Elektron tijorat amalga oshirish qoidalari




Download 38 Kb.
bet2/2
Sana22.10.2023
Hajmi38 Kb.
#89674
1   2
Bog'liq
elektron tijorat (amaliy-1)
1- Amaliyot (2), 1- Amaliyot (3), doc.6, dox.16, OT mustaqil ish, SEv2-c21, 1681796789 (1), Elektron hukumat, Таржима 3-5, 16-22, 29-30 ва 34-49 бетлар БМИ СКК, kamp-maruza, kiber, computer, vIt8QArvSYzLUrt9j4P3ZL2aSfINUJyVHuiLYVQC, Mavzu Ma’lumotlarni qidirish usullari, algoritmlari va ularning
Elektron tijorat amalga oshirish qoidalari
1. Ushbu Qoidalar “Elektron tijorat to‘g‘risida”, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq elektron tijorat shaklida tovarlarni sotishni (ishlarni bajarishni, xizmatlar ko‘rsatishni) tartibga soladi.
2. Ushbu Qoidalarning amal qilishi:
davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan tovarlarning (ishlar va xizmatlarning) davlat xaridlariga;
birja faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyaga ega bo‘lgan birjalarda, shuningdek axborot vositachilarining axborot tizimlarida sodir etiladigan bitimlarga;
ko‘chmas mulkni sotishga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq notarial tasdiqlanishi yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak bo‘ladigan bitimlarga tatbiq etilmaydi.
3. Elektron tijorat shaklida amalga oshiriladigan ulgurji va chakana savdo Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom va Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari bilan tartibga solinadi.
Elektron tijorat shaklida tovarlarni sotishda (ishlarni bajarishda va xizmatlar ko‘rsatishda) ushbu Qoidalarga 1-ilovada ko‘rsatilgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotish tartib-taomillarini soddalashtirishga yo‘naltirilgan alohida normalar qo‘llaniladi.
4. Elektron tijorat shaklida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotish ruxsat etish xususiyatiga ega alohida hujjat olinishini talab etmaydi.
Bunda elektron tijorat shaklida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotishda, agar hujjatni elektron tijoratdan tashqarida rasmiylashtirish zarurligi qonun hujjatlarida belgilangan bo‘lsa, ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatni olishni istisno etmaydi.
5. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) elektron tijorat obyektlari hisoblanadi, ushbu Qoidalarga 2-ilovaga* muvofiq ro‘yxatga binoan aylanmadan olib qo‘yilgan yoki aylanmadagi cheklangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bundan mustasno.
6. Elektron tijorat ushbu Qoidalarga 3-ilovaga muvofiq sxemaga binoan axborot tizimida ofertani (taklifni) joylashtirish va ofertaga aksept olish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Download 38 Kb.
1   2




Download 38 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron tijorat amalga oshirish qoidalari

Download 38 Kb.