• Elektr energiyasi va tabiiy gaz aholining kundalik ehtiyojlari uchun eng zarur manbalardan hisoblanadi.
  • O‘z-o‘zini nazorat qiladigan “aqlli” hisoblagichlar
  • YANGI ELEKTR HISOBLAGICHLAR QANDAY AFZALLIKLARGA EGA?




    Download 2.8 Mb.
    bet2/3
    Sana28.06.2022
    Hajmi2.8 Mb.
    #24522
    1   2   3
    Bog'liq
    Elektr hisoblagichlari haqida asosiy ma
    12, MUNDARIJA, Urushning songgi qurboni hikoyaotkir , 1, 3-Mavzu, 8-maʼruza-matni, 222хисобот, Экология-2, vIDpwGKsE6-ZCiS8h1WSnb5t2Ib-R3d2, Struktura amaliy1, 21-Mavzu, Reaktiv sinxron elektr mexanik o’zgartgichning tuzilishi, ishlas, 9, 7
    YANGI ELEKTR HISOBLAGICHLAR QANDAY AFZALLIKLARGA EGA?

    Avvalgi hisoblagichlarda sanoqli ma’lumotlar jamlangan bo‘lsa, tizimga ulanganlarida 40 taga yaqin ma’lumotni ko‘rish imkoniyati mavjud bo‘lib, xonadon sohibiga taxminan 25 yilgacha xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.




    Elektr energiyasi va tabiiy gaz aholining kundalik ehtiyojlari uchun eng zarur manbalardan hisoblanadi.
    Ulardan samarali foydalanish tizimini yo‘lga qo‘yish esa aholining ham vaqtini, ham naqdini tejashga xizmat qiladi.
    Prezidentimiz raisligida 14 sentyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish hamda nazorat qilish avtomatlashtirilgan tizimlarini to‘liq joriy etish masalalari tahlil etildi. Joriy yilning 28 sentyabrida Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
    Qo‘yilgan vazifalarni izchillik bilan amalga oshirish maqsadida ayni vaqtga qadar joylarda qariyb 4 million dona elektr hisoblagich o‘rnatilib, ulardan 2 milliondan ortig‘i joriy etilayotgan avtomatlashtirilgan tizimga ulandi. Energetika vazirligi tizimidagi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan joriy yil yakunigacha yana 3,5 million dona shunday hisoblagich o‘rnatilib, 2021 yil 1 martga qadar elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini to‘liq ishga tushirish ko‘zda tutilgan. Mazkur jarayonlar 2021 yil 1 yanvardan boshlab elektr energiyasi hisobini to‘liq yo‘lga qo‘yish, to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq undirishni ta’minlash, tizim orqali aniqlangan xatoliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish ishlarini tashkillashtirish kabi vazifalarni amalga oshirish bilan bir vaqtda olib boriladi.

