• E-government
  • Reytingli baholash tartibi 4 ta ustuvor yo‘nalishlardan
  • Elektron hukumat bo’yicha chet el davlatlarining tajribasi
  • Etiboringiz uchun raxmat!
  • Elektron hukumat




    Download 1.16 Mb.
    Sana09.12.2022
    Hajmi1.16 Mb.
    #33915
    Bog'liq
    Elektron hukumat
    desh, strategik va taktik rejalashtirish, 7 sinf kimyo, Абдурасуло Диёрбек. Микроиктисодиёт, 11-sinf Huquq 6-7-mavzular, Презентация1, Hamroyev Bobomurot

    Elektron hukumat

    Bajardi: Abdurahimova Munojat

    elektron hukumat — Barcha ham „ichki“, ham „tashqi“ aloqalar va jarayonlar majmuasi bo'lib, tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va taʼminlanib turadigan hukumat.

    Tarixi (history) 

    • Kommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet) orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni elektron vositalari asosida davlat boshqaruvini tashkil qilishni, davlat hokimiyati organlarini barcha boʻgʻinlari tomonidan fuqarolarning barcha toifalariga elektron vositalar bilan xizmatlar koʻrsatish, oʻsha vositalar yordamida fuqarolarga davlat organlarining faoliyati haqida axborot berish. „Elektron hukumat“ tushunchasi 1990-yillarning boshida paydo boʻlgan, lekin amaliyotga soʻnggi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi. Elektron hukumatni ishlab chiqish bilan birinchi galda AQSh va Angliya, hamda ItaliyaNorvegiyaSingapurAvstraliya va ayrim boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, Katar, BAA va h.k.) shugʻullandilar

    E-government

    • elektron hukumatning uch asosiy rivojlanishi tizimi ajratiladi:- hukumat- aholi (G2C);- hukumat — biznes (G2B);- hukumat — hukumat (G2 G).Oʻzbekistonda ham elektron hukumat barpo qilish ishlari boshlab yuborilgan. Jahon tajribasiga mavjud amaliyotga koʻra, u ikki oʻzaro bogʻlangan, lekin funksional jihatdan mustaqil qismlardan, Hukumat Intranetidan va tashqi infratuzilmadan tarkib topgan. Hukumat Intraneti axborot tizimining ichki infratuzilmasini qamrab oladi, u davlat tuzilmalari tomonidan davlat korporativ vazifalarini amalga oshirishdagi oʻzaro munosabatlarda foydalaniladi. Tashqi infratuzilma, davlatni fuqarolar (G2C) va tashkilotlar (G2B) bilan oʻzaro ishlashini taʼminlaydigan ommaviy axborot infratuzilmasini qamrab oladi.

    “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq hududlarda raqamli transformatsiya holatini baholash maqsadida hududlarni raqamli rivojlantirish darajasini reytingli baholash metodikasi ishlab chiqildi va bu bilan hududlarda raqamlashtirish holatini diagnostika qilish imkoni yaratildi.
    Reytingli baholash metodikasida Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT) tomonidan dunyo davlatlarida axborot texnologiyalari rivojlanish va elektron hukumatni joriy etishni baholashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar qabul qilindi.

     Reytingli baholash tartibi 4 ta ustuvor yo‘nalishlardan iborat:

    • Raqamli infratuzilma” (35 ball) – aholi punktlarining Internet, mobil aloqa, “Wi-Fi” nuqtalari va boshqalar bilan qamrab olinganligi baholanadi;
    • Raqamli iqtisodiyot” (25 ball) – elektron schet-fakturadan va onlayn nazorat-kassa mashinalaridan samarali foydalanish, mahalliy IT-xizmatlar bozori holati, elektr va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish va boshqalar baholanadi.
    • Ijtimoiy sohani raqamlashtirish” (20 ball) – ijtimoiy muassasalar (bolalar bog‘chasi, maktablar, poliklinikalar)da Internetdan foydalanish holatini, hamda ta’lim va boshqa tizim hamda dasturiy mahsulotlarni joriy etish holatini baholash.
    • Raqamli ta’lim” (20 ball) – maktablarni yo‘nalish bo‘yicha diplomga ega informatika o‘qituvchilari bilan hamda o‘quvchilarning “Bir million dasturchi” dasturi bo‘yicha qamrab olinganligi, aholining IT-sektorida bandligi, IT-o‘quv markazlarining va boshqalar.

    Elektron hukumat bo’yicha chet el davlatlarining tajribasi

    • Janubiy Koreya elektron hukumatni rivojlantirishda ulkan muvaffaqiyatga erishgan davlat hisoblanadi. U Birlashgan Millatlar Tashkilotining elektron hukumat institutlarining hamda aholining davlat boshqaruvidagi elektron ishtirokining rivojlanganlik darajasi bo‘yicha reytingida birinchi o‘rinda turadi. Shuning uchun ham uning tajribasi so‘nggi yillarda ko‘plab tadqiqotchilarning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda.
    • Janubiy Koreyada elektron hukumatni shakllantirish bo‘yicha tashabbus 2001-yilda yuridik kuchga ega bo‘ldi. Mamlakatda elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur hukumat organlarining ishida samardorlikni oshirishga qaratilgan bo‘lib, u uch bosqichda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan.
    • birinchi bosqichda (2001-2003) kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning natijasida Koreyaning hukumat organlari tashqi dunyo bilan Internet orqali uchta asosiy yo‘nalishda — G2C (davlatdan-fuqaroga), G2B (davlatdan-biznesga) va G2G (davlatdan-davlatga) sxemalari bo‘yicha aloqa qila boshladi.
    • Bundan tashqari, davlat boshqaruvi tizimida idoralararo elektron aloqalarni ta’minlashga qaratilgan informatsion-texnologik arxitektura ham ishlab chiqilgan. Unda, xususan, elektron hujjat aylanishi, elektron raqamli imzo va boshqa texnologiyalar faol qo‘llanilgan. Umumiy hisobda, birinchi bosqich uchun jami 225 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ sarflangan. Natijada, Koreya raqamli imkoniyatlar indeksi bo‘yicha jahonda 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi "Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3724-son qaroriga asosan O'zbekiston Respublikasining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi Milliy reyestrini shakllantirish, saqlash va rivojlantirish bo'yicha vazifalarni amalga oshirish belgilangan. Milliy reyestrga kiritilgan yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar 2 foiz stavka bo'yicha yagona soliq to'lovini to'lovchilar hisoblanadi.

    E'tiboringiz uchun raxmat!


    Download 1.16 Mb.




    Download 1.16 Mb.