• BEVOSITA TOK O‘TKAZUVCHI QISMLARGA TEGIB ISHLASHI UCHUN MO‘LJALLANGAN IZOLYASIYALOVCHI QURILMA VA MOSLAMALAR TAHLILI Z.I. Jumayev
  • Sh.Sh.Abdullayev Navoiy davlat konchilik instituti “Elektr energetikasi” kafedrasi assistenti Annotatsiya
  • Kalit so’zlar
  • Elektr uzatish tarmoqlarida ishlovchilarni




    Download 249.26 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana05.12.2022
    Hajmi249.26 Kb.
    #33170
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Daryolar, akang kuchaydi, 1649221771, Windows operatsion tizimining oddiy va serverli sistemalarini kompyuterga o\'rnatish, A-4, Гущина-О.-А.-Сравнения-в-кольце-целых-чисел, Xosmas integrallar, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI, Aminjonov Muzaffar, 6-маър (1), sasa, 5-6-7-8-9-10-11-sinf-tarix-testlar-22, 1303334


    International Conference on Developments in Education 
    Hosted from Amsterdam, Netherlands 
    httpseconferencezone.org April 
    30
    th
     2022 
    74 
    110 KV VA UNDAN YUQORI KUCHLANISHLI HAVO 
    ELEKTR UZATISH TARMOQLARIDA ISHLOVCHILARNI 
    BEVOSITA TOK O‘TKAZUVCHI QISMLARGA TEGIB 
    ISHLASHI UCHUN MO‘LJALLANGAN 
    IZOLYASIYALOVCHI QURILMA VA MOSLAMALAR 
    TAHLILI 
    Z.I. Jumayev 
    Navoiy davlat konchilik instituti 
    “Elektr energetikasi” kafedrasi assistenti 
    Sh.Sh.Abdullayev 
    Navoiy davlat konchilik instituti 
    “Elektr energetikasi” kafedrasi assistenti 
    Annotatsiya. Izolyasiyalovchi qurilma va moslamalar 110 kV va undan yuqori kuchlanishli 
    havo elektr uzatish tarmoqlarida bevosita tok o‘tkazuvchi qismlarga (simga, armaturaga) tegib 
    ishlashda, ishchi – xodimni uskunalarning yerga ulangan qismidan va boshqa kuchlanishga ega 
    bo‘lgan qismlardan izolyasiya qilish uchun mo‘ljallangandirlar. 
    Kalit so’zlar: Elektr energiya, havo elektr uzatish liniyalari (HEUL), izolyatsiyalovchi 
    qurilma, izolyasiyalovchi qisqichlar, elektr kuchlanish.
    Izolyasiyalovchi qurilmalarga, elektr izolyasiyalovchi (bakelit, shishaplastik va boshqa) 
    materiallardan tayyorlangan shtangalar, narvonlar, tortqilar va arqonlar kiradi. 
    Moslamalarga ko‘taradigan savatlar, sim oldida ishlash uchun maxsus xonalar, simda harakat 
    qiluvchi aravachalar, tortuvchi qurilmalarning qo‘shimcha qismlari, ko‘tarmalar (domkratlar), 
    bloklar va hokazolar kiradi. Moslamalar elektr izolyasiyalovchi materiallardan yoki metalldan 
    yasalishi mumkin. 
    Ishchi tok o‘tkazuvchi qismlarga tegishidan oldin, uning shaxsiy ekranlovchi komplekt tok 
    o‘tkazuvchan qismlarga maxsus shtanga yordamida (potensiallarni tenglashtirish uchun) 
    ulanishi zarur. Ulovchi o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi 4 mm
    2
    dan kam bo‘lmasligi lozim. 
    Simga yaqinlashish va unga keyinchalik tegish, izolyasiyalovchi narvon shtanga yoki 
    arqonlarga osilgan kabina yordamida amalga oshirilishi mumkin. Izolyasiyalovchi narvonni 
    alohida bo‘laklarda yig‘ish mumkin. Narvonning yuqori qismi ustunni traversiga mahkamlash 
    uchun qisqich va sharnir bilan jihozlanadi. Bu o‘z navbatida narvonni o‘zaro perpendikulyar 
    bir yoki ikki tekislikda (maydonda) erkin harakatlanishini taʼminlaydi. 
    Izolyasiyalovchi tortqi, simlar va osilgan ilgaklar og‘irligini o‘ziga olish uchun xizmat qiladi. 
    Simga yaqinlashish uchun kabina ishlatilgan taqdirdagina, izolyasiyalovchi tortqilarni ushbu 
    kabina, hamda undagi ishchi og‘irligini o‘ziga olish uchun ishlatish mumkin. 
    Izolyasiyalovchi arqonlar, asboblarni yuqoriga olib chiqish, narvon va ko‘chma minoralarni 
    joyidan qo‘zg‘atish, hamda ishchi holatiga keltirish, montyorning simda, narvonda, shular 
    bilan birga, kabinada turgan vaqtda xavfsizligini taʼminlashga mo‘ljallangandir. 
    Izolyasiyalovchi arqonlar sintetik toladan (masalan polipropilen) tayyorlangan bo‘lib, uning 
    tarkibiga tabiiy tola aralashtirilmagan bo‘lishi kerak. 
    Izolyasiyalovchi arqonlardan tashqari barcha izolyasiyalovchi qurilma va moslamalarda 
    kuchlanish klassi, ruxsat etilgan yuk ko‘tarish qobiliyati va keyingi sinov muddati aniq 



    Download 249.26 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 249.26 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektr uzatish tarmoqlarida ishlovchilarni

    Download 249.26 Kb.
    Pdf ko'rish