Elektronika sxemalar




Download 2,42 Mb.
bet2/5
Sana21.01.2024
Hajmi2,42 Mb.
#142541
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ishga namuna (2)
HTML-Қўлланма informatikadan(206), Mustaqil ish 1, Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish - Vikipediya, Надежность систем железнодорожной автоматики, телемеханики и связи, TASDIQLAYMA2, proxy 11, RAHMATULLAYEV AHROR LABARATORIYA 2 compressed, gudvilning-milliy-standartlarini-xalqaro-standartlar-asosida-tashkil-etishning-ustuvor-sabablari-hamda-gudvilni-yangi-metodlar-bilan-buxgalteriya-hisobiga-kiritish, biocrossword, Eshmurodov Samandar, Rossiya, 9-sinf un 8-nazorat ishi, Shahrizoda Kamola 1, 2.2.1, Yarim o‘tkazgichlami elektrofizik xususiyatlari va ularni tadqiq
ASOSIY QISM
Elektr maydonning ma’lum nuqtasida turgan birlik elektr miqdorining energiya zapasini (potensiyal energiyasini) aniqlovchi kattalik potensial deb ataladi.
Elektr maydonda zaryadni A nuqtadan B nuqtaga ko‘chirish uchun bajarilgan ish o‘sha zaryadning A va B nuqtalaridagi potensial energiyalarni ayrimasiga teng.
Potensiallar ayirmasi kuchlanish deb ataladi.
Elektr toki ma’lum miqdordagi elektr zaryadlarini yigindisini uzluksiz xarakatidan iborat va son jixatidan ana shu zaryadlarni vaqt bo‘yicha o‘zgarish tezligi bilan aniqlanadi.
Tok kuchini o‘tkazgichning ko‘ndalang kesim yuzasiga nisbati tok zichligi deb ataladi.
Elektr tokini xosil qiluvchi va uning oqib o‘tishini ta’minlash uchun berk yo‘l hosil qiladigan qurilmalar yig‘indisi elektr zanjir deb ataladi.
Eng sodda elektr zanjir uchta asosiy elementlardan: tok manbaidan, elektr energiyasini qabul qiluvchi iste’molchidan va tutashtiruvchi simlardan iborat bo‘ladi. Tok manbai sifatida mexanik energiyani elektr energiyaga aylantiruvchi elektr generatorlar, yoki kimyoviy energiyani elektr energiyaga aylantiruvchi akkumuliyatorlar ishlatiladi. Elektr energiyani iste’molchilari sifatida elektr energiyani mexanikaviy energiyaga aylantiruvchi elektrodvigatellar qizitish lampalari, elektr energiyani issiqlik energiyaga aylantiruvchi elektr pechlar va isitish asboblari, elektr energiyani kimyoviy energiyaga aylantiruvchi metall olish vannalari kiradi. Ulash simlari sifatida izolyasiyalangan yoki yalang‘och, ya’ni izolyasiyasiz mis yoki alyumin simlar ishlatiladi. Elektr zanjirda asosiy elementlardan tashqari qo‘shimcha vositalar: uzuvchi asboblar, (rubil’niklar, kontaktorlar, viklyuchatellar) va ximoya asboblari (saqlagichlar, avtomatlar ), ulchov asboblari (ampermert, voltmetr, schyotchiklar) ishlatiladi.
Elektr yurituvchi kuch (E.YU.K.) son jixatdan tok manbaining birlik musbat zaryadga bergan energiyasiga teng bo‘ladi. YA’ni elektr yurituvchi kuch deb tok manbaini quvvatining tok kuchiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi. Berk elektr zanjirida tok manbaining elektr yurituvchi kuchi (e.yu.k) ta’siridan vujudga keladi. Elektr yurituvchi kuch bilan kuchlanish orasidagi farq ya’ni tok manbai ichida birlik zaryadni ko‘chirish uchun energiyaning yo‘qolgan qismidan iborat.
Qarshilikka teskari bo‘lgan kattalik o‘tkazuvchanlik deb ataladi.
Elektronlari yadrosi bilan mahkam bog‘langan materiallarda erkin elektronlar bo‘lmaydi. Elektronlar atrofidagi elektr maydon elektronlarni ma’lum yo‘nalishda xarakatga keltira olmaydi. Bu materiallardan elektr toki o‘tmaydi. Bu materiallar elektr o‘tkazgichmas, ya’ni dielektriklar deyiladi. Dielektriklar jumlasiga havo, gazlar, slyuda, marmar, plastmassa, lok va emallar, chinni lok shimdirilgan matolar, shishadan yasalgan tolalar, mineral moylar, sintetik suyuqliklar, mumlar, buyoqlar, polietilen, polivinilxlorid, qogoz, karton, yogoch, paxta, shoyi tolalar, tekstalit, getinaks, elastik materiallar, rezina, kauchuk, farfor, asbest, asbestotsement, parafin va boshqa materiallar kiradi.
Elektr tokini yahshi o‘tkazadigan moddalar elektr o‘tkazgichlar deyiladi. O‘tkazgichlar jumlasiga metallar, tuz, kislota va ishqor eritmalari, ko‘mir, grafit, mis, alyuminiy, pulat (temir), qotishmalar (nixrom, fexral, manganin) va boshqalar kiradi .
Elektr zanjiridaga elementlarning o‘zaro qanday ulanishi ko‘rsatilgan grafik tasvir elektr sxema deyiladi. Sxemalarda elektr zanjirdagi xar bir element ma’lum bir qabul qilingan shartli belgi bilan ko‘rsatiladi.
Zanjirdan o‘tayotgan tokning yo‘nalishi va qiymati vaqt davomida o‘zgarmas bo‘lsa, bunday tok o‘zgarmas tok deyiladi.
Vaqt birligida o‘z qiymatini va yo‘nalishini o‘zgartirib turadigan tok o‘zgaruvchan tok deyiladi.
Vaqt birligida o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmaydigan, faqat qiymatini o‘zgartiradigan tok pulslanuvchan tok deyiladi.
YUqorida aytib o‘tilgan toklar uzliksiz ishlovchi qurilmalarda qo‘llaniladi.
Bular bir qatorda hozirgi kunda xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida, elektron hisoblash texnikasida ob’ektlarni avtomatik boshqarishda nazorat qilishda, kommutatsiyalovchi (ulab uzib berish vazifalarini bajaruvchi) qurilmalarda, raqamli uzatish texnikasida boshqarish impulsli toklar orqali bajariladi.
Elektr toki o‘tadigan yo‘ldagi turli elektr tizilmalar yig‘indisi elektr zanjiri dyiladi. Har qanday elektr zanjiri uchta asosiy elementdan, tok manbayi, iste’molchilardan va tutashtiruvchi simlardan tashkil topgan bo‘ladi.
Tok manbai elektr earyadlarni berk zanjirda yurgizib ma’lum ishni bajaradi. Ayrim musbat zaryadni berk zanjirda yurgizish ishi elektr yurituvchi kuch (EYUK) deyiladi: EYUK ning birligi - Volt (V):

