Kuchaytirgichning tuzulma sxemasi




Download 1.08 Mb.
bet23/31
Sana05.11.2022
Hajmi1.08 Mb.
#29188
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
Bog'liq
454dfc8ba4065d4f90d334b4423b39f5 Elektronika - 1
Farida kurs ishi, 4Shukurullayeva Sarvinoz
Kuchaytirgichning tuzulma sxemasi

Kirish signalining quvvatini kuchaytirish uchun mo‘ljallangan qurilmani kuchaytirgich deyiladi. Kuchaytirish aktiv elementlar yordamida ta’minlovchi manbadan energiyani ishlatish hisobiga bajariladi. Kuchaytirgichlarda aktiv elementlari bo‘lib ko‘pincha tranzistorlar hisoblanadi bunday kuchaytirgichlarni yarimo‘tkazuvchiligi yoki tranzistorli deb nomlanishi qabul qilingan. Har qanday kuchaytirgichda kirish signali yuklanishga ta’minlash manbaidan energiya uzatilishini boshqaradi.


33-rasmda keltirilgan sxema yordamida kuchaytirgich kaskadning ishlash prinsipini tushuntiramiz.

33-rasm

Kuchaytirgichni asosi bo‘lib ikki element hisoblanadi: R rezistor va boshqariladigan faol element FE tranzistor, uning qarshiligi kirish signali ta’sirida Ukir o‘zgaradi. FE qarshiligi o‘zgarishi hisobiga R va FE rezistorning zanjirida Yem kuchlanish bilan ta’minlash manbaidan oqayotgan tok o‘zgaradi. Natijada rezistorda kuchlanishni kamayishi o‘zgarib boradi, demak chiqish kuchlanish Uchiq ham o‘zgaradi.
Bu yerda kuchlanish jaryoni ta’minlash manbai Yem energiyasini kuchlanishni chiqish energiyasiga o‘zgarishiga asoslangan. 34-rasmda keltirilgan kuchaytirgich kaskadning tuzilma shemaini ko‘rib chiqamiz. Kuchaytirgich kirish Rkir va chiqish Rchiq qarshiliklari bilan faol to‘rtqutbcha sifatida namoyon etilgan. Kirish signal manbai ichki qarshiligi R2 bo‘lgan kuchlanish generatori Е2 shaklida ko‘rsatilgan.


34-rasm

Kuchaytirgichning chiqishida yuklash registori Ryu ulangan. Na generator Е2, na yuklanish kuchaytrigichning qismlari hisoblanmaydi, ammo uning ishlashida ko‘pincha katta rol o‘ynaydi.
Kuchaytirish kattaliklari bo‘yicha kuchlanish, tok va quvvat kuchaytirgichlarga farqlanadi.
Kuchaytrigich kaskadlarini Rkir va Re miqdorlariни nisbati bo‘yicha bo‘linishi qulay. Agar kuchaytirgichda Rkir>>R2 bo‘lsa, bunda u kuchlanish kuchaytirgichi hisoblanadi. Tok kuchaytirgichida Rkir<2 ya’ni tokli kirish joyiga ega. Quvvat kuchaytirgichida kirish signali manbai bilan kelishilgan, ya’ni Rkir>>R2.
Rchiq va Ryu miqdorlari o‘rtasidagi nisbati bo‘yicha kuchaytirgichlarni kelishilgan yuklanishda ishlaydigan (Rchiq>> Ryu) kuchlanish kuchaytrigichi (Rchiq<yu), tokli chiqishi bilan (Rchiq>>Ryu) tok kuchaytirgichi va quvvat kuchaytirgichlarga bo‘lish mumkin.
Odatda, kuchaytirgich bir nechta kuchaytirgichli kaskadlardan (35-rasm) iborat.
Birinchi kaskad kiruvchi deyiladi, ohirgisi esa chiquvchi yoki ohirgisi deyiladi. Kirish kaskadi kirish signali manbai bilan kuchaytirgichni kelishishini bajaradi, shuning uchun kuchlanish kuchaytirgichi katta kirish qarshiligiga ega bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, maqsadga muvofiq bo‘lar edi, agar kirish kaskadi eng kam shovqin koeffitsiyentiga ega bo‘lsa.

35-rasm.

Ko‘p kasadli kuchaytirgichni kirish kaskadi ko‘pincha quvvat kuchaytirgichi hisoblanadi va kichik omili yuklanishga ishlashiga katta quvvatga, kichik chiqish qarshiligiga, yuqori foydali ish koeffitsiyentiga ega bo‘lishiga talab qilinadi. Oraliqdagi kaskadlar belgilangan kuchaytirishni ta’minlash uchun kerak bo‘ladi, ya’ni ularni asosiy parametri bo‘lib kuchaytirish (kuchlanish bo‘yicha) koeffitsiyenti hisoblanadi.
Ko‘p kaskadli kuchaytirgichda kaskadlarning bir biroviga ulanish turli xil usullar bilan bajariladi. O‘zgaruvchan tok yoki kuchlanishni kuchaytirgichlari uchun keng tarqalgan usullardan biri bo‘luvchisi sig‘imlar yordamida amalga oshiriladi. Bunday kuchaytirgich sig‘imli bog‘lash kuchaytirgichi deyiladi. O‘zgarmas tok kuchaytirgichlari uchun bevosita (galvanikli) bog‘lama ishlatiladi. Takidlash kerakki, kaskadlar o‘rtasida bevosita bog‘lama ITda keng namoyon etilgan.



Download 1.08 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Download 1.08 Mb.