• Magnit maydon
  • Elektrlashtirishning xalq xo’jaligidagi ahamiyati. Elektr maydon




    Download 276.51 Kb.
    bet1/2
    Sana10.02.2023
    Hajmi276.51 Kb.
    #41834
      1   2
    Bog'liq
    Elektr (2)
    50 DIDAKTISCHE METHODEN, Hozirgi zamon psixologiyasining tadqiqot metodlari, Tarmoq xavfsizligi -ishchi dastur sirtqi 2022 (1), Симсиз тармоқлар хавфсизлиги протоколлари, elektr, jo\'rayeva dilnoza2, “O‘QUVCHILARNI MANZARA KOMPAZITSIYASINI ISHLASHGA O‘RGATISH”22, 597 23.09.2021, 2, Amaliyot mavzulari 1-10, Ariza anketa namuna ijara, guvohnoma, Quritish mavzu Barabanli quritish qurilmasini hisoblash-fayllar.org, i

    Elektrlashtirishning xalq xo’jaligidagi ahamiyati.Elektr maydon.
    Kundalik turmushimizda elektr energiyadan muntazam foydalanamiz. Jumladan, uyimizdagi lampochka, televizor, radio, dazmol, elektr choynak, kompyuter kabilar elektr energiya bilan ishlaydi (1-rasm). Ko‘chadagi tramvay-trolleybuslar, yer ostidagi metro poyezdlari ham elektr energiya hisobiga yuradi. Turli korxona, muassasa kabi barcha joylarda ham muntazam elektr energiyadan foydalaniladi. Xullas, turmushimizni, kundalik faoliyatimizni elektr energiyasiz tasavvur qila olmaymiz. Elektr hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Umuman, elektrning kashf etilishi va undan foydalanish Yer yuzidagi taraqqiyotni yuqori darajaga ko‘tardi. Turmushimiz yanada farovon bo‘lishi uchun elektrotexnika, radiotexnika, elektronika, avtomatika, axborot texnologiyasi kabi sohalarda olimlar, muhandislar va boshqa mutaxassislar tinmay izlanish olib bormoqdalar. Olim va muhandislar tomonidan qilingan yangidan yangi kashfiyot va ixtirolar natijasida bu tarmoqlar yuksak darajada taraqqiy etmoqda.
    Zaryadlangan jism o‘z atrofidagi boshqa jismlarga ta’sir ko‘rsatadi. Ingliz fizigi Maykl Faradey bunday ta’sir elektr maydon orqali sodir bo‘lishini aytgan. Uning ta’limotiga ko‘ra:
    Elektr zaryadlari bir-biriga bevosita tegmasdan ham ta’sirlashadi. Ular o‘z atrofida elektr maydonni hosil qiladi. Bir zaryadning maydoni ikkinchi zaryadga, ikkinchisining maydoni birinchi zaryadga ta’sir qiladi. Zaryaddan uzoqlashilgan sari elektr maydon zaiflasha boradi.
    Elektr maydonni bevosita ko‘ra olmaymiz, sezmaymiz ham. Uning mavjudligini zaryadlangan jismlarning o‘zaro ta’sirlashishiga qarab bilamiz.
    Qo‘zg‘almas zaryadning yoki zaryadlar to‘plamining maydoni elektrostatik maydon deb ataladi.
    Magnitizm
    «Magnit» so‘zi Kichik Osiyodagi qadimiy Magnesiya shahri nomidan kelib chiqqan. Bu yerda topilgan temirni tortuvchi toshni «magnesiya toshi» deb atashgan.
    Tabiiy magnit uzoq vaqt ta’sir ettirilganda magnitlangan po‘lat bo‘laklari sun’iy magnitlar deb ataladi.
    Sun’iy magnitlarning xossalari tabiiy magnitlarning xossalari kabi bo‘ladi. Tabiiy va sun’iy magnitlarning barchasi doimiy magnitlardir.
    O‘zining magnitlangan holatini uzoq vaqt yo‘qotmaydigan jism doimiy magnit yoki oddiygina qilib magnit deb ataladi.

    Magnit maydon
    Yupqa oyna ustiga temir qirindilarini sochib, uni taqasimon magnit uchlari ustiga qo‘yaylik. Oyna chekkasini qalam bilan sekin urib turaylik. Bunda qirindilarning magnit uchlari atrofida ma’lum chiziqlar bo‘ylab joylashishi kuzatiladi (132-rasm).
    Magnit atrofida maydon mavjuddir. Bu maydon magnit maydon deb ataladi. Magnit maydonda temir qirindilari joylashgan chiziqlar magnit kuch chiziqlarini bildiradi
    Agar magnit kuch chiziqlari bo‘ylab qo‘zg‘almas o‘qqa mahkamlangan bir nechta magnit strelkachalar qo‘yilsa, ular 132-rasmda ko‘rsatilgandek joylashadi Magnitlarning janubiy qutbi S harfi (inglizcha «south» − «janub» so‘zining bosh harfi) bilan, shimoliy qutbi N harfi (inglizcha «north» − «shimol» so‘zining bosh harfi) bilan belgilanadi. Magnit kuch chiziqlarining yo‘nalishi sifatida N qutbdan S qutb tomon yo‘nalishi qabul qilingan (133-rasm). Elektr maydon kuch chiziqlaridan farqli ravishda magnit maydon kuch chiziqlari berk konturni hosil qiladi.
    Agar ikkita magnitni bir xil qutbli tomonlari bilan yaqinlashtirsak, ular bir-biridan itariladi. Ularni turli qutbli tomonlari bilan yaqinlashtirganimizda esa ular bir-biriga tortiladi (134-rasm). Magnitlar orasiga temir plastina qo‘yilsa, ular bir-biriga ta’sir ko‘rsatmaydi. Chunki, temir material magnit maydonni to‘sadi. Lekin mis, alyuminiy, shisha, plastmassa kabi materiallar magnit maydonni to‘smaydi.
    Temir o‘zakka bir necha qavat qilib izolyatsiyalangan o‘tkazgich (sim) o‘rab hosil qilingan g‘altak elektromagnit deb ataladi.

    Download 276.51 Kb.
      1   2




    Download 276.51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektrlashtirishning xalq xo’jaligidagi ahamiyati. Elektr maydon

    Download 276.51 Kb.