33
bilan yechish, yaxshisi qirqib olish kerak.
Kuyishdan hosil bo‗lgan jarohat ifloslansa, yiring
boylaydi va bitishi uzoq
vaqtga cho‗zilib ketadi. Shu sababli, kuygan joylarga qo‗l tekizishga yoki biror
maz, moy, vazelin yoki eritma surish aslo yaramaydi.
Kishining kuygan joylarini yangi jarohat singari bog‗lash, ya‘ni unga
paketdan olingan steril material yoki
dazmollangan toza latta yopib, ustiga paxta
qo‗yish va bint bilan yaxshilab o‗rash, shundan so‗ng shikastlangan kishini
davolash muassasasiga yuborish kerak. Bu yeng oddiy va oson usul bo‗lib, kuygan
joyning tezroq tuzalishi uchun foyda beradi.
Kishi nimadan kuygan bo‗lmasin, ya‘ni bug‗,
kuchlanish yoyidan yoki
qaynoq mastika, kanifol va boshqalardan kuyadimi, hamisha birinchi yordam
berishning shu usulini qo‗llanish kerak. Bunda kuyishdan hosil bo‗lgan pufaklarni
yorish,
yopishib qolgan mastika, kanifol yoki smolali moddalarni ko‗chirish
yaramaydi, chunki ular bilan birga teri ham ko‗chishi, natijada jarohatga turli
mikroblar tushishiga imkon tug‗ilishi, so‗ngra jarohat yiring boylashi mumkin.
Shuningdek, kuygan kiyimning yopishib qolgan parchalarini ham ko‗chirib olish
yaramaydi, zarur bo‗lsa, ularni o‗tkir qaychi bilan qirqib olish kerak.
Kuchlanish yoyidan ko‗z kuyganda, ko‗zga
borat kislotasidan sovuq
bog‗lamlar (примочка) qo‗yish va shikastlangan kishini darhol tibbiyot
muassasasiga yuborish lozim.
Kimyoviy moddalar, asosan kuchli kislotalarning (sulfat kislota, azot kislota,
xlorid kislota) va o‗yuvchi ishqorlar (kaustik soda va kir sodasi, so‗ndirilmagan
ohak va hokazo) ta‘siri bilan kuyganda tezda kran
yoki chelakdan suv oqizib
qo‗yib, terining zararlangan joylarini 10-15 daqiqa davomida yuvish kerak.
Kuygan qo‗l yoki oyoqni toza suv bilan to‗ldirilgan tog‗ora, bochka yoki
chelakka tiqib, shu suvda chayib yuvsa ham bo‗ladi.
Terining kuygan joylarini suv bilan yaxshilab yuvilganidan so‗ng, unga
bog‗lam (примочка) qo‗yish mumkin, masalan:
- kislotadan kuyganda soda eritmasidan (bir stakan suvga bir choy qoshig‗i
soda);
34
- ishqorlardan kuyganda - sirkaning kuchsiz eritmasidan (sal nordon bo‗lsa
kifoya) yoki borat kislotasidan (bir stakan suvga bir choy qoshiq) bog‗lam
(примочка) qo‗yiladi.