Elektr podstаntsiyasining yongʼin xаvfsizligini tа'minlаshning sаmаrаli yechimlаri




Download 14.81 Kb.
Sana26.06.2022
Hajmi14.81 Kb.
#24448
Bog'liq
ELEKTR PODSTАNTSIYASINING YONGʼIN XАVFSIZLIGINI TА
11YOZMAINFORM, 9-ilova Duysenbaev Qallibek, 8 sinflar uchun faqat test savollari

ELEKTR PODSTАNTSIYASINING YONGʼIN XАVFSIZLIGINI TА'MINLАShNING SАMАRАLI YECHIMLАRI
«...energetika kompleksini jadal rivojlantirmay, mustahkam energetika bazasini tashkil etmay turib biron bir tarmoqni yuksaltirib boʼlmaydi». Darhaqiqat, muhtaram, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ushbu soʼzlarining isbotini har qadamda sezish mumkin. Chunki hozirgi kunda deyarli hamma sohani, neft-gaz, mashinasozlik, kimyo, radiotexnika, aloqa, elektroavtomatika, toʼqimachilik, yengil sanoat kabi bir qancha sohalarni hatto-ki kundalik turmushimizda ishlatilayotgan deyarli barcha qurilmalarni olmaylik bularning barchasini elektr energiyasiz tasavvur qilish mumkin emas.
Tabiiyki yurtimizda bu sohalarning jadal suratlarda oʼsib borayotganligi insonlar yashash sharoitini shinamlashayotgani ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanishi yaʼni mehnatning elektr qurollaridan foydalanishlar keskin ravishda yuksalishi bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish rivojlanayotgan bir paytda muhim ahamiyatga ega boʼlib - elektr uskunalarining yongʼin xavfsizligini taʼminlash, hamda ulardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga qatʼiy rioya qilish hisoblanadi. Buning uchun nafaqat soha xodimlari, balki barchamiz elektrotexnikaning, yaʼni elektrotexnik qurilmalar haqida maʼlum bir tushunchalarga ega boʼlishimiz lozim.
Elektrotexnikaning asosiy vazifalaridan biri elektr energiyasini bir joydan ikkinchi joyga uzatishdan iboratdir. Chunki elektr energiyasining isteʼmolchilari aksariyat hollarda yoqilgʼi va gidroresurslar tabiiy joylashgan rayonlarga qurilgan elektr stantsiyalaridan bir necha oʼnlab va yuzlab kilometr masofalarda joylashadi. Elektr energiyasini uzatish liniyalarida esa quvvatning issiqlikka sarf boʼladigan isrofi va kuchlanishning pasayishi doimo mavjuddir. Liniyaning uzunligi ortgan sari bu koʼrsatkichlar ham ortib boradi. Elektr tokining toʼla quvvati (S=IU)ni oʼzgartirmagan holda uni turli kuchlanish va tok bilan uzatish mumkin.
Tok kuchini kamaytirish uzatish simlarining koʼndalang kesimini kichraytirishga va ishlatilayotgan rangli metallar miqdorini tejashga imkon beradi. Bundan tashqari, elektr podstantsiyalaridagi uskunalarda yongʼin chiqish sabablarini oʼrganish ularning yongʼin xavfsizligini taʼminlashda alohida oʼrin tutadi. Elektr qurilmalarining ekspluatatsiya qilishdan kelib chiqishi mumkin boʼlgan yongʼin xavfi elektr tarmogʼida mashina va apparatlarda yonishi mumkin boʼlgan himoya qatlami (paxta va ipak, rezina, lok mato, qogʼoz, karton, polistirol, polietilen, polixlorvinil, transformator moyi) va yongʼin manbai (qisqa tutashuv va ortiqcha yuklanishlar natijasida uchqun hamda elektr yoy) borligi sababdir. Podstantsiyalarning elektr qurilmalarida yongʼin xavfini oldini olish uchun quyidagi yongʼinga qarshi takliflar tavsiya etildi: - podstantsiya transformatorlarining joylashuvi ochiq maydonda boʼlsa yongʼin xavfi boʼlgan P-III hudud sinfiga mansub. Shuning uchun podstantsiyada mavjud barcha qurilmalar meʼyoriy hujjatlar talabi asosida belgilangan muddatlarda tekshirilib, nazoratni kuchaytirish lozim.
Podstantsiyaning elektr taʼminotini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya jarayonlarida quyidagi masalalarni echish talab etiladi. 1. Bosh pasaytiruvchi podstantsiya (BPP) va boshqa podstantsiyalar qurilmalarining joylanish oʼrnini toʼgʼri tanlash. Bu vazifani ratsional bajarish elektr tarmoqlarida ishlatiladigan liniyalar uzunliklarini kamaytiradi, energiyaning sifatini orttiradi va nobudgarchiliklarni kamaytiradi. 2. Korxonaning kutilayotgan yuklamasini aniqlash. Hisobiy yuklamani toʼgʼri aniqlash elektr taʼminoti tizimini optimallashtiradi, elektr uskunalarini toʼgʼri tanlash imkonini yaratadi va mavjud barcha elektr uskuralarning ortiqcha yuklanishini oldini oladi. 3. Elektr taʼminotining ratsional sxemasini qabul qilish. Bunda har xil sxemalar uchun texnik-iqtisodiy koʼrsatkichlar solishtiriladi va eng ishonchli hamda kam sarf-xarajatliligi tanlab olinadi. 4. Korxona elektr taʼminoti tizimini optimallashtirish.
 Korxona elektr taʼminoti tizimini optimallashtirish jarayonida yuklamalarni simmetriyalashtirish, reaktiv quvvatni kompensatsiyalash, kuchlanishni rostlash, elektr taʼminoti elementlarini ishonchli himoyalash boʼyicha qator masalalarni echish talab etiladi. 5. Elektr taʼminoti tizimida mukammal avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy etish. Bunda taʼminot tizimining ahvoli hamda barcha signallar, issiqlik releli magnit ishga tushirgichlar, himoya elementlarining ishlari haqidagi axborotlar, avtomatika tizimining xabarlari EHM ga kelib tushadi va bular asosida elektr va texnologik qurilmalarning ishlari aniq boshqariladi. 6. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga oʼtishda yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga oʼtishda yuqori malakali, avtomatika va hisoblash texnikasidan kerakli bilimga ega boʼlgan mutaxassislarni ishga jalb qilish va ularni bu boradagi bilimlarini yanada oshirish elektr taʼminoti tizimida boʼlishi mumkin boʼlgan koʼngilsiz holatlarning oldini olingan boʼladi Umuman aytganda elektr podstantsiyalarning barcha qurilmalari yongʼin xavfi tomonidan juda xavfli boʼlib, ularning qobiq qismidagi koʼrsatkich (yoki pasport) lariga qarab oʼrnatish, xavsizlik texnikasi va yongʼin xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda ishlatish lozim.
 Bu bilan esa mehnatning elektr qurollaridan foydalanishni yanada takomillashtirish hamda aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlab, yashash sharoitini, turmushini obod boʼlishida katta hissa qoʼshiladi.
Download 14.81 Kb.




Download 14.81 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr podstаntsiyasining yongʼin xаvfsizligini tа'minlаshning sаmаrаli yechimlаri

Download 14.81 Kb.