• M.I. Mahmudov
  • Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini




    Download 4.26 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/127
    Sana06.08.2022
    Hajmi4.26 Mb.
    #25135
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
    Bog'liq
    Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
    5000 words in a month, jjj, 12-Mavzu Power Point dasturida ishlash. Reja Taqdimotlar uchun, 7, 3-AI TS, 1-AI TS, 1-MI O\'T Sherxon, 1-MI TX Nargiza, O\'RNATILGAN PROTSESSORLAR, 2-MI TX Nargiza, Operation (1), ZI 2-A, 3-amaliy ish. Bulutli xizmatlar yordamida foydalanuvchi ma’lumot, P I B 1M


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
    TA’LIM VAZIRLIGI
    O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
    ELEKTRORADIO ASHYOLAR VA
    TIBBIYOT TEXNIKASINI
    TA’MIRLASH MANBALARI
    Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
    Òoshkent — «ILM ZIYO» — 2016
    R. S. MARDONOV


    2
    Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ilmiy-metodik
    birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash
    tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
    UO‘K: 612.014.421(075)
    KBK: 32.843
    M26
    ISBN 978-9943-16-246-4
    © R. S. Mardonov, 2016-yil
    © «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2016-yil.
    Ò a q r i z ch i :
    M.I. Mahmudov — Buxoro muhandislik
    texnologiyalari instituti «Elektroenergetika»
    kafedrasi mudiri:
    Mazkur darslikda elektroradio va tibbiyot texnikasida qo‘llani-
    ladigan dielektrik, yarimo‘tkazgich, elektr o‘tkazgich va magnit
    materiallarning tuzilishi, ularda sodir bo‘ladigan hodisalarning fizik
    asoslari yoritilgan. Elektr xususiyatlari, ularning chastotaga bog‘liqligi
    ko‘rilgan, fizik-kimyoviy va mexanik tavsiflari keltirilgan. Elektroradio
    va tibbiyot texnikasida qo‘llaniladigan radiotexnik materiallar va
    ulardan turli detallar ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari qisqa
    yoritilgan. Elektron asbob va qurilmalarni mikrominiatur (kichik
    o‘lchamlarda) tayyorlashda zarur bo‘ladigan turli materiallarning
    xususiyatlariga alohida e’tibor qaratilgan.
    Elektroradio va tibbiyot texnikasida elektronika passiv elementlari:
    rezistorlar, kondensatorlar, induktivlik g‘altaklari, transformator va
    drossellar, almashlab ulagichlar, filtrlarning tasniflari, asosiy para-
    metrlari va tavsiflari haqida to‘liq ma’lumotlar to‘plangan.
    O‘quv qo‘llanmada keltirilgan rasmlar va jadvallar uning matnini
    to‘ldiradi.
    O‘quv qo‘llanma o‘rta maxsus va kasb-hunar kollejlarining «Asbob-
    sozlik» yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.


    3
    KIRISH
    Ma’lumki, radioning kashf etilishi fan va texnika rivojlanishida
    yangi davrni boshlab berdi. Zamonaviy elektroradio va tibbiyot
    texnikasining ahamiyati radioeshittirish va aloqa bilan chega-
    ralanmaydi, balki uning negizida boshqa yondosh sohalar ham
    rivojlanmoqda, misol tariqasida tibbiyot texnikalarida qo‘llanishini
    keltirish mumkin. Ishlab chiqarish, ilmiy va kundalik hayotga
    axborot texnologiyalari kundan kunga ko‘proq kirib bormoqda,
    axborot qabul qiluvchilarga ma’lumotlar yangi usullarda —
    elektron pochta, Internet va h.k. orqali yetkazilishi kuzatilmoqda.
    Axborotlar oqimini uzatishning yangi usullari axborotlarni
    tarqatish, optik tolali aloqa liniyalari hamda sun’iy yo‘ldoshlar
    orqali uzatish tarmoqlaridan foydalanishni talab qiladi.
    Ilgari elektroradio va tibbiyot texnikasi rivojlanishi uchun
    ko‘plab katta detallar va qurilmalar kerak bo‘lar edi. Ular qo‘pol,
    katta hajmga ega, og‘ir, yetarlicha ishonchlilikka ega bo‘lmay,
    ishlab chiqarishda katta xarajatlar talab etar edi.
    Texnikaning jadal rivojlanishi natijasida yangi yo‘nalish —
    mikroelektronika yuzaga keldi. Mikroelektronika — integral
    sxemalar va ular asosida radioelektron qurilmalarni tadqiq etish,
    konstruksiyalash va ishlab chiqarishni o‘z ichiga olgan elektroni-
    kaning zamonaviy yo‘nalishidir. Mikroelektronikaning asosiy
    vazifasi ishonchliligi va takrorlanuvchanligi yuqori, arzon, kam
    energiya talab qiladigan va yuqori funksional murakkablikka ega
    mikrominiatur qurilmalar hosil qilishdan iborat. Bu jarayonni
    faqat elektron sxemalardagi energetik jarayonlarni minimizatsiya-
    lash asosidagina amalga oshirish mumkin. Bu masalani hal


    4
    qilishning bir necha usullari mavjud: detal va elementlar o‘l-
    chamlarini kichraytirish; yangi elementlar yaratish (yarimo‘tkaz-
    gichlar, aktiv dielektriklar, ferritlar); elementlarni ratsional joy-
    lashtirish; osma bog‘lanishlarni bosma montajlari bilan almash-
    tirish (fotolitografiya, vakuumli purkash va boshqa usullar bilan),
    elementlarga bir xil shakl va o‘lchamlar berish yo‘li bilan
    (modullar va mikromodullar); pardali texnologiya yoki yarim-
    o‘tkazgich material sirtini qayta ishlash — qattiq sxema hosil
    qilish asosida elementlar, qismlar va yaxlit (integral) sxemalar
    yaratish.
    Mikroelektronikaning ko‘pgina masalalari yarimo‘tkazgich va
    dielektrik moddalar yordamida hal qilinadi. Chunki ularda elektr
    o‘tkazuvchanligi turlicha bo‘lgan kontakt sohalarni olish imko-
    niyati mavjud.
    Radioelektronikaning barcha materiallarining konstruktiv
    belgilariga binoan: elektrotexnik, konstruksion va maxsus elektro-
    texnik materiallarga; elektr maydonidagi xususiyatlariga binoan:
    elektr o‘tkazgich, dielektrik va yarimo‘tkazgich; magnit maydo-
    nidagi xususiyatlariga binoan esa magnit va nomagnit materiallarga
    ajratish mumkin.
    Elektroradio va tibbiyot texnikasining rivojlanishi yuqori
    texnologiya asosida radiotexnik materiallar ishlab chiqarish bilan
    bog‘liq. Zamonaviy texnik tizimlar yaratish uchun nochiziqlik
    xususiyatiga, kuchaytirish va xotiraga ega bo‘lgan element bazasi
    zarur. Ilgari bu maqsadda yarimo‘tkazgich va dielektrik materiallar
    qo‘llanilgan vakuum lampalar, keyin esa yarimo‘tkazgich aso-
    sidagi elementlar bazasi, hozirgi kunda esa qattiq jism, gaz,
    plazma va hatto yadro hamda elementar zarrachalar fizikasi,
    kimyosi kabi butun klassik va yangi ishlab chiqarish yo‘nalishlari
    qo‘llanilyapti.


    5
    I BOB. ELEKTRORADIO ASHYOLARNING ASOSIY

    Download 4.26 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




    Download 4.26 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

    Download 4.26 Mb.
    Pdf ko'rish