Elektr zanjirda aktiv ikki qutblik va ampermetr ulangan shoxobcha




Download 203.03 Kb.
Sana27.05.2023
Hajmi203.03 Kb.
#65974
Bog'liq
2-мустақил иш масалалари
KICHIK GURUH BOLALARINI FAOLIYAT MARKAZLARIDAGI FAOLIYATLARINI LOYIHALASHTIRISH, TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча, resume (5)


Elektr zanjirda aktiv ikki qutblik va ampermetr ulangan shoxobcha
ajratilgan rasm. Ikkala kaUtlar uzilganda ampermetming ko‘rsatishi 2 A, agar SA1 kalit ulangan, SA2 kalit uzilgan boisa, ampermetr 3 A
ko‘rsatadi. Agar R1 =R2 = 10 Om bo‘lsa, ikkala kalitlar ulangan holatda
ampermetming ko‘rsatishini toping.



Kontur toklar usulidan foydalanib,rasmdagi zanjir shoxobchalaridagi
tok kuchlari topilsin. Manba EYuKlari va rezistor qarshiliklari
mos ravishda teng, ya’ni: E1 = 50 V, E2 = 200 V, E3 = 55 V; R1 = R2=
=R4=10 Om;R3=15 Om; R5 = R6= 5 Om.



Chiziqlipotensiometrning kontakti o‘rtada bo‘lsa, chiqish kuchlanishi
topilsin. Zanjir rasm elementlarining parametrlari: U1
= 30 V; U2 = 25 V; U36 V va R1 = R2 = R3= 1 kOm, Ro’zg o‘zgaruvchi
rezistoming to‘la qarshiligi 2 kOm.



Rasmda keltirilgan sxemada uchta o‘zgarmas tok generatorlari
ulangan. Agar parametrlar E1 = 230 V; E2 = 220 V; E3 = 160 V va R1 =
= 2 Om; = R2 R3 =4 Om; R4=20 Om bo‘lsa, qaysi mashinalar energiya
beradi, qaysilari energiya sarflaydi?



Qarshiligi Ryuk katta diapazonda o‘zgaradigan yuklama (rasm)
parallel manbalarga ulangan. Yuklama qarshiligi qancha bo‘lganda unda
maksimal quwat ajraladi? Zanjir elementlarining parametrlari: E1 = 200 V;
E2 = 150 V va R1= 20 Om;R2 = 30 Om ga teng.



Ko‘prik sxemali elektr zanjiming a rasm diagonalidagi tok
kuchi topilsin. E1 = 75 V R1= R2 = 5 Om; R3 = 3 Om; R4= R5 = 4 Om;
R6 = 0, R3 qarshiligi qancha bo'lganda ko‘prik diagonalidagi tok nolga teng
bo‘ladi?



Differensial sxemau zanjirda (b rasm) E1110 V; E2= 60 V;
Agar R1=10 Om; R2 = 5 Om bo‘lsa, qarshiligi R3 = 5 Om bolgan
shoxobchadagi tok topilsin. R1 va R2ning qanday nisbatida yuklama toki
nolga teng bo‘ladi?


Ikki parallel cheksiz uzun to‘g‘ri o‘tkazgich vakuum (µg= 1) da birbiridan la = 0,40 m masofada joylashgan. Agar ulaming biridan I1 = 12 A, ikkinchisidan esa I2 = 18 A tok o'tayotgan bo‘lsa, simlaming uzunlik birligiga ta’sir qiluvchi kuch F/l topilsin. Magnit doimiysi (µ0 = 4π • 10-7 G n /m


Yuzasining kesimi kvadrat bo‘lgan halqasimon bir jinsli magnit o‘tkazgichga o'ramlar soni w = 150 ta bo'lgan magnitlash chulg‘ami o‘ralgan. Halqaning tashqi diametri D = 140 mm, ichki diametri d = 80 mm. Magnit o‘tkazgichdagioqim F = 1,53*10-2 Vb bo‘lishiuchunchulg'amtokihamda chulg‘amning magnit yurituvchi kuchi topilsin. Agar magnit o‘tkazgich 3411 elektrotexnik po'latdan yasalgan bo‘lsa, uning magnit qarshiligini toping.


Magnit kuch chiziqlariga perpendikulyar joylashgan elektr o‘tkazgichga
5 N kuch ta’sir qilmoqda. Agar o‘tkazgichning uzunligi 1 m, qarshiligi
1 Om va kuchlanishi 36 V, rich = 0 EYuK manbaiga ulangan bo'lsa, magnit maydon induksiyasini toping.


