"Elektronika va radiotexnika" kafedrasi katta o‘qituvchisi D




Download 13,34 Kb.
Sana12.12.2023
Hajmi13,34 Kb.
#116619
Bog'liq
Taqriz E va C


“Elektronika va radiotexnika” kafedrasi katta o‘qituvchisi D.Arziyev tomonidan “ Elektronika va sxemalar 1” fanidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanmaga
T A Q R I Z

Zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalari hamda ilm fan rivojlanib borayotgan hozirgi zamonda barcha fanlar sohalarida bilimlarning tez yangilanib borishi, ta’lim oluvchilar oldiga o‘z sohalarini mukammal o‘rganish bilan bir qatorda, mustaqil ravishda bilim olish vazifasini qo‘ymoqda.


“Elektronika va sxemalar 1” fanidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanma ma’lum miqdorda shu masalani yechimi bo‘la oladi. O‘quv qo‘llanma reja bo‘yicha hajmi juda keng ko‘lamdagi ma’lumotlarni ma’noli bayon etishni talab etgan. Tayyorlangan o‘quv qo‘llanma Davlat ta’lim standartiga mos lotin alifbosida asoslangan o‘zbek tilida yozilgan.
O‘quv qo‘llanma 10 bobdan iborat bo‘lib, o‘z ichiga elektr zanjirlar nazariyasi, elektronikaning rivojlanish bosqichlari, Kirxgof qonunlari asosida elektr zanjirlarni taxlil qilish, elektr zanjirlarda o‘tish jarayonlari, elektr kattaliklar, elektr sxema simulyatorlari, yarimo‘tkazgichli elementlar, ularning ishlash pritsiplari, diodlar, bipolyar va maydoniy tranzistorlar, tiristorlar, semistorlarning tuzilishi va ishlash prinsiplari keltirilgan.
O‘quv qo‘llanmaning har bir bobi uchun nazorat savollari keltirilgan bo‘lib, ular talabalar tomonidan o‘quv materiallarini mustaqil o‘zlashtirishda xamda o‘qituvchi tomonidan tizimli reyting nazoratini oshirishga ko‘maklashadi.
O‘quv qo‘llanmada fan dasturida belgilangan mavzular keltirilgan bo‘lib, elektron asbolarning ishlash prinsiplpri rasmlar va sxemalar yordamida soddaroq ko‘rinishda tushuntirilgan.
“Elektronika va sxemalar 1” fani yuzasidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanma xajmi va mazmuniga asosan: 5330500 -kompyuter injenering; 5330300 – axborot xavfsizligi (barcha sohalari); 5330100 - telekommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida taxsil oluvchi talabalarga mo‘ljallangan.
Muallif tomonidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanma yuqorida keltirilgan yo‘nalishlarda taxsil olayotgan talabalar uchun nashr etishga hamda Muhammad al- Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universeteti va uning filiallarida o‘quv jarayonlarida qo‘llanilishga tavsiya etiladi.
Download 13,34 Kb.




Download 13,34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



"Elektronika va radiotexnika" kafedrasi katta o‘qituvchisi D

Download 13,34 Kb.