• 8.2-rasm. Akseptorli yarimo’tkazgichning energetik sxemasi.
  • Nazorat uchun savollar
  • -rasm. Donorli yarimo’tkazgichning energetik sxemasi




    Download 1.6 Mb.
    bet14/27
    Sana14.05.2023
    Hajmi1.6 Mb.
    #59524
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
    Bog'liq
    Elektronikaning fizik asoslar fanidan ma\'ruzalar kursi
    17-21 gurux 200 ta test, Umidjon MatLab2, Elektron asboblar va integral sxemalar, Ўқув материаллари
    8.1-rasm. Donorli yarimo’tkazgichning energetik sxemasi.
    Mendeleevning elementlar davriy jadvalidagi 3- gruppa elementlari germaniy va krem­niy elementida aralashma sifa­tida ishtirok etsa, ular ener­getik sxemada man kilingan zonada valentlik zonasining yuqorisiga yaqin joyda qo‘shimcha energetik satxni xosil qiladi. Bular bilan valentlik zonasi orasidagi energetik masofa xam juda kichik bo‘lib, valentlik zonasidagi elektronlar aralashmalarning energetik satxga ozgina issiqlik energiya xisobiga chiqa oladi. Aralashmalarda energetik satxga chiqib olgan elektronlar elektr o‘tkazuvchanlikda ish­tirok eta- olmaydilar, ularning qoldirgan o‘rni — xarakatchan teshik bo‘lib xisoblanib, elektr o‘tkazuvchan­likda ishtirok eta oladilar.
    Past temperaturalarda aralashmalarning energetik satxi bo‘sh bo‘ladi, temperatura ortishi bilan ular to‘la boshlaydi. Uy temperaturasida butunlay to‘lgan deb qarasak bo‘ladi.
    Man qilingan zonada (valentlik zonasining yuqorisiga yaqin joyda) energetik satxni xosil qiladigan yarim o‘tkazgichlarni teshikli yarim o‘tkazgichlar, ara­lashmalarni esa akseptorlar deb yuritiladi (8.2- rasm).

    8.2-rasm. Akseptorli yarimo’tkazgichning energetik sxemasi.
    Aralashmalarning konsentratsiyasi dan katta bo‘lsa, ularning energetik satxlari parchalanib energetik zonani xosil qiladilar. Bu xodisa yarim o‘tkazgich man qilingan zonasi energetik kengligining kamayishiga olib keladi va uning elektrik xossalarini o‘zgartirib yuboradi.Aralashmalar donorlar bo‘ladigan bo‘lsa, ularning energetik zonasi yarim o‘tkazgichning o‘tkazuvchanlik zonasi bilan, akseptorlar bo‘lsa, energetik zonasi valentlik zonasi bilan tutashib ketishi mumkin. Bu esa man qilingan zonaning energetik kengligini kamaytirib yuboradi.
    Bunday xollarda yarim o‘tkazgichlar aynigan xolatda bo‘lib, elektron va teshiklar Fermi-Dirak statistikasiga bo‘ysunadigan bo‘lib qoladi.
    Nazorat uchun savollar
    1. Donorli satxlar deb nimaga aytiladi?
    2. Akseptorli satxlar deb nimaga aytiladi?
    3. Xarakatchan teshik nima?
    4.Yarim o‘tkazgichlardagi aralashmalarning energetik satxi qanday bo‘ladi?


    Download 1.6 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




    Download 1.6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Donorli yarimo’tkazgichning energetik sxemasi

    Download 1.6 Mb.