• Ionlarning aktivligi
  • Kuchli elektrolitlarning eritmadagi holati




    Download 82.5 Kb.
    bet5/8
    Sana25.03.2017
    Hajmi82.5 Kb.
    #2197
    1   2   3   4   5   6   7   8
    10.5. Kuchli elektrolitlarning eritmadagi holati

    Tajriba natijalari ko‘rsatadiki, kuchli elektrolitlarning dissotsilanishi massalar ta’siri qonuniga buysunmaydi. Kuchli elek-trolitlar eritmalar ionlarga to‘liq dissotsialanadi (α=1).

    Kuchli elektrolit eritmalar spektrlarini o‘rganish eritmada dissotsilanmagan molekulalar yo‘qligini tasdiqlaydi. Kristallarni rentgenografik o‘rganish (masalan, KCl ni), ular ionli kristall panjaraga ega ekanligini ko‘rsatadi. Kristall modda eritilganda kristall panjara emiriladi va ionlar eritmaga utadi. Lekin elektr o‘tkazuvchanlikni o‘lchash kuchli elektrolit eritmalarida to‘liq dissocilanish mavjudligini tasdiklamadi, chunki eritmalarni elektr o‘tkazuvchanligi faqat elektrolitning dissotsilanish darajasiga bog‘liq bo‘lmay, ionlarning harakat tezligiga ham bog‘liqdir. Kuchli elektrolit eritmalarida ionlar soni juda ko‘p va ular bir-biri bilan shunday yakin masofada joylashganki, ular orasida elektrostatik tortishish va itarilish kuchlari vujudga keladi. Buning natijasida har qaysi ion o‘z atrofida qarama-qarshi zaryadli ionlardan iborat «ion atmosferani» hosil qiladi va u eritmada ionlar harakatiga to‘sqinlik qiladi. Bu esa elektr o‘tkazuvchanlikni kamaytiradi. Shuning uchun elektrolitning elektr o‘tkazuvchanligi o‘lchab topilgan dissotsilanish darajasi birdan kichik bo‘lib, uni effektiv yoki ko‘rinma dissocilanish darajasi deyiladi .

    Effektiv dissotsilanish darajaning qiymati, ionlar orasida o‘zaro ta’sir kuchi bo‘lgani uchun guyo elektrolit elektr tokini xuddi hamma molekulalar ionlarga dissotsilangandek utkazishini («ion juftlari» hosil bo‘lishini ) ko‘rsatadi. Ionlar orasidagi kuchlar eritmaning osmotik bosimiga, muzlash va qaynash temperaturasiga, ionlarning kimyoviy reaksiyaga kirishish qobiliyatiga va boshqa xossalariga ham ta’sir qiladi.

    Kuchsiz elektrolit xossasini xarakterlovchi qonunlarning matematik ifodasini kuchli elektrolitlarga kullash uchun ionlar «aktivligini» yoki «aktiv koncentratsiyasini» aniqlash kerak. Ionlarning aktivligi deb, eritmaning ma’lum xossalariga javob beradigan ionning effektiv koncentratsiyasi tushuniladi. Ionning aktivligi-aion ionning koncentratsiyasi SION ga to‘g‘ri proporsional

    aION=fSION

    bu yerda: f-proporcionallik koeffitsienti (uni aktivlik koeffitsienti ham demak), aION, SION lar bilan ifodalanadi.

    Odatda, aktivlik koeffitsienti birdan kichik va faqat juda ham suyultirilgan eritmada birga teng bo‘ladi. Bu holda aION= SION. Agarda f<1 bo‘lsa, ionlar aktivligi ularning koncentratsiyasidan kichik bo‘ladi



    Download 82.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 82.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kuchli elektrolitlarning eritmadagi holati

    Download 82.5 Kb.