|
- rasm. Elektr maydoniga kiritilgan sinovchi zaryadga ta’sir etuvchi kuch
|
bet | 3/14 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 387,21 Kb. | | #230570 |
Bog'liq Fizika fanidan ma\'ruza-42 - rasm. Elektr maydoniga kiritilgan sinovchi zaryadga ta’sir etuvchi kuch
(6.6)
– birlik vektor. Demak, bu kuch qc – sinovchi va elektr maydonini hosil qiluvchi q – zaryadlar miqdoriga bog‘liqdir.
Agar fazoga , har xil sinovchi zaryadlar kiritsak, ta’sir etuvchi kuchlar F1, F2 bo‘ladi, va nisbat doimo o‘zgarmas
qiymatga teng bo‘ladi, ya’ni q zaryadning hosil qilgan maydonining xususiyatini belgilaydi. Bu nisbat hosil bo‘lgan elektr maydonining kuchlanganligi deb ataladi:
(6.7)
Bu maydon kuchlanganligi asosan, - kuch va sinovchi zaryad turgan masofa bilan belgilanadi.
(6.8)
Elektr maydon kuchlanganligi birligi quyidagiga teng.
СГСЭ zaryad birligi tizimida 1 СГСЭ zaryadga 1 sm masofada ta’sir qilgan 1 dina kuchga teng.
XB – tizimida 1 Кл zaryadga 1 м masofada 1 Н kuch ta’sir etishini bildiradi va V/m bilan o‘lchanadi.
Agar bo‘lsa, musbat zaryadga ta’sir etuvchi kuch yo‘nalishi vektor bilan mos tushadi, manfiy zaryadga ta’sir etuvchi kuch esa, maydon yo‘nalishiga teskari bo‘ladi.
Agar N ta zaryadlar to‘plami bo‘lsa, ular hosil qilgan maydon kuchlanganligi alohida zaryadlar elektr maydon kuchlanganligining vektor yig‘indisiga teng bo‘ladi:
(6.9)
Ana shu ifoda elektr maydonlarining superpozitsiya prinsipi yoki qo‘shilish prinsipi deb ataladi.
ELEKTR INDUKSIYA VEKTORI VA OQIMI
OSTROGRADSKIY-GAUSS TEOREMASI.
Elektr maydon kuchlanganligi va kuch chiziqlari to‘g‘risida so‘z yuritgan edik: musbat nuqtaviy zaryadning kuch chiziqlari zaryad markazidan tashqariga yo‘nalgan radial chiziqlardan iborat edi; manfiy nuqtaviy zaryad kuch chiziqlari markazga yo‘nalgan radial chiziqlardan iboratdir. Ammo, bu kuch chiziqlari qayergacha davom etadi?
Vakuumda kuch chiziqlari uzluksizdir. Dielektriklarda bo‘linish chegarasigacha davom etadi, ya’ni cheklangan bo‘ladi.
Shunday qilib, bir jinsli bo‘lgan dielektriklarda kuch chiziqlarining uzluksizlik sharti bajarilmaydi. Shuning uchun ham, ixtiyoriy ko‘rinishdagi dielektriklar ichidagi maydonni tavsiflash uchun uning bo‘linish chegarasidan uzluksiz o‘tadigan yangi vektor kattalik kiritiladi.
Bu vektor kattalik elektr induksiya vektori deb ataladi.
Elektr induksiya vektori chiziqlari ixtiyoriy muhitda uzluksiz bo‘lishi uchun, kuchlanganlik vektori bilan quyidagi munosabatda bog‘langan bo‘lishi shart.
(6.10)
ya’ni
(8.2)
bu yerda – vakuum bilan dielektrikning elektr singdiruvchanliklaridan qutilganimiz uchun, elektr induksiya vektori ning uzluksizligi ta’minlanadi.
Skalyar ko‘rinishda
(6.11)
ga ega bo‘lamiz. Shunday qilib, ixtiyoriy muhitda nuqtaviy zaryad hosil qilgan maydonning biror nuqtasidagi induksiya shu zaryadga to‘g‘ri proporsional, masofa kvadratiga teskari proporsionaldir.
Elektr induksiya vektori miqdor jihatdan bir birlik yuzadan tik ravishda o‘tayotgan induksiya chiziqlarini, ya’ni uning sirt zichligini ifodalaydi (1 - rasm).
|
| |