• «Qurilishda texnika
  • Электр хавфсизлиги




    Download 4.25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/163
    Sana01.11.2023
    Hajmi4.25 Mb.
    #92979
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   163
    Bog'liq
    Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК
    REGLAMENT 910, ISHLAB CHIQARISHDA MUQOBIL MUHITNI TA, 7-mavzu. Tarbiya jrayonlarida milliy qadriyatlarning o`rni, O\'QIVCHILARNING GEOGRAFIYA OLIMPIADAGA TAYYORLASHNING USLUBIY YONDASHUVLAR 1, Badiiy obraz, Matematika рус (1), Informatika fanidan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalash , Документ Microsoft Office Word, Differensial tenglamalar uslubiy ko\'rsatma(2020-2021), Abu nasr forobiyning ijtimoiy falsafiy qarashlari..refera
    3.2. Ishni bajarish tartibi 
    Ishlab turgan elektr uskunada bajariladigan ishlar naryad bilan olib bori-lishi 
    kerak. Naryad nusxasi va uni to‗ldirishga oid ko‗rsatma 5-ilovada ko‗rsatilgan. 
    O‗zboshimchalik bilan ishlash, hamda naryad yoki farmoyishda 
    ko‗rsatilgandan ortiq ish bajarish, ish joyini va ish hajmini kengaytirish man 
    qilinadi. 
    Naryad bilan ish bajarilayotgan elektr uskunada har qanday boshqa ishni 
    olib borish, naryad bilan ish olib borayotgan shaxs yoki ushbu naryadni bergan 
    shaxs bilan kelishilgan holda bajarilishi lozim. 
    Kelishuv, ish joyini tayyorlashdan oldin, naryadda «Kelishildi» degan so‗z 
    yozilib, kelishilgan shaxs imzosi bilan rasmiylashtiriladi. 
    1000 V kuchlanishdan yuqori bo‗lgan elektr uskunasini, hamda kuchla-
    nishidan qat‘iy nazar havo elektr uzatish tarmog‗ini to‗liq ta‘mirlash, texnologik 
    karta yoki ish bajarish loyihasi bilan bajarilishi shart. 
    Elektrstansiya va podstansiyalarning 1000 V kuchlanishgacha bo‗lgan elektr 
    uskunalari va kabel elektr uzatish tarmog‗ida kuchlanish ostida ish 
    bajarilayotganda, quyidagilarni bajarish lozim: 
    - ish joyiga yaqin joylashgan kuchlanish ostidagi to‗satdan tegib ketish 
    ehtimoli bo‗lgan elektr uskunani to‗sish; 
    - dielektrik kalishda yoki izolyatsiyalangan taxtachada yoki dielektrik 
    gilamchada turib ishlash; 
    - izolyasiyalangan dastakli asboblar yordamida (otvyortkada bundan tashqari 
    sterjeni ham izolyatsiyalangan bo‗lishi kerak) ishlash, mabodo bunday asbob 
    bo‗lmasa, dielektrik qo‗lqopdan foydalanish; 


    43 
    Yengi kalta yoki yengi shimarilgan kiyimda ishlash, shuningdek pichoq, 
    arra, egov, metalli metr va boshqa shunga o‗xshash asboblardan foydalanish man 
    qilinadi. 
    Agar elektr uskuna ichida egilib ishlayotgan shaxs qaddini rostlaganda, 
    elektr uskunani tok o‗tkazuvchi qismi bilan shaxs orasidagi masofa 1-jadvalda 
    ko‗rsatilgan masofadan kam bo‗ladigan bo‗lsa, bunday holatda ishlash man qi-
    linadi. 
    6-110 kV kuchlanishli elektrstansiya va podstansiyalarning elektr usku-
    nasidagi to‗siqsiz tok o‗tkazuvchi qismi, ishlayotgan shaxsning orqa yoki ikki yon 
    tomonida joylashgan holatlarida ish bajarishi man qilinadi. Kuchlanish ostida 
    bo‗lgan uskuna izolyatorlariga himoya vositalarsiz tegish man qilinadi. 
    Havo elektr uzatish va aloqa tarmoqlarni kuchlanish ostidagi qismini 
    (simlar, trosslarni) ulash yoki kesishdan oldin ularning potensiallarini 
    tenglashtirish kerak. Qismlar potensialini tenglashtirish esa, ularni (kesilishi kerak 
    bo‗lgan joyning ikkala tarafini) bir-biriga sim orqali ulash yoki bo‗linishi kerak 
    bo‗lgan qismining ikkala tomonini alohida-alohida yerga ulab, so‗ngra ularni har 
    birini umumiy bir yerga ulagich uskunasiga ulash kerak. 
    Elektr himoya vositalaridan foydalanib (izolyatsiyalangan shtanga va 
    ombirdan, o‗lchov shtangasi va ombirdan, kuchlanishni o‗lchovchi asboblar bilan) 
    ishlaganda, xodimning shu himoya vositalarini izolyatsiyalangan qismi 
    uzunligidan boshlab, elektr uskunaning kuchlanish ostida bo‗lgan tok o‗tkazuvchi 
    qismigacha bo‗lgan masofagacha yaqinlashishga ruxsat etiladi. 
    Ochiq taqsimlovchi elektr uskuna va havo elektr uzatish tarmog‗i kesishgan 
    oraliqda kuchlanish ostida bo‗lgan simdan pastda joylashgan sim (tross) va unga 
    tegishli izolyator va armaturalarni almashtirishda, yuqorida joylashgan kuchlanish 
    ostida bo‗lgan simga, almashtirish uchun mo‗ljallangan simni siltab tortganda, 
    tegib ketmasligi uchun ushbu o‗zgartirilayotgan sim ustiga tabiiy yoki sintetik 
    toladan to‗qilgan arqon tashlanadi. 