elektr yurituvchi kuch manbalarining bir necha turi bor:
1. Galvanik:
2. Akkumulyatorlar;
3. Elektor generatorlar;
Kremniyli yarim o‘tkazgichli fotoelementlar (quyosh batereyalari).

1- rasm. Oddiy elektr zanjir

Elektr energiya iste’molchidlari qatoriga elektr energiyani mexanik energiyaga aylantiruvchi elektr dvigatellar, yoritish lampalari, elektr energiyani issiqlik energiyasiga aylantiruvchi isitish asboblari va hokazolar kiradi.


Elektr zanjirlarda asosiy elementlardan tashqari uzgichlar, knopkalar, real, kontaktlar, himoya asboblari, masalan, saqlagichlar va avtomatlar, nihoyat kontrol o‘lchov asboblari: ampermetrlar, voltmetrlar, schyotchiklar va hokazolar ishlatiladi. 2-rasmda yoritish lampasini ulashning oddiy sxemasi ko‘rsatilgan. Bu sxematok manbai E, uchun V, reostat R va yoritish lampasidan tashkil topgan.
2-rasm. Berk elektr zanjir



yoki

r0-tok manbaining ichki qarshiligi, R- zanjirning tashqi qarshiligi, U0=Ir0- tok manbaining ichki qarshiligidagi kuchladninshning tushishi, U=IR- tok manbaining qisqichlar orasidagi kuchladnishi, I- tok kuchi.

Agar. 3 rasmdagi sxema uzilgan bo‘lsa, I=0 bo‘ladi va:


E=U0+U=U.
Demak, uzilgan zanjirda tok manbaining qisqichlar orasidagi kuchlanishi, uning EYUK ga teng bo‘ladi.
Agar tashqi qarshilikning uchlarini kalta sim bialn tutashtirsak, uning qarshiligi R=0 bo‘ladi. SHuning uchun U=LR=0 bo‘ladi.
Bunda:



manbaning ichki qarshiligi kichik bo‘lgani uchun zanjirda katta tok xosil bo‘ladi. Bu tok qisqa tutashauv toki deyiladi.
Tok manbalarining quvvatini va foydali ish koeffitsientini ortishi uchun ularning ichki qarshiligini kamaytirish kerak.

XULOSA

Men ushbu mustaqil ishni bajarish davomida Elektrotexnika va alektronika fanlarini o’zaro bog’liqlik jihatlarini o’rgandim. Elektr toki, kuchlanish, qarshilik, elektr yurituvchi kuch, sig’im, induktivlik kabi atamalar bilan yaqindan tanishdim ular haqida kerakli bilim va tushunchalarga ega bo’ldim. Elektr zanjirlar nazariyasi fani elektronika va elrktrotexnika fanlarini negis sohasi ekanligini bilib oldim.





Download 2,42 Mb.
1   2   3   4   5




Download 2,42 Mb.