32
Qo‗l yoki oyoqni jgut bilan bog‗laganda uni juda qattiq tortib bog‗lash
yaramaydi, chunki jgut qon oqishini to‗xtatadigan darajada tomirni siqib tursa bas,
aks holda shikastlangan kishining asab tomirlari siqilib qoladi. Agar qon oqishi
batamom to‗xtamasa, jgutni yana bir oz tortib bog‗lash kerak.
Jgutni qo‗l yoki oyoqda 1,5-2 soatdan ortiq qoldirish mumkin emas. Jgut
bundan ko‗p tursa qo‗l yoki oyoqning jgutdan pastdagi qismi yiringlaydi. Bo‗g‗ib
bog‗langan jgut juda qattiq og‗ritadi, shu sababli ba‘zan
jgutni biroz vaqt olib
turishga to‗g‗ri keladi.
Bunday hollarda jarohatga boradigan qon tomirini barmoqlar bilan bosib,
so‗ngra jgut yechiladi. Shikastlangan kishi og‗riqdan
bir oz dam olib, qo‗l yoki
oyoqqa qon borganidan so‗ng, jgut qaytadan bog‗lanadi. Jgutni birdan yechmay,
asta-sekin bo‗shatish kerak.
Rezinali lenta kabi cho‗ziladigan narsa bo‗lmaganda, qo‗l
yoki oyoqni
galstuk, kamar, ro‗mol yoki sochiq, chizimcha, tasma va shunga o‗xshash
cho‗zilmaydigan narsalar bilan bog‗lab burama qilish mumkin (
14-rasm).
Burama qilinadigan material yuqoriga ko‗tarilgan va biror yumshoq narsaga
o‗ralgan qo‗l yoki oyoqqa bir marta o‗raladi va uchini
tashqi tomonga chiqarib
tugun qilib bog‗lanadi. Shu tugun (yoki tugun tagi) ga cho‗p tiqib qon
to‗xtaguncha buraladi.
Burmani juda qattiq burash ham yaramaydi. Cho‗pni keragicha buraganidan
so‗ng, bo‗shashib ketmaydigan qilib bog‗lab qo‗yiladi.
Shikastlangan kishining burni qonayotgan bo‗lsa, uni yotqizib yoki o‗tqazib
qo‗yish, boshini
sal orqaga engashtirish, yoqasining tugmalarini yechish,
qanshariga sovuq bog‗lam (примочка) qo‗yish, barmoqlar
bilan burnini siqish
kerak.