• Muammoga - yo‘naltirilgan adp
  • Elektronika va asbobsozlik




    Download 2.29 Mb.
    bet1/46
    Sana19.05.2023
    Hajmi2.29 Mb.
    #61636
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
    Bog'liq
    Автоматлаштиришда қўлланиладиган пакетлар фанидан маърузалар матни
    Maqola va uing turlari, NUTQ MADANIYATI VA ADABIY TIL ME’YORLARI, 4.Kurs ishi - копия - копия - копия (70), курс иши, Doc1, АБРАЗИВНЫЙ ИНСТРУМЕНТ, 9.ENERGOMENEJMENT, 11.JAMOAT BINOLARIDA ENERGIYANI TEJASH, 2 5404804334393229791 010818181524, Xalilova Surayyo, Akademik yozuv (3), ADABIYOT, Arduino nima, Laboratoriya ishi

    хO`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
    TA`LIM VAZIRLIGI
    FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI


    ENERGETIKA FAKULTETI

    ELEKTRONIKA VA ASBOBSOZLIK” kafedrasi




    5311000 - «Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish» yo`nalishi
    «AVTOMATLASHTIRISHDA QO`LLANILADIGAN PAKETLAR»

    FANIDAN
    MA`RUZA MATNLARI


    Farg`ona – 2015 yil
    1 – MA`RUZA

    Mavzu: Kirish Avtomatlashtirishda qo`llaniladigan paketlar haqida asosiy tushunchalar.Fanning vazifalari


    Reja:

    1. Amaliy dastur paketlari

    2. ADP larining klassifikatsiyasi
    3. Muammoga - yo‘naltirilgan adp

    Tayanch iboralar: adp turkumlari, amaliy dasturlar, ABT paketlari, matn protsessorlari, generatsiya

    Amaliy dastur paketlari


    Hisoblash texnikasini amaliyotga samarali tadbiq etishning birdan-bir yo‘li ixtisoslashtirilgan amaliy dasturlar paketini yaratishdir (ADP). Ularning foydalanish imkoniyati va soddaligi EHM ni muhandis mehnatiga, fan sohasining aniq masalalarini yechishga, iqtisodiyotga, madaniyatga, ta’limga yanada keng koplamda tadbiq etishga imkoniyat yaratadi. Amaliy dasturlar paketi odatda maxsus tizimlar bazasida quriladi va ular muayan bir yo‘nalishning rivoji bo‘lib hisoblanadi. Ular hisoblash vositasining dasturiy ta’minotidan alohida ravishda o‘z xujjatlariga ega bo‘lgan holda o‘rnatiladi va o’eratsion tizimning tarkibiga kirmaydi. Ko‘pchilik paketlar o‘zining xususiy generatsiya qilish vositalariga ega. paket yaratilishida o’eratsion tizimni modifikatsiya qilish talabi qo‘yilmasligi kerak. Bu boshqaruvchi dasturlar ishiga ta’sir etuvchi paketlarga ham tegishli. Agar paket boshqaruvchi dasturga o‘zgartirish kiritishni talab qilsa, u holda u paketning yuklanish va initsializatsiya jarayonida bajariladi

    ADP larining klassifikatsiyasi


    Hamma ADP ni uch gru’paga bo‘lish mumkin: operatsion tizim imkoniyatlarini kengaytiruvchi paketlar; umumiy foydalanishga mo‘ljallangan paketlar; Avtomatlashtirilgan Boshqaruv Tizimi - (ABT) ishiga yo‘naltirilgan paketlar.


    O’eratsion tizim imkoniyatlarini kengaytiruvchi amaliy dastur paketlari turli konfiguratsiyadagi EHMlarning ishlashini ta’minlaydi. Bularga namunali konfiguratsiyadagi ko‘p vositali komplekslar ishini ta’minlovchi paketlar, dialogli tizimlar, haqiqiy vaqt masshtabida ishlovchi tizimlar va uzoqda joylashgan paketlarni qayta ishlovchi paketlar kiradi. Umumiy amaliy dastur paketlari keng koplamda qo‘llanishga mo‘ljallangan dasturlar to‘plami: alfavitli-raqamli va grafik dis’leylarni, grafo’ostroitellarni, dasturlashtirish tizimlarini, ilmiy-texnik hisoblashlarni, matematik dasturlashtirish, matritsalarni hisoblashlarni va turli ko‘rinishdagi modellashtirishlarni, ommaviy nazariy masalalarni yechish va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
    ABT da ishlashga yo‘naltirilgan paketlar o‘z ichiga umumiy maqsadga yo‘naltirilgan axborotlar bankini qayta ishlovchi tizimlarni, umumiy yo‘nalishdagi axborot qidiruv tizimlarni, xujjatlarni qayta ishlovchi tizimlarning dasturlar to‘plamini o‘z ichiga oladi.
    Amaliy dasturlar paketi juda kuchli rivojlanayotgan va ular orqali yechilayotgan masalalar doirasi doimo kengayib borayotgan dasturiy ta’minot qismi hisoblanadi. Kompterlarni amaliyotning turli sohalari faoliyatiga qo‘llash mavjud va yangi yaratilayotgan ADP evazi hisobiga mumkin bo‘lib qolmoqda.
    O‘zining funksional imkoniyatlariga ko‘ra juda quvvatli kompyuterlarning yaratilishiga olib kelgan mikroelektronika sohasida erishilgan yutuqlar ham yangi ADP yaratishga sabab bo‘ldi. O‘z navbatida foydalanuvchining aniq masalalarni yechishda ADP foydalanish xarakteristikalarini yaxshilash kompyuterlarning arxitekturasini va baza elementlarini va ‘eriferiya qurilmalarini takomillashtirishni rag‘batlantiradi.
    ADP ni tuzish strukturasi va ‘rinsi’lari paket ishlaydigan EHMning sinfiga va o’eratsion tizimga bog‘liq. Juda ko‘p sondagi ADPlari MS-DOS va WINDOWS o’eratsion tizimida ishlaydigan IBM ‘C ga moslashuvchi kompyuterlar uchun yaratilgan. Bu dastur paketlarning funksional-tashkiliy belgilari bo‘yicha turkumlanishi 3.01 rasmda keltirilgan.
    Har bir paketlar guruhi, tashkiliy, ishlab chiqish va yaratishda o‘ziga xos muammolarga ega. Har bir paket EHMga va uning tavsifiga bog‘liq bo‘lgan holda aniq dasturlash tilida paket talablariga va til imkoniyatlariga mos ravishda amalga oshiriladi.
    Keltirilgan turkumlarda o‘yin dasturlari ko‘rsatilmagan chunki ular ‘rofessional faoliyatni avtomatlashtirish vositasi hisoblanmaydi va bo‘sh vaqtlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Tarjimani bajaruvchi, orfografiyani tekshiruvchi va elektron lugpat dasturlarining keltirilmaganligi sababi shu bilan bog‘likki, bu dasturlar ADPga matn redaktori, ‘rezentatsiya va shu kabilarga funksional qo‘shimchalar bo‘lib hisoblanadi. Bu dasturlarni ADP tarkibiga birlashtirish tendensiyasi kuzatilmoqda.
    Mavjud yaratilgan ADP, axborotni qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan inson faoliyatining qariyib hamma sohalarini qamrab olgan. ADPni rivojlantirish va takomillashtirish - bu ilgarilanma jarayon, shuning uchun imkoniyatlariga ko‘ra hozirgi paketlar erishgan yutuqlardan yuqori bo‘lgan yangi ADP paydo bo‘lishini kutish mumkin.



    1.1 rasm. ADP turkumlari



    Download 2.29 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




    Download 2.29 Mb.