    44 
    Kesishgan oraliqda joylashgan simning ikki tomonidan ikkala tarafga arqon 
    tashlab, uning uchlarini langar, inshoot poydevoriga yoki boshqa joyga tortib 
    mahkamlash zarur. Simni (trossni) ko‗tarish asta-sekin bir me‘yorda bo‗lishi kerak. 
    Podstansiya va elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish ostidagi simlardan 
    yuqorida joylashgan simlar, hamda ularga tegishli izolyator va armaturada ishlash, 
    korxona rahbariyati tasdiqlangan ish bajarish loyihasi bo‗yicha olib bori-lishi 
    kerak. Ish bajarish loyihasida simni osilib tushib ketmasligi chorasi, hamda ishlab 
    turgan elektr uzatish tarmog‗i ta‘sirida hosil
    bo‗lgan kuchlanishga qarshi himoya 
    choralari ko‗zda tutilishi kerak. Bunday ishlarni bajarishda kesishgan oraliqda 
    joylashgan simdan kuchlanishni olmasdan turib, simni almashtirish man qilinadi. 
    Xodim doimo shuni esda tutishi kerakki, agar elektr uskunada kuchlanish 
    to‗satdan yo‗q bo‗lib qolsa, ogohlantirmasdan unga yana kuchlanish berilishi 
    mumkin. 
    Qorong‗i tushgan paytda ish olib berilayotgan joy, yo‗laklar, u yerga borish 
    yo‗li va ish joyi yoritilgan bo‗lishi shart. Yoritilish darajasi bir xil bo‗lib, ishchi 
    ko‗zini tindirmasligi kerak. Yoritilmagan joyda ishlash man qilinadi.
    Momaqaldiroq paytida havo elektr uzatish tarmog‗i, havo aloqa tarmog‗i, 
    ochiq va yopiq taqsimlovchi elektr uskunalaridan chiqqan elektr uzatish tarmog‗ida 
    va elektr tarmog‗idagi ajratgichda, havo elektr tarmog‗iga ulangan kabelda, hamda 
    aloqa apparatlari joylashgan xonaning aloqa liniyasi kirgan qismida va antenna-
    ustun joylashgan inshootlardagi barcha ishlar to‗xtatilishi kerak. 
    Elektrstansiya va podstansiyani ishlab turgan elektr uskunalar joylashgan 
    binosida (boshqarish uskunasi, rele himoyasi va shu uskunalar joylashgan binodan 
    tashqari), yopiq taqsimlovchi elektr uskuna, ochiq taqsimlovchi elektr uskuna, 
    quduq, yer osti yo‗li va xandaqlarda ishlovchi barcha ishchilar, hamda havo elektr 
    uzatish tarmog‗ida xizmat qiluvchi va joriy ta‘mirlovchi barcha xodimlar himoya 
    kaskasidan foydalanishi shart. 
    Kompressor va havo yig‗uvchi qurilmasi, akkumulyator batareyasi, hamda 
    zaryadlovchi uskunalarga xizmat qiluvchi xodim, elektr xavfsizligi bo‗yicha III 
    guruhga ega bo‗lishi kerak. 


    45 
    Boshqarish shitida va taqsimlovchi elektr uskunalarida joylashgan 
    hisoblagich, hamda boshqa o‗lchov asboblarning ko‗rsatkichlarini korxona yoki 
    boshqa tashkilot xodimi (xizmat safariga kelgan xodimning huquqidan 
    foydalangan kabi) yakka o‗zi navbatchi ruxsati bilan yozib olishi mumkin. 
    Agar elektr uskunada navbatchi bo‗lsa, bu xodim elektr xavfsizligi bo‗yicha 
    II guruhga, navbatchisiz elektr uskunada esa, III guruhga ega bo‗lishi kerak. 
    Yer kovlash va tekislash ishlarini bajarishda, «Qurilishda texnika 

    Download 4.25 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   163




    Download 4.25 Mb.
    Pdf ko'rish