Ko’ndalang kesim sirti 2 *10-4m2, magnit induksiyasi 0,8; 1,2;
1,5 Tl bo'lgan magnit o‘tkazgichdagi magnit oqim aniqlansin.


Magnit induksiyasi bir xil, kesimi doiraviy bo'lgan ikkita magnit
o‘tkazgichning biridagi magnit oqim ikkinchisidan: a) 5 baravar kam; b)
4 baravar ko‘p; d) 8 baravar ko‘p bolganda ularning diametrlarining
nisbati qanday bo‘ladi?


10 A tok o‘tayotgan havo uzatish liniyasidan 0,5 m masofadagi
nuqtaning magnit kuchlanganligini va magnit induksiyasini aniqlang.


Ferromagnit materialning kuchlanganligi 2250 A/m bo‘lganda,
undagi magnit induksiya 1,5 Tl. Materialning absolut va nisbiy magnit
singdiruvchanligi aniqlansin.


Magnit maydonga kiritilgan ferromagnit tayoqchadagi magnit induksiya
xuddi shunday kuchlanganlikdagi havoning magnit induksiyasidan 500
marta ko‘p. Ferromagnit tayoqchaning absolut magnit ingdiruvchanligini aniqlang.


Tok o‘tayotgan o‘tkazgichdan 20 m uzoqdagi havoning magnit
induksiyasi 2 -10-7 Tl. Shu nuqtadagi magnit maydon kuchlanganligi va o‘tkazgichdan o'tuvchi tokni toping.


Halqasimon magnit o‘tkazgichdagi (rasm) w — 250 o‘ramli hulg‘amdan 2,5 A tok o‘tyapti. Agar magnit o‘tkazgichning o‘rtacha diametric 0,1 m bo‘lib, u har xil: a) 1512 elektrotexnik po‘latdan; b) 1410 quyma polatdan yasalgan bo‘lsa, undagi magnit induksiyani aniqlang. Material xarakteristikasi 5-ilovada keltirilgan.



Magnit kuch chizig'ining o‘rtacha uzunligi 0,4 m va havo tirqishi
δ0= 2 mm bo‘lgan tarmoqlanmagan magnit zanjirda V = 1,6 T1 magnit
induksiya hosil qilish kerak. Magnit o‘tkazgich 1512 elektrotexnik polatdan yasalgan. Agar o‘ramlar soni w = 300 bolsa, magnit o‘tkazgichdagi hamda havo tirqishidagi kuchlanganlik va magnitlovchi tok aniqlansin.


0‘ramlar soni w = 150 bo'lgan magnitlovchi chulg‘amdan I=5 A tok o'tayapti. Bu chulg‘am o‘rta chizig'i 0,3 m va ko‘ndalang kesim yuzi
10-4 m2 tarmoqlanmagan magnit o‘tkazgichga joylashgan. Agar magnit
o'tkazgich quyma po'latdan yasalgan va havo tirqishi δ0 = 0,5 mm
bo'lsa, zanjirdagi magnit oqim va induksiya aniqlansin.


0‘ramlar soni w = 100 bo‘lgan chulg‘am quyma po'latdan yasalgan
magnit o‘tkazgichga o‘matilgan (rasm). Magnit o'tkazgich kuch
chiziqlarining o‘rtacha uzunligi lo’r = 0,3 m, o‘zakning ko‘ndalang kesimi Sk =5 *10-3 m2; yakomiki esa Sya =2 *10-3 m2. Agar 2δ0 = 0,5 mm bo‘lsa, tortish kuchi 6 kN dan kam bo‘lmasligi uchun, chulg‘amdan o‘tadigan tok kuchi qancha bo‘lishi kerak?



Toroidal magnit o'tkazgichga (rasm) Ø 2 mm sim o‘ralgan. Agar uning ichki diametri d = 0,25 m, tashqi diametri D = 0,31 mm va havo tirqishi δ0= 2 mm, sim esa “o‘ram yoniga o‘ram” usulda o'ralib,
undan o'tayotgan tok 5 A bo‘lsa, magnit o‘tkazgich maydonidagi kuchlanganlikni hisoblang.



