Elektron hujjatlarda axborot xavfsizligi




Download 9.05 Kb.
Sana09.01.2024
Hajmi9.05 Kb.
#132828
Bog'liq
Elektron hujjatlarda axborot xavfsizligi-fayllar.org
ИШ РЕЖА, 21-mavzu. Bildirishnoma va bildirgi, uni yozish tartibi va namun, M. N. A\'Z am ova maktabgacha pedag о gika, 12-Ma’ruza; Konchilik suv chiqarish qurilma turlari va ularning -fayllar.org (1), МАВЗУ 10 5555 (2)

Elektron hujjatlarda axborot xavfsizligi

TMC institutining IQS-22-29 guruh talabasi


Mirzayeva Xurshidaning
“Elektron hujjatlarda axborot xavfsizligi”
mavzusida tayyorlagan taqdimoti
REJA

  • Axborot xavfsizligining milliy xavfsizlik tizimidagi o‘rni

  • Axborot xavfsizligi va axborotni muhofaza qilish

  • Axborot xavfsizligining zamonaviy konsepsiyasi

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda har qanday davlatning axborot resurslari uning iqtisodiy va harbiy salohiyatini belgilovchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Mazkur resurslardan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirilishini ta’minlaydi. Bunday jamiyatda axborot almashinuv tezligi yuksalib, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ilg‘or axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini qo‘llash keng ko‘lamda amalga oshiriladi. Bugungi kunda axborotlashgan jamiyat jadal suratlar bilan shakllanib, axborotlar dunyosida davlat chegaralari degan tushuncha yo‘qolib bormoqda. Global kompyuter tarmog‘i jahon davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va madaniy hayotida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun axborotni muhofaza qilish har qanday mamlakatda muhim davlat vazifasi bo‘lib hisoblanadi.


