Ushbu maqolada elektr energiyasi sifati ko’rsatgichlarini elektr energiyasi isrofiga ta’siri, texnik, texnologik, hamda tijoriy isroflar haqida hamda ularni bir biriga bog’liqligi, kelib chiqish sabablari va ularni kamaytirish usullari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.
    Kalit so’zlar: texnik isrof, texnologik isrof, tijoriy isrof, nosimmetriya, nosinusoidallik, teskari ketma ketlik, nol ketma ketlik.

    Kuchlanish va chastotaning og'ishi, kuchlanish va toklarning nosinusoidalligi hamda nosimetriyasi kabi elektr energiyasi sifati ko’rsatgichlari elektr tarmoqlarida quvvat va elektr energiyasi isroflariga ta'sir qiladi.


    Amaliyotda isroflarni ∆𝑊 texnik, texnologik va tijorat isroflari hisoblaniladi. Hisoblarda isroflar, tarmoqqa yetkazib beriladigan elektr energiyasi va tarmoqdan chiqarilgan hamda iste'molchi tomonidan to'langan elektr energiyasi o'rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
    Texnik isrof ∆𝑊Т, podstansiyaning o’z extiyoj iste'moli ∆𝑊𝑜′𝑧𝑒𝑥𝑡, sababli isroflar va o'lchash asboblari xatolaridan 𝑊𝑜′𝑙𝑐ℎ kelib chiqadigan texnologik isroflarni tashkil qiladi, chunki ular tarmoqlar orqali elektr energiyasini uzatish jarayonining texnologik extiyojlari va uni qabul qilish hamda iste’molchiga uzatishda o’lchov asboblari yordamida hisobga olish bilan belgilanadi.
    Tijorat isrofi, ∆𝑊К = ∆𝑊 − ∆𝑊Т − 𝑊𝑜′𝑧𝑒𝑥𝑡 − 𝑊𝑜′𝑙𝑐ℎ, ga teng bo’lib "inson omili" ta'sirining natijasi hisoblanadi, elektr energiyasini o'g'irlash, iste'mol qilingan energiyani to’lovini to'liq yoki qisman to'lamaslik va boshqalar bilan bog'liq yo'qotishlarni o'z ichiga oladi.
    Texnologik isroflarda elektr jihozlari va o'lchash vositalarining ish rejimlarida nominal yoki normallashtirilganlardan og'ishlar tufayli qo'shimcha komponentlar shartli ravishda aniqlanishi mumkin.

    Bu isroflarga olib keladigan faktorlardan biri bu elektr energiyasining sifatidir. Nosinusoidal va nosimmetrik rejimlarda qo'shimcha texnologik isroflarni o'lchashning mohiyati va tamoyillarini tushunish uchun tizimdagi quvvat balansini hisobga olish kerak. 1.1 – rasmda sifatni buzuvchi va "sokin" yuklamalarni o'z ichiga olgan elektr tizimining soddalashtirilgan sxemasini ko'rsatilgan. Ushbu sxemaga muvofiq, sifatni buzuvchi yuklamani qiymatini rostlash imkoniyatli xususiyatlarga ega yuklama sifatida ko'rib chiqish kerak. U to’g’ri ketma-ketlikning asosiy chastotasida elektr energiyasini iste'mol qilib, uning bir qismini sifatni buzuvchi energiyasiga (teskari va nol ketma- ketliklarning garmonikalariga) aylantiradi va uni tarmoqqa qaytarib uzatadi, bu esa qo'shimcha isroflarga olib keladi.


    1.1
    rasm. Sifatni buzuvchi yuklama bo’lganda aktiv quvvatlarning yo’nalishlari sxemasi.
    𝑍𝑠𝑖𝑠, 𝑍𝑌1, 𝑍𝑌2— energiya tizimidagi sokin hamda sifatni buzuvchi yuklamamalarni mos ravishdagi qarshiliklari; 𝑃𝑎𝑠.𝑇, 𝑃𝑎𝑠.𝑌1, 𝑃𝑎𝑠.𝑌2— energiya tizimining sokin va sifatni buzuvchi yuklamalarini asosiy chastotadagi to’g’ri ketma ketlik quvvatlarini mos qiymatlari; 𝑃𝑠𝑏𝑢𝑧.С, 𝑃𝑠𝑏𝑢𝑧.𝑌1, 𝑃𝑠𝑏𝑢𝑧.𝑌2 — sifatni buzuvchi iste’molchilarni mos holdagi aktiv quvvatlari, elektr energiyasi sistemasi elementlarida isfatni buzuvchi elementlarni ish rejimlarini rostlash isrofni kamaytirishga olib keladi.
    Quvvat tashkil etuvchilari tok va kuchlanishlarni yuqori garmonikasini tashkil etuvchilarini va simmetrik tashkil etuvchilari bilan aniqlanadi:
    To’rt o’tkazgichli tizim uchun (faza toklari va kuchlanishlari)
    𝑃1 = 3𝑈1𝐼1𝑐𝑜𝑠𝜑1; 𝑃2 = 3𝑈2𝐼2𝑐𝑜𝑠𝜑2; 𝑃0 = 3𝑈0𝐼0𝑐𝑜𝑠𝜑0;


    𝑃𝑛∑ = ∑ ∑√3𝑈𝑛𝐼𝑛 𝑐𝑜𝑠𝜑𝑛
    𝐴𝐵𝐶 𝑛=2
    Uch o’tkazgichli tizimlar uchun (liniya toki va kuchlanishlari)


    𝑃1 = √3 𝑈1𝐼1𝑐𝑜𝑠𝜑1; 𝑃2 = √3𝑈2𝐼2𝑐𝑜𝑠𝜑2;





