|
INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCEBog'liq 173-175 (1)INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE
June , 2022 Boston, USA
174
-Elektr energiyasini hisobga olishning ishonchliligini va tezkorligini
oshirishga erishish;
-Elektr energetik tizimlarning texnik holatlarining avtomatik nazorat
qilinishini ta’minlash;
-iste’molchilar o‘rtasida energiya va quvvat taqsimlanishining turli
boshqarish sxemalarini ishlatish;
- korxonaning ish samaradorligini oshirish. ENHAT tarkibiga quyidagilar
kiradi:
- elektr energiya va quvvat hisoblagichlari (raqamli, interfeysli yoki impuls
chiqishli); -ma’lumotlarni yig‘ish va uzatish qurilmasi (multipleksorlar,
telesummatorlar va boshqalar);
Umumiy holda ENHAT tuzilmasini quyidagi to‘rtta pog‘onaga ajratish
mumkin (1.1.1-rasm): birinchi pog‘ona – hisobga olish nuqtalari bo‘yicha
iste’molchilarning elektr energiyasi parametrlarini (elektrenergiyasi, quvvati
iste’moli va boshqalar) o‘lchashni o‘rtacha minimal intervalli yoki uzluksiz amalga
oshiriladigan telemetrik yoki raqamli birlamchi o‘lchash asboblari (BO‘A)
(hisoblagichlar);
ikkinchi pog‘ona – berilgan siklda butun sutka davomida hududiy
taqsimlangan BO‘A dan o‘lchash ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash va yuqori
pog‘onalarga uzatishni amalga oshiradigan maxsus o‘lchov tizimlari yoki energiyani
hisobga olishni o‘rnatilgan DT ko‘p funksiyali dasturlanadigan o‘zgartirgichlari
bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish va tarqatish qurilmalari (MYTQ); uchinchi pog‘ona
– MYTQ dan (yoki MYTQ guruhidan) axborotlarni yig‘ish, bu axborotlarni hisobga
olish nuqtalari bo‘yicha hamda ularning guruhlari bo‘yicha, ya’ni korxona
bo‘linmalari va obyektlari bo‘yicha yakuniy qayta ishlash, bosh energetik xizmati
operativ personali va korxona rahbariyati ma’lumotlarni tahlil etishi va yechimni
qabul qilishi (boshqarishi) uchun qulay bo‘lgan ko‘rinishda hisobga olish
ma’lumotlarini aks ettirilishi va hujjatlashtirilishini amalga oshiradigan pog‘ona.
|
| |