O‘zbekistonda axborotni muhofaza qilishning zaruriyati axborotni muhofaza qilishning davlat tizimini yaratilishida va axborot xavfsizligining huquqiy bazasini rivojlantirishda o‘z ifodasini topdi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining «Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida»gi, «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlar qabul qilindi hamda amalda tatbiq etib kelinmoqda. Mamlakatimizda axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan1 . O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov bugungi kunda jamiyat taraqqiyotida axborot texnologiyalarining ahamiyatiga to‘xtalib, quyidagilarni ta’kidlagan: «Bugungi sharoitda, Internet va elektronika davrida iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, «Elektron hukumat» tizimi faoliyatini yanada rivojlantirish ustuvor ahamiyatga egadir
Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, ayni paytda global iqtisodiyotda kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi mamlakatning raqobatdoshlik darajasiga ta’sir ko‘rsatishi, katta hajmda axborot to‘plash va uni umumlashtirish imkonini berishi, boshqarishni strategik darajada tashkil etish uchun keng imkoniyatlar ochib berishini unutmasligimiz zarur».1 O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunida2 axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat siyosati axborot sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlashdan iborat deb belgilangan. ««Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi har kimning axborotni erkin va moneliksiz olish hamda foydalanish huquqlarini amalga oshirishda, shuningdek, axborotning muhofaza qilinishi, shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etd
XXI asrda shaxs, jamiyat va davlat taraqqiyotida axborot resurslari va texnologiyalarining rolini ortishi natijasida O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatini axborotlashtirilgan jamiyat sifatida qurish masalasini hal etish bilan birga quyidagi omillar milliy xavfsizlikni ta’minlash tizimida axborot xavfsizligining yetakchi o‘rin egallashini belgilaydi: – milliy manfaatlar, ularga tajovuz va ularni bu tajovuzlardan himoyalash axborot va axborot sohasi orqali ifodalanadi, amalga oshiriladi; – inson va uning huquqlari, axborot va axborot tizimlari hamda ularga egalik qilish – bu nafaqat axborot xavfsizligining asosiy obyektlari, shu bilan birga jami xavfsizlik sohalaridagi xavfsizlik obyektlarining asosiy elementlaridir; – axborot yondashuvidan asosiy ilmiy-amaliy usul sifatida foydalanish orqali milliy xavfsizlik masalalarini hal etish mumkin; – milliy xavfsizlik muammosi yaqqol ajralib turuvchi axborot
Axborot xavfsizligining zamonaviy konsepsiyasi axborot xavfsizligini ta’minlovchi maqsadlar, vazifalar, tamoyillar va asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha rasmiy nuqtai nazarlar majmuini bildiradi. Quyida axborot xavfsizligining asosiy tashkil etuvchilari va jihatlari keltirilgan: – axborotni muhofaza qilish (shaxsiy ma’lumotlarni, davlat va xizmat sirlarini va boshqa turdagi tarqatilishi chegaralangan ma’lumotlarni qo‘riqlash ma’nosida); – kompyuter xavfsizligi yoki ma’lumotlar xavfsizligi – kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlarning saqlanishini, foydalanishga ruxsat etilganligini va konfedensialligini ta’minlovchi apparat va dasturiy vositalar to‘plami, axborotdan mualliflashtirilmagan foydalanishdan himoya qilish choralari; – axborot egalariga yoki axborotdan foydalanuvchilarga hamda uni qo‘llab quvvatlovchi infratuzilmaga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan tabiiy yoki sun’iy xarakterdagi tasodifiy yoki qasddan ta’sir etishlardan axborot va uni qo‘llab quvvatlovchi infratuzilmaning himoyalanganli; – fuqarolar, alohida guruhlar va ijtimoiy qatlamlar, umuman olganda aholining yashash faoliyati, ta’lim olish va rivojlanishlari uchun zarur bo‘lgan sifatli axborotga bo‘lgan talablarining himoyalanganligi.
O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunida1 axborot xavfsizligi axborot borasidagi xavfsizlik deb belgilangan va u axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganlik holatini anglatadi. Konfidensiallik, butunlik va ruxsat etilganlik axborot xavfsizligini ta’minlash borasida uchta muhim xususiyat hisoblanadi. – axborotning konfidensialligi – axborotning holati bo‘lib, bunda axborotga ruxsat, faqat tegishli huquqqa ega bo‘lgan subyektlargagina beriladi. – axborotning butunligi – axborotda hech qanday o‘zgartirishlar bo‘lmagan yoki o‘zgartirishlar faqat alohida huquqqa ega bo‘lgan subyektlar tomonidan amalga oshiriladigan axborotning holati. – axborotning ruxsat etilganligi – axborotga ruxsat etilgan subyektlarning, uni amalga oshirishga to‘siqlar mavjud bo‘lmagan holati. Ruxsat etilganlik huquqiga axborotni yoki uning resurslarini o‘qish uchun, o‘zgartirish, nusxa olish, axborotni yo‘q qilish huquqlari kiradi. Axborotni muhofaza qilish – bu axborot himoya tizimini yaratish bilan bog‘liq jarayon. Axborot himoya tizimi hech qachon yuz foizlik himoyani ta’minlay olmasligini anglash muhimdir. Bu esa axborotni mumkin bo‘lgan darajadagi o‘zgartirish, o‘g‘irlash yoki yo‘q qilish tavakkalchiligiga asoslangan axborot xavfsizligi haqida fikr yuritishni taqozo etadi.
Huquqiy himoya – axborotni himoyalash bo‘yicha subyektlarning munosabatlarini tartibga soluvchi, amalda joriy etuvchi hamda ularning bajarilishini nazorat qiluvchi qonunchilik va normativ-xuquqiy hujjatlar asosida axborotni huquqiy usullar bilan himoyalashdir. Axborotni huquqiy himoyalash choralariga O‘zbekiston Respublikasining mazkur sohadagi qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar kiradi. Axborotga murojaat qilish qoidalari, axborot munosabati qatnashchilari, ularning huquqlari va majburiyatlari, shuningdek, qonunchilik talablari buzilgan hollarda javobgarlik qonunchilik darajasida ko‘rib chiqiladi va tartibga solinadi. Himoyaning tashkiliy choralari – tashkiliy xarakterga ega bo‘lgan, axborot tizimi faoliyatini, xodimlar ishini, foydalanuvchilarning tizim bilan o‘zaro aloqalarini tashkillashtirishga mo‘ljallangan choralardir. Ushbu choralar ichidan quyidagi asosiylarini ko‘rsatish mumkin: – xavfsizlik siyosatini shakllantirish; – binoga kirishni tartiblash; – xodimlarning axborot tizimidan foydalanish uchun ruxsat etishni tartiblash; – axborot xavfsizligi talablariga rioya etmagan hollarda javobgarlikni aniqlash va ta’minlash. Tashkiliy choralar o‘z holicha axborot xavfsizligi vazifalarini hal eta olmaydi. Ular himoyaning fizik va texnik choralari bilan birgalikda ishlashi zarur.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
http://fayllar.org
Download 9.05 Kb.




Download 9.05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron hujjatlarda axborot xavfsizligi

Download 9.05 Kb.