    𝑃𝑛∑ = ∑ √3𝑈𝑛𝐼𝑛 𝑐𝑜𝑠𝜑𝑛
    𝑛=2
    Isroflarni hisoblash va tahlil qilish nosimmetrik tashkil etuvchilarning garmonik yoki ketma-ketligining mos keladigan chastotasida amalga oshiriladi. Quvvatning aktiv tashkil etuvchisi elektr energiyasining boshqa energiya turlariga aylanishini tavsiflaydi va uch fazali tizimda nosinusoidal va nosimmetrik toklar va kuchlanishlar uchun quyidagilarga teng:
    𝑃 = 𝑃1 + 𝑃𝑛∑ + 𝑃2 + 𝑃0
    Faraz qilaylik, yuqori garmoniklar energiyasi teskari hamda nol ketma-ketlikda hech qanday foydali ish bajarmaydi. Keyin nosinusoidal, nosimmetrik toklar va kuchlanishlarga ega bo'lgan elektr iste’molchilar yoki elektr tizimining bir qismi uchun qo'shimcha quvvat isroflari, sifatni buzuvchi quvvatlarni yig'indisiga teng va u quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:∆𝑃𝑞𝑜′𝑠ℎ = 𝑃𝑛∑ + 𝑃2 + 𝑃0
    Qarshiligi r bo’lgan tizimdagi aktiv quvvat isrofi ∆𝑃н qo’llaniladigan kuchlanish U
    qiymatiga bog’liq.



    ∆𝑃н =
    𝑃2 + 𝑄2
    𝑈2 𝑟,

    Bu yerda Р va Q — tarmoq elementi uzatayotgan aktiv va reaktiv quvvat.
    Salt ishlash holatidagi quvvat ∆𝑃𝑥 aktiv o’tkazuvchanlikga ega bo’lgan elementdagi o’tkazuvchanlik g orqali quyidagi ifodadan topiladi.
    ∆𝑃𝑥 ≈ 𝑈2𝑔
    в

    Bu yerda 𝑈в— tarmoq elementining kuchlanishi (liniya kompensatsiyalovchi qurilma va boshqalar) yoki yuqori tomondagi kuchlanish (transformatorning).
    Oxirgi ikki ifodadan kelib chiqadiki yuklama tufayli hosil bo’ladigan isroflarni kamaytirish uchun kuchlanish qiymatini oshirish ikkinchi holatda esa salt ish holatidagi yuklamani o’zini qiymatini kamaytirish kerakligini ko’rishimiz mumkin.

    Muayyan elektr energetika sistemasi uchun minimal isroflarga mos keladigan optimal kuchlanish qiymatlari uning barcha kuchlanish sinflari tarmoqlarining tuzilishi va ish rejimlariga bog'liq. 110 kV kuchlanishli tarmoqlarda yuklama isroflari, salt ish rejimi isroflari va iqlimiy isroflar yig'indisi bilan solishtirilganda birinchi isrof yuqoriroq, 6 – 35 kV li kuchlanishli tarmoqdagi salt ish rejimi isrofi va iqlimiy isroflar, yuklama isrofalariga qaraganda yuqoriroqdir. Shunday qilib, elektr energetikasi tizimining tarmoqlarida kuchlanishni rostlash bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ulardagi isroflarni tarkibini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
    Nosinusoidalligi 5% dan kam bo'lgan tarmoqdagi qo'shimcha texnik isroflar ahamiyatsiz va KU koeffitsientining 7-15% gacha ko'tarilishi bilan yuqori garmonikadan isroflar 10-12% ga yetishi mumkin. Elektrlashtirilgan temir yo'l transporti tarmoqlarida yuqori garmonikadan aktiv quvvatning qo'shimcha isrofi darajasi asosiy chastotadagi isroflarning 10-15% gacha bo'lishi mumkin. Elektr ta’minoti tizimida elementlardagi yuqori garmonikadan eng yuqori qiymatdagi isroflar rezonans rejimlarida sodir bo'ladi. Kuchlanish nosimetriyasi elektr tarmog'ining barcha elementlarida quvvat va elektr energiyasi isrofining oshishiga olib keladi, bu esa teskari va nol ketma-ketlik toklarining oqimi bilan bog'liq. Shunday qilib sifat ko’rsatkichlari past bo’lgan elektr energiyasini uzatilishi taqsimlash va iste’mol qilish qo’shimcha elektr energiyasini isrofini keltirib chiqarishini hisobga olish lozim.

    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.



    1. Висящев, А. Н. Метод определения параметров схем замещения потребителей для оценки их влияния на искажение напряжения в электрической сети / А. Н. Висящев, Д. С. Федосов // Повышение эффективности производства и использования энергии в условиях Сибири: материалы Всероссийской научнопрактической конференции с международным участием (Иркутск, 26-30 апреля 2011 г.). – Иркутск: Изд-во ИрГТУ, 2011. – С. 321-325.

    2. Афанасенко, А. С. Оценка влияния потребителей и энергоснабжающей организации на искажение напряжения в точке общего присоединения / А. С. Афанасенко, Д. С. Федосов // Вестник Иркутского государственного технического университета. – 2011. – № 11(58). – С. 190-193.

    3. Баглейбтер, О. И. Разработка математических моделей и методов для оценки влияния участников системы электроснабжения на качество электроэнергии: автореф. дис. … канд. техн. наук: 05.13.18: защищена 26.10.06 О. И. Баглейбтер. – Иркутск, 2006. – 20 с.: ил





    Download 50.01 Kb.




    Download 50.01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektr energiya sifatini, elektr energiyasi

    Download 50.01 Kb.