• KURS LOYIHASI Bajardi
  • Elektronika va avtomatika” fakulteti “ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish” kafedrasi




    Download 1,39 Mb.
    bet1/5
    Sana29.05.2024
    Hajmi1,39 Mb.
    #256858
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    elnur


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
    TEXNIKA UNIVERSITETI
    ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA” fakulteti
    ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRISH” kafedrasi

    Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash, o‘rnatish va sozlash” fanidan


    “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi “ AJ da Gazoilni gidro tozalash jaroyonini avtomatlashtirish mavzusida
    KURS LOYIHASI


    Bajardi: 154-20 guruh talabasi: Sattorov E.
    Qabul qildi: Rajabov A.


    Toshkent-2024
    MUNDARIJA
    Kirish
    1 Texnologik qism…………………………………………………………………………………………
    1.1 Gidro tozalagichlarning boshqarish tizimining tavsifi………………………………..
    1.2 Gidro tozalagichlarni avtomatik boshqarish tizimi…………………………………….
    1.3 Gidro tozalagich boshqaruv ob'ekti sifatida……………………………………………….
    2 Hisob-kitob qismi……………………………………………………………………………………….
    2.1 Avtomatik boshqaruv tizimini ishlab chiqish
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar

    Kirish
    O’zbekistonning yoqilg’i energetika sohasidagi ishlab chiqarish quvvatlarini chuqur modernizatsiya qilish hamda texnik va texnologik qayta jihozlash borasidagi islohotlari uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlash negizida eksportga yo’naltirilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirish va ularning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan. Dunyo miqyosida motor yoqilg’isiga va uning sifatiga bo’lgan talabning doimiy oshishi hamda ekologik talablarning tobora qat’iylashib borishi neftni qayta ishlash sxemasini ixchamlashtirish va takomillashtirishni, texnik-texnologik qayta jihozlash, modernizatsiyalashni taqozo qilmoqda.
    Avtomobil transportini sifatli yoqilg’i bilan ta’minlash maqsadida yurtimizda ishlab chiqarilayotgan dizel yoqilg’ilarining sifatini EURO-5 ekologik standartlari talablariga qadar yaxshilash va yoqilg’ining ekologik – ekspluatatsion xossalarini yaxshilovchi import o’rnini bosuvchi prisadkalarni mahalliy xomashyolar asosida olish bugunning eng ustivor yo’nalishlaridan biridir. Avtomobilsozlik sanoati sohasidagi taraqqiyot to’g’ridan-to’g’ri ishlatiladigan yoqilg’i sifatiga bog’liq. Maqbul uglevodorod tarkibli va ekspluatatsion xususiyatlari yuqori bo’lgan yoqilg’ilarni olish birinchi navbatda yuqori sifatli xomashyoni tanlash, texnologiyani takomillashtirish va hozirgi kunda prisadkalar va qo’shimchalar kiritish bilan hal etiladi. Bunda neft mahsuloti tarkibidagi keraksiz komponentlarni ajratsih talab etilib, asosan gidrogenizatsion usullar keng qo’llaniladi. Gidrogenizatsion jarayonlarda maqsadli reaksiyalarning unumini boshqarish va nazorat qilishda bir qancha omillar ta’sir qiladi. Ularga quyidagilar kiradi: katalizatorlarning ta`siri (ilgari ko’rib chiqilgan edi), хom ashyoning хossalari, harorat, bosim, VGS ning aylanib turish karraligi va issiqlik effekti.
    Sanoatda qo’llaniladigan alyumokobaltmolibdenli katalizator yuqori tanlash qobiliyatiga ega. Uning ishtirokida 𝐶 − 𝐶 bog’larning uzilishi yoki aromatik halqalarning to’yinish reaksiyalari deyarli sodir bo’lmaydi. 𝐶 − 𝑆 bog’larning uzilish reaksiyalarida katalizator yuqori faolligi va yaхshi termik barqarorligi bilan xarakterlanadi. Shu sababli uzoq хizmat muddatiga ega. Bu katalizatorning muhim afzalligi uning potensial katalitik zaharlarga barqarorligidir. Bundan tashqari katalizator to’yinmagan birikmalarni to’yintirish, uglerod-azot, uglerod-kislorod bog’larning uzilish reaksiyalarida ma`qul faollik bilan farq qiladi va amaliyotda barcha neft fraksiyalarini gidrotozalash uchun qo’llaniladi.

    Download 1,39 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 1,39 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektronika va avtomatika” fakulteti “ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish” kafedrasi

    Download 1,39 Mb.