Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini




Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/127
Sana06.08.2022
Hajmi4.26 Mb.
#25135
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
5000 words in a month, jjj, 12-Mavzu Power Point dasturida ishlash. Reja Taqdimotlar uchun, 7, 3-AI TS, 1-AI TS, 1-MI O\'T Sherxon, 1-MI TX Nargiza, O\'RNATILGAN PROTSESSORLAR, 2-MI TX Nargiza, Operation (1), ZI 2-A, 3-amaliy ish. Bulutli xizmatlar yordamida foydalanuvchi ma’lumot, P I B 1M
Radiatsiyaga chidamlilik. Zamonaviy sharoitlarda qisqa yoki
uzoq vaqt radioaktiv nurlanish yoki turli energiya zarralari (atom
elektr stansiyalari, reaktorlar va b.) ta’sirida ishlay oladigan ma-
teriallar va radioelektron mahsulotlar soni ortib bormoqda. Bu
vaqtda materiallarning nurlanish ta’sirlariga chidamlilik, o‘zla-
rining elektr va mexanik xossalarini saqlab qolish xususiyatlari
darajasini, ya’ni radiatsiyaga chidamligini bilish talab qilinadi.
Qattiq va yumshoq radiatsion nurlanish, yuqori chastota
elektronlari, og‘ir zaryadlangan zarrachalar (protonlar, alfa-zarra-
chalar) va neytronlar modda tomonidan yutilib, turli radiatsion
nuqsonlarning (bo‘sh tugunlar va tugunlar orasidagi xususiy
ionlar, yoki kristall panjarada begona atomlarning) yuzaga keli-
shiga sabab bo‘ladi.
Rentgen va gamma nurlari, yuqori energiya elektronlari, proton-
lar, alfa-zarrachalar va neytronlar modda tomonidan yutiladi. Bu
vaqtda materiallarning nurlanish ta’siriga chidamliligi, ularning
elektr va mexanik xossalarini saqlab qolish xususiyati, qisqasi
radiatsiyaga chidamlilik darajasini bilish muhim.
Radiatsion nuqsonlar soni vaqt o‘tishi bilan yig‘ilib boradi.
Shu sababli radiatsiyaga chidamlilik modda tomonidan yutilayot-
gan nurlanish dozasining yig‘indisi bilan aniqlanadi.
Yutilayotgan rentgen va gamma-nurlari dozalari rentgen
(R) va Kl/kg (1 rentgen = 2,58·10
–4
Kl/kg), korpuskular nurlanish
— rad i Dj/kg (1 rad = 0,01 Dj/kg) birligida o‘lchanadi.


19
Boshqa tomondan, radiatsion ta’sir natijasida material struk-
turasini o‘zgartirish yoki unda yangi xususiyatlar (polimerlarni
radiatsion ulash, yarimo‘tkazgichlarni legirlash va h.k.) yuzaga
keltirish mumkin.
Ion legirlash (yarimo‘tkazgich sirtiga kiritma ionlarini kiri-
tish) yordamida integral mikrosxema (IMS) larning tranzistorli
strukturalari yaratiladi. Buning uchun maxsus manbadan elektr
maydon ta’sirida ionlar tezlatiladi va IMS plastinasi tomon yo‘-
naltiriladi.
Materialda nurning yutilishi material tabiati va nurlanish
sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, yarimo‘tkazgich materiallar
10
18
neytron/m
2
dozadagi reaktor nurlanishida buziladi. Ko‘pgina
dielektriklar esa yuqoriroq radiatsiyaga chidamlilikka ega. Ular
10
22
neytron/m
2
dozagacha chidamlilikka ega.
Muayyan qo‘llanilishi uchun mo‘ljallangan radiomaterial
tanlashda faqat uning elektr xossalari emas, balki mexanik va
issiqlik xossalari, namlik, radiatsiyaga va boshqa tashqi ta’sirlarga
chidamliligi ham hisobga olinishi zarur.

Download 4.26 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   127




Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish