• IV. Xodimlarga talablar.
  • Elektr tokining inson organizmiga ta’siri va undan himoyalanish choralari Reja




    Download 188.44 Kb.
    bet4/4
    Sana23.10.2022
    Hajmi188.44 Kb.
    #27924
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Презентация1 hayot faoliyati

    III. Umumiy talablar
    Qoidaga binoan ekspluatatsiya qilinayotgan elektr uskunalarida ish bajarish uchun ixtisoslashgan va boshqa qurilish-montaj tashkilotlari xodimlariga ishlashga ijozat berishda ushbu Qoida talablari bajarilishi kerak.
    Ushbu Qoidaga muvofiq ish jarayonida foydalaniladigan himoya vositalari Davlat yagona nusxasi talablariga hamda «Elektr uskunalarida foydalaniladigan himoya vositalarini qo‘llash va sinash qoidasi» ga javob berishi shart.
    Ishlab turgan elektr uskunalarida qurilish va montaj ishlarini bajarayotganda qurilish me’yori va Qoidalari talablariga, ya’ni «Qurilishda texnika xavfsizligi» qoidasiga rioya qilish shart.
    IV. Xodimlarga talablar.
    Joylarda ishlab turgan xodimlarni o‘qitish va bilimini tekshirish tartibi «Energetika korxonalari va tashkilotlari xodimlari bilan ishni tashkil etish bo‘yicha rahbariy qoida» talablariga mos bo‘lmog‘i shart.
    Sog‘liq uchun zararli va xavfli mehnat sharoitlarida ish olib boruvchi ishchi va muhandis-texnik xodimlar Respublika sog‘liqni saqlash Vazirligi belgilagan tartib va muddatda shifokorlar ko‘rigidan o‘tishlari shart, (1,2-ilova).
    Elektr uskunasida ishlayotgan ishchi uzining lavozimi va kasbiga qarab, ushbu Qoidani bilishi va 3-ilova-ga muvofiq elektr xavfsizligi gruppasiga ega bo‘lishi kerak. Qoidani o‘zlashtirganligi haqida sinovdan o‘tgan xodimga belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi. Xodim guvohnomani ish paytida o‘zi bilan olib yurishi shart.
    4-ilova-da qayd etilgan ishlarda 18 yoshga to‘lmagan shaxslarni ishlashiga ijozat berish man etiladi.
    Ushbu Qoida talablarini buzib ishlagan xodimlar amaldagi qonunchilikka asosan intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Korxona rahbariyati bunday xodimlarning elektr xavfsizlik gruppasini pasaytirishi mumkin.
    Download 188.44 Kb.
    1   2   3   4




    Download 188.44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektr tokining inson organizmiga ta’siri va undan himoyalanish choralari Reja

    Download 188.44 Kb.