Konfiguratsiyasi rasmda keltirilgan magnit o‘tkazgichga o‘ramlar soni w1= w2= 250 bo‘lgan magnitlovchi chulg'amlar o‘ralgan. u magnit o'tkazgich 1512 elektrotexnik po‘latdan yasalgan, havo tirqishlari δ01 = δ02 = 1 mm . Shu chulg'amlardan o‘tadigan toklar I1 = I2 = 8 A 0’ lchamlari S1 = S3= S5= 3 -l0-4m2; S2= S4= 2 • 10-4 m2; l1 = l2 = 0,3 m va /3 = /4 = /5= 0,1 m bo'lgan magnit zanjiming barcha qismlaridagi magnit oqimlar aniqlansin



Quvvati P = 100 Vt li cho‘g‘lanma lampa U= 220 V ,f= 50 Gs
manbaga ulangan (rasm). Zanjirdan o‘tuvchi tokni toping. Kuchlanish va tok oniy qiymatlari ifodasini yozing, ulaming to'lqin grafiklarini va vektorlar diagrammasini quring.



Induktivligi L = 5 Gn, aktiv qarshiligi rg’= 500 Om li induktiv g‘altak kuchlanishi U = 220 V, f=50 Gs sinusoidal kuchlanish manbaiga ulangan (rasm). Zanjirdan o'tuvchi tokni, aktiv, reaktiv, to‘la quwatlami va quwat koeffitsientini aniqlang Kuchlanishlar va tok oniy qiymatlari ifodalaxini yozing, ulaming grafigi va vektorlar diagrammasini quring.



C = 4 mkF li kondensator U =220 V, f = 50 Gs sinusoidal o'zgaruvchan kuchlanish manbaiga ulangan. (rasm) Zanjirdagi tokni va quwatlami hisoblang. Kuchlanish va tokning oniy qiymatlari ifodalarini yozing, ulaming grafiklarini va vektor diagrammasini quring.



Elementlari ketma-ket ulangan elektr zanjir (rasm) uchun ok va lementlardagi kuchlanish qiymatlarini hisoblang va vektorlar iagrammasini quring.
Beriigan. rg’ = 1 Om; L = 0,0127 Gn;
C = 800 mkF; U = 220 V; f = 50 Gs.



rasmda keltirilgan elektr zanjimi hisoblang va vektorlar diagrammasmi
quring.
Berilgan: rg’ = 11 Om, g’.= 60 Om, r1 = 49 Om, r2 = 60 Om, Xc =
=80 Om, f = 50 Gs, U =120 V.



Kuchlanishlaming oniy qiymati u= 59 sin (314t — 45)V ifoda bilan aniqlanadigan uchta bir xil manbalarga rezistor, induktiv g’altak va kondensator ulangan. Agar R = 10 Om, L — = 10 mGn va C = 1 mkF bo‘lsa, har bir holdagi toklaming oniy qiymat ifodalari yozilsin.


Kuchlanishi 220 V bo‘lgan sanoat tarmog‘iga aktiv qarshiligi 6 Om va induktivligi 50 mGn bo‘lgan g‘altak ulangan. G‘altakdagi tokning ifodasi yozilsin, g'altakning qarshiliklar uchburchagi va kuchlanishlarning vektor diagrammasi qurilsin.


Kuchlanishi 220 V o‘zgaruvchan tok sanoat tarmog‘iga sig‘imi
10 mkF kondensator va uni shuntlovchi 1 kOm qarshilik ulangan. Kondensatordan o‘tadigan tokning ifodasi yozilsin, kondensator o'tkazuvchanligining uchburchagi va toklaming vektor diagrammasi qurilsin.


Tok va kuchlanishning oniy qiymatlari ifodasi i = 14,2 sin(ωt + 45) A; u =169 sin (ωt+ 300 )V. Zanjirga ulangan ampermetr va voltmetr ko’rsatishini hamda zanjir qarshiligini aniqlang.


Kuchlanishi 6 V, chastotasi 50 Gs va boshlang‘ich fazasi φu= 45° bolgan o'zgaruvchan tok manbaiga qarshiligi 1 kOm rezistor ulangan bo’lsa, tokning oniy qiymat ifodasi yozilsin.


O’zgaruvchan kuchlanishi 42 V, chastotasi 50 Gs va boshlang'ich
fazasi ψu= 450 li manbaga qarshihgi 100 Om rezistor ulangan bo’lsa,
tokning oniy qiymat ifodasi yozilsin.


Qarshiligi 10 Om li rezistordan o'tayotgan tokning oniy qiymat ifodasi i = 15 sin (314t — 30 0 )A. Kuchlanishning oniy qiymat ifodasi
yozilsin. Tok va kuchlanishning tolqin diagrammalari qurilsin va ulaming ta’sir etuvchi qiymati topilsin.


