Elektrkimyo zavodi




Download 42.76 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.04.2022
Hajmi42.76 Kb.
#19286
Bog'liq
Navoiy elektrkimyo zavodi aksiyadorlik jamiyati - Vikipediya



Navoiy elektrkimyo
zavodi aksiyadorlik
jamiyati
NAVOIY "ELEKTRKIMYO ZAVODI" AKSIYADORLIK JAMIYATI - Oʻzbekistondagi eng yirik kimyo
k-tlaridan biri. "Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida. Oʻsimliklarni himoya
qilish kimyoviy vositalari (gerbitsidlar, insektoakaritsidlar, zootsidlar, oʻsishni boshqaruvchi
moddalar), atsetilen qurumi, aktivlashtirilgan koʻmir, oddiy superfosfat, sirka kislotasi, A, V
markali etilatsetat, metil-atsetat, suyuq shisha, xalq isteʼmol mollari — osh tuzi, yodlangan osh
tuzi va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi.
Korxona 1971-yil Navoiy kimyo kombinati tarkibidan Navoiy elektrkimyo kombinati direksiyasi
sifatida ajralib chiqdi. 1972-yil korxonani kengaytirish uchun Navoiy tumanida 935 ga yer ajratildi
va uning 1- navbatini loyihalashtirish ishlari boshlandi. Dastlab xlororganik moddalar ishlab
chiqarishga moʻljalangan. 1976-yildan korxona oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini
ishlab chiqarishga ixtisoslashdi. 1976—80 yilda uning birinchi navbati qurildi. 1980-yilda birinchi
mahsulot — kotoroy gerbitsidi ishlab chiqarildi. K-t 1981-yildan Navoiy "Elektrokimyo zavodi"
deb nomlandi, 1994-yildan yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati, 1996-yildan Navoiy
"Elektrkimyozavodi" aksiyadorlik jamiyati — Oʻzbekiston-Panama qoʻshma korxonasi. Taʼsischisi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi.
Korxona respublikadagi oʻsimliklarni himoya qiluvchi kimyoviy vositalarni tayyorlovchi yagona
korxonadir. Korxona faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi ning kimyoviy vositalarga


boʻlgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan. 1996-yil dek. oyida Fransiyaning "Speyshim" firmasi
bilan hamkorlikda yillik quvvati 10 ming t boʻlgan fozalon ishlab chiqarish liniyasi ishga tushirildi,
mevali ekinlardagi oʻsimlik biti, kana, Kolorado koʻngʻizi va boshqa zararkunandalarni yoʻqotishda
qoʻllaniladigan fozalon insek-toakaridsidini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiddi.
2000—2002-yil davomida chetdan olib kelingan xom ashyolardan 30 turdagi oʻsimliklarni himoya
qiluvchi kimyo vositalari ishlab chiqarildi.
Korxona koʻp yillardan buyon Shveysariyaning "Singenta", "Dalston", Germaniyaning "Lurgi",
Yaponiyaning "Sumitomo", Xitoyning Xunan eksport-import korporatsiyasi, "Delyan", Buyuk
Britaniyaning "Dau Agrosains" firma va kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi.
Rixsivoy Yoqubov.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Navoiy_
elektrkimyo_zavodi_aksiyadorlik_jamiyati&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Manbalar

Download 42.76 Kb.




Download 42.76 Kb.
Pdf ko'rish