• Nazorat uchun savollar
  • Elektronika va asbobsozlik




    Download 1.6 Mb.
    bet4/27
    Sana14.05.2023
    Hajmi1.6 Mb.
    #59524
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
    Bog'liq
    Elektronikaning fizik asoslar fanidan ma\'ruzalar kursi
    17-21 gurux 200 ta test, Umidjon MatLab2, Elektron asboblar va integral sxemalar, Ўқув материаллари, 1. Teng to’plamlar. To’plam osti. Universal to’plam, Tashkent-2022 Mavzu; To’plamlarda ekvivalentlik qism to’plamlari
    1.3-rasm
    1.3 rasmda bir o’lchovli kristall uchun Brillyuen zonasi keltirilgan. aqiqatan xam elektronlar to’lqin xossasiga ega bo’lib, ularni kristalldagi harakatini elektronlar to’lqinining tarqalishi deb qarash mumkin.
    Shunday qilib, kristallarda elektronlar energetik zonalar bo’ylab taqsimlangan bo’ladi.
    Elektronlar kristallda past energetik zonadan boshlab yuqori zonalarga qarab to’lib boradi.
    Zonalardagi elektronlarning taqsimlanishi va man qilingan zonalarning kengligiga qarab qattiq jismlar o’tkazgich, yarim o’tkazgich va izolyatorlik xossalariga ega bo’ladi.
    Nazorat uchun savollar:
    1. Qattiq jism zona nazariyasi haqida nimalarni bilasiz?
    2. Yarimo‘tkazgichga ta’rif bering.
    3. Energetik sathalar haqida ma’lumot bering.
    4. Elektron zonalar haqida umumiy ma’lumot.

    2- MAVZU: Kronig-Penni modeli. Brillyuen zonalari.
    REJA:
    1. Shredenger tenglamasi.
    2. Kronig-Penni modeli.
    Tayanch so‘z va iboralar: Elektron davr, bir o’lchovli potensial maydon, Shredenger tenglamasi, Kronig-Penni modeli.
    Elektron davriy elektrik maydonda harakat qilganda uning elektrik spektri qanday bo’lishligini yaqqol ko’rsatadigan sodda modellardan biri Kronig-Penni modelidir. U atomlarning bir chiziq bo’ylab davriy joylashgan holiga mos bo’lib, bunda masalani soddalashtirish maqsadida mazkur yo’nalishda elektron uchun navbatlashuvchi (davriy) to’g’ri burchakli potensialto’g’ri chiziqlar mavjud deb faraz qilinadi. To’siqning kengligi a, atomning elektron uchun hosil qilgan potensialchuqurlikning kengligi bva to’siqning balandligi V0 bo’lsin (2.1-rasm). Bu holda kristal panjarasining doimiysi c=a+b bo’ladi.
    2.1- rasm
    Elektronning bunday davriy maydondagi ye energiyasi to’siqning balandligidan kichik deb hisoblanadi. Shuni ta’kidlaymizki, kvant mexanikasiga asosan, elektron bu potensial to’siqlar ustidan o’tishga energiyasi yetarli bo’lmasada, to’siqlar devoridan tunnel o’tish (tirqish) yo’li bilan o’tib keta olishi mumkin va shu yo’sinda bu bir o’lchovli kristal bo’ylab harakatlana oladi. Bu holda elektron uchun Shredinger tenglamasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
    (2.1)

    (2.1) tenglama potensialchuqur va potensialto’siq sohalari uchun, mos ravishda, quyidagi ko’rinishda yoziladi:
    (2.2)
    (2.3)
    Bulardagi
    (2.4)
    Potensial chuqur sohasi 0 (2.5)
    Potensial to’siq sohasi –b (2.6)
    ko’rinishlarda bo’ladi. Kristall panjarasi davriyligidan Blox funksiyasi uchun
    (2.7)
    munosabat o’rinli, bunda ϕ=kc. Endi (2.6) yechimni (2.7) dan foydalanib, a (2.8)
    ko’rinishda yoza olamiz.
    Olingan yechimlar sohalar chegaralarida uzluksiz bo’lishligi, ya’ni bu chegaralarda (x) va (x) to’lqin funksiyalari hamda ularning hosilalari o’zaro teng bo’lishligi kerak.

    (2.9)
    (2.10)
    (2.11)
    (2.12)
    (2.10) -(2.12) tenglamalar sistemasi A,B,C,Ddoimiylarni aniqlash imkonini beradi. Bu sistema bir jinsli tenglamalar sistemasi bo’lib, uning ma’noli yechimga ega bo’lishi uchun ushbu tenglamalardagi A,B,C,Dlar oldidagi ko’paytuvchilardan tuzilgan aniqlovchi (determinant) nolga teng bo’lishi kerak, ya’ni
    (2.13)
    Bu aniqlovchini ochib chiqilganda
    (2.14)
    tenglama kelib chiqadi.
    Bu ifodadagi k va ϴ kattaliklar elektronning E energiyasi orqali ifodalanganligi tufayli ϕ ga turli qiymatlar berib, E(ϕ) funksiyani, ya’ni elektron energiyalari spektrini aniqlash mumkin. Ammo (2.14) tenglamani yechish murakkab, u taqribiy hisoblashni talab qiladi. Lekin ayrim chegaraviy hollarda juda yaqqol natijalar olish mumkin. Bu holda potensialto’siq kengligi b ni nolga (b->0) va uning balandligi ni cheksizga ( ) intiltiramiz, ammo b ko’paytma chekli doimiy kattalik bo’lib qoladi deb hisoblaymiz, ya’ni
    (2.15)
    (2.16)
    Bu holda (2.14) tenglama sodda ko’rinishga keladi.
    (2.17)
    Quyidagi rasmda (2.17) tenglama yechimi grafik usulda tasvirlangan.


    Download 1.6 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 1.6 Mb.