Rezistordan iborat zanjirdagi tok va kuchlanishning oniy qiymat
ifodalari mos ravishda i =14,1 sin (314t + π/3) A va u = 51 sin (314t +
+ π/3) V ga teng. Rezistor qarshiligi, tok va kuchlanishning ta’sir etuvchi qiymatlari aniqlansin.


To‘rtta zanjiming tok va kuchlanishlari quyidagi ifodalarga mos keladi: a) i — 7,07 sin 314t, A va u = 59 sin 314 t, V; b) i = 14,1 sin (314t+ + π/2), A va u = 59 sin 314t, V; d) i = 14,1 sin (314t — π/2), A va u = = 59 sin 314 t, V; e) i = 7,07 sin (314t + π/2), A va u = 59 sin (314t + + π/2), V. Har bir zanjiming to’la qarshiligi aniqlansin va uning xarakteri topilsin.


Kuchlanishi 220 V ga teng bo'lgan manbaga yuklamani o'zgaruvchan
rezistor orqali ulash sxemasini chizing. Yuklamadagi kuchlanish:
a) 0 dan 220 V gacha; b) 200 V dan 110 V gacha; d) 0 dan 110 Y gacha
rostlanadigan bo‘lsin.


4.17. Nominal kuchlanishi 110 V va quwati 50 Vt li elektrotexnik qurilmani kuchlanishi 220 V, chastotasi 50 Gs bo‘lgan o‘zgaruvchan tok tarmog‘iga ulash kerak. Shu urilmaga ortiqcha kuchlanishni kompensatsiya qilish uchun ketma-ket ulanadigan kondensator sig‘imi hisoblansin.


Chastotasi 400 Gs, kuchlanishi 12 Y li o‘zgaruvchan kuchlanish
manbaiga induktivligi 1 mGn bo‘lgan g‘altak ulangan. Kuchlanishning boshlang‘ich fazasi ψu= 0 deb, tokning oniy qiymat ifodasi yozilsin.


Induktivligi 1 mGn bo'lgan g'altakka 50 Gs chastotada reaktiv qarshihgi 1 Om bo'lishi uchun qanday induktiv g‘altak ketma-ket ulanishi kerak?


Induktiv g‘altakli o‘zgaruvchan tok zanjirida: a) agar kuchlanish
chastotasi 4 baravar kamaysa; b) induktivlik 2 baravar oshsa, tok qanday
o'zgaradi?


Kuchlanishi 42 V va chastotasi 400 Gs bo‘lgan manbaga rasmda tasvirlangan zanjir ulangan. Zanjiming ekvivalent qarshiugi aniqlansin.
Bunda L1 = 2L2 = L3/2 = 20 mGn.



Kuchlanishi 220 V va chastotasi 400 Gs bo‘lgan manbaga rasmdagi zanjir ulangan. Agar sig‘imlar nisbati C1 = 2C2= C3/2 = 2 mkF bo‘lsa, zanjiming ekvivalent sig‘imi va undagi tok aniqlansin.



Agar C = 1 mkF bo'lsa, rasmdagi zanjiming ekvivalent sig‘imi Cekv aniqlansin. Agar ko‘priklaming diagonallari qisqa tutashtirilsa yoki uzilsa, Cekv qanday o'zgaradi?



O‘zgaruvchan 220 V kuchlanishli sanoat tarmog'iga aktiv qarshiligi
6 Om va induktivligi 50 mGn bo'lgan g‘altak ulangan. Zanjirdagi
tokning aktiv, to‘la va reaktiv quwatlari aniqlansin.


O‘zgaruvchan 220 V kuchlanishli sanoat tarmog‘iga sig‘imi 10 mkF, shuntlovchi qarshiligi 1 kOm bo'lgan kondensator ulangan. Tokning
ta’sir etuvchi qiymati, to‘la, aktiv va reaktiv quwatlari aniqlansin.


O‘zgaruvchan 220 V kuchlanishli sanoat tarmog‘iga induktivligi L= 60 mGn, aktiv qarshiligi 6 Om bo'lgan yuklama ulangan. Yuklamaning
toki, to‘la, aktiv va reaktiv quwati aniqlansin. Agar yuklamaga parallel ravishda sig‘imi C = 150 mkF kondensator ulansa, tok va quvvat
koeffitsienti qanday o'zgaradi?

Download 203.03 Kb.




Download 203.03 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr zanjirda aktiv ikki qutblik va ampermetr ulangan shoxobcha

Download 203.03 Kb.