    O‘z-o‘zini nazorat qiladigan “aqlli” hisoblagichlar
    Avtomatlashtirilgan tizim inson omili ta’sirisiz hisoblagich ko‘rsatkichlarini qayd etish, qarzdorlik mavjud bo‘lganda tarmoqdan ajratish, bartaraf etilgandan keyin unga qayta ulashning avtomatlashtirilgan mexanizmidir. Bugungi kunda iste’molchilarning mavjud elektr hisoblagichlarini joriy etilayotgan avtomatlashtirilgan tizimga o‘tkazishning imkoni yo‘q. SHu bois, respublikamizda yangi tizimga mos keluvchi elektr hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
    Amaldagi elektr hisoblagichlarni yangisiga almashtirishda aholidan hech qanday ortiqcha xarajat talab qilinmaydi. Ularni olib borib, o‘rnatib berish ishlarining bari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xodimlari tomonidan bepul amalga oshiriladi. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 522 million AQSH dollariga teng. Uning ilk bosqichi Osiyo taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilib, 150 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratilgan va Janubiy Koreyaning “KT Corporation” kompaniyasi bilan hamkorlikda Jizzax, Samarqand va Buxoro viloyatlarida amalga oshirilmoqda. 
    Respublika bo‘yicha elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini to‘liq joriy etish uchun joriy yil yakuniga qadar 7 million 418 mingta elektr hisoblagich o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar bu reja 54 foizga bajarildi.
    Hisoblagichlarni o‘rnatish bilan parallel tarzda ularni avtomatlashtirilgan tizimga ulash ishlari ham olib borilyapti.
    YAngi elektr hisoblagichlar haqida aniq tasavvurga ega bo‘lmagan ayrim fuqarolar orasida uning o‘rnatilishidan norozi bo‘layotganlar ham uchrab turibdi. Ammo qurilma nafaqat tizim mutaxassislari, balki aholi uchun ham foydalanishda qulay va bir qator afzalliklarga ega.
    — Elektr energetikasi sohasida hisob-kitobning yo‘qligi, debitor qarzdorlikning yildan yilga o‘sib borishi tizimni tubdan isloh qilish, mavjud elektr ­hisoblagichlarni avtomatlashgan turdagilariga almashtirish zaruratini yuzaga keltirdi, — deydi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Jahongir Obidjonov. — Amaldagi elektr hisoblagichlar elektron bo‘lsa-da, avvalgi aylanadigan diskli (induksion) hisoblagichlardan faqat ko‘rinishi bilangina farq qiladi. Ularning har ikkalasi orqali, afsuski, ma’lumotlarni masofadan olish va boshqarishning imkoni yo‘q. Hisoblagichlarni har safar ko‘rikdan o‘tkazish, undan ko‘rsatkichlarni yozib olish va hisob-kitob qilish uchun dasturga kiritishga har bir iste’molchiga hududiy elektr tarmoqlaridan xodim borishi talab etiladi. Bugungi kunda 7 million 400 mingdan ortiq iste’molchida shunday hisoblagich borligini hisobga olsak har oy ularning hammasini ma’lumotini to‘plash oson kechmasligi ma’lum bo‘ladi. Muntazam ravishda hisoblagich ko‘rsatkichlarini qayd etish maqsadida joylarga chiqish uchun 8 ming ishchi olinib, ularning har biriga oylik maosh to‘langan. SHuningdek, qarzdorligi mavjud bo‘lganlarning xonadoniga ikki nafar xodim borib, iste’molchini elektr tarmog‘idan uzishi va qarzdorlik to‘langanidan so‘ng qayta tarmoqqa ulashi uchun ham muayyan vaqt hamda ortiqcha mablag‘ sarflanar edi. Eng achinarlisi, uzatilgan elektr hisobini yuritish, iste’molchilar kesimida balansini chiqarish uchun ko‘p vaqt talab etilishi hisobiga ma’lumotlar korxonaning moliyaviy hisobotlariga kech kiritilar, natijada bu jarayon 6 oygacha cho‘zilib ketardi.
    Ana shu kamchiliklarning oldini olish hamda aholiga uzluksiz va sifatli elektr energiyasini etkazib berishni ta’minlash maqsadida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga o‘tilmoqda.
    Avtomatlashtirilgan tizimga ulangan elektr hisoblagichlardan foydalanish, avvalo, fuqarolarga qulaylik tug‘diradi. Avvalgi hisoblagichlarda sanoqli ma’lumotlar jamlangan bo‘lsa, tizimga ulanganlarida 40 taga yaqin ma’lumotni ko‘rish imkoniyati mavjud bo‘lib, xonadon sohibiga taxminan 25 yilgacha xizmat qilishi ko‘zda tutilgan. CHunki ular mahalliy korxonalar tomonidan jahon standartlari asosida yurtimiz iqlim sharoiti, xususan, havoning eng issiq va eng sovuq darajasiga moslashtirilgan holda ishlab chiqarilmoqda.
    Hisoblagichni sozlash bilan bog‘liq muammolarda ham fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligiga hojat qolmaydi. Tizimga ulanish jarayonida kamchilikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa yoki ishlashi bilan bog‘liq boshqa muammolar yuzaga kelganda, hisoblagich tizimga avtomatik xabar yuboradi va mutaxassislar kelib, nuqsonni bartaraf etadi.
    — YAna bir qulay jihati, hisoblagichlar to‘liq avtomatlashtirilgan tizimga ulanishi hisobiga unga inson omili ta’siri butkul cheklanadi, — deydi Jahongir Obidjonov. — YA’ni hisoblagich ko‘rsatkichlarini qayd etish, qarzdorlik mavjud bo‘lganda tarmoqdan ajratish, qarzdorlik bartaraf etilganda, tarmoqqa qayta ulashning bari avtomatlashtirilgan tizim asosida amalga oshiriladi. Natijada hisoblagich ko‘rsatkichlarini qayd etish uchun xonadonlarni doimiy ko‘rikdan o‘tkazish kerak bo‘lmaydi.
    Odatda elektr energiyasidan foydalanishni bilamiz-u, uning to‘lovlariga kelganda ishni ortga suramiz. Natijada uzatilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmagani tizimda qator muammolarni yuzaga keltira boshlaydi. Bugungi kunda respublika bo‘yicha elektr energiyasidan iste’molchilarning 3,4 trillion so‘m qarzdorligi mavjud bo‘lib, uning 2,4 trillioni aholi ulushiga to‘g‘ri keladi. Qarzdorlik bo‘yicha eng katta ko‘rsatkichlar Samarqand, Farg‘ona va Namangan viloyatlari iste’molchilari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
    Hududlarda joriy etilayotgan yangi tizim mazkur muammolarning echimi bo‘la oladi. Xususan, yangi hisoblagichlar o‘rnatilishi va elektr energiyasini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimga o‘tkazilishi natijasida 7 ta tuman va shaharda elektr energiyasi uchun to‘lovlarning undirilishi 40 foiz oshib, mavjud debitor qarzdorlik 20 foiz qisqardi.
    Hisoblagichning ko‘rsatkichini o‘zgartirish (aylantirish) maqsadida tashqi ta’sir o‘tkazish va boshqa noqonuniy harakatlarni endi “aqlli” tizimdan yashirishning imkoni bo‘lmaydi. Buning boisi, hisoblagich har qanday tashqi ta’sirni o‘z xotirasiga yozib oladi va bu ma’lumotlarni qayta ishlash markazlariga yuboradi.


    Download 2.8 Mb.
    1   2   3




    Download 2.8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    YANGI ELEKTR HISOBLAGICHLAR QANDAY AFZALLIKLARGA EGA?

    Download 2